o‘quvchilar tomonidan bajariladigan aqliy va jismoniy harakat jara-
yonlaridan iborat bo‘lib, buning natijasida ular mehnat predmetlari,
vosita va jarayonlari haqidagi bilimlarni hamda ma’lum
sohadagi
ishlab chiqarish mehnati va kasbga yo‘naltirish amaliy ko‘nikma va
malakalarini egallaydilar, ongli ravishda kasb tanlashga hamda jamiyat
va shaxs farovonligi yo‘lida mehnat faoliyatiga tezda qo‘shilishlariga
imkon beruvchi shaxsiy sifatlari hamda tafakkurlarini rivojlantiradilar.
Yangi iqtisodiy munosabatlar kasb-hunarga yo‘naltirishning yangicha
munosabati sharoitida mehnat ko‘nikmalari va malakalarini maqsadli
shakllantirishdan iborat bo‘lib, ongli va har tomonlama rivojlangan
fuqoroni tarbiyalashning tarkibiy qismi hisoblanadi.
0 ‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘llash ishlari maqsadli mehnat
ta’limining maqsad va vazifalari bilan uyg‘unlikda namoyon bo‘ladi.
Kasbga yo‘naltirishdan asosiy maqsad o‘sib
kelayotgan yosh
avlodni ongli va mustaqil ravishda kasb tanlashga tayyorlashdan
iborat bo‘lib, bu jarayon shaxsning bo‘lg‘usi kasbiy faoliyat subyekti
sifatida shakllanishini nazarda tutadi hamda uning bozor iqtisodiyoti
munosabatlariga moslashib borishiga ko‘maklashadi.
Shu munosabat bilan o‘quvchilarga ilm-fan asoslarining mustah-
kam
bilimlarini singdirish, ularda yuksak onglilikni tarbiyalash,
umuminsoniy qadriyatni shakllantirish,
yosh avlodni turmushga va
mehnatga, ijtimoiy zarur kasblami ongli ravishda tanlashga tayyorlash
mehnat ta’lim va tarbiyasining vazifalaridir.
Hozirgi vaqtda ijtimoiy va ilmiy texnikaviy taraqqiyot sharoitida
maktab o ‘quvchilarini kasb va hunarga yo‘naltirishning muhimligi
ancha oshdi. 0 ‘quvchilarni to‘g‘ri va erkin kasb tanlashga yo‘naltirish
bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. To‘g‘ri
kasb tanlash
insonning kelajagini, hayot tarzini belgilashda katta ahamiyat ega.
Har bir shaxs kasbni o‘z qiziqishi, qobiliyati va ijtimoiy muhit nuqtayi
nazaridan tanlaydi.
0 ‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish
ishlarini olib borishda
“Kasb o‘zi nima?” degan savol tug‘iladi. Kasb to‘g‘risida bir qanchu
ta’riflar berilgan.
• Kasb bu - insonga ma’lum bir talablar qo‘yuvchi faoliyat Uirklir.
• Kasb - insonni jamiyat tomonidan tan olinishidir.
• Kasb - tiriklik va tirikchilik manbayi.
0 ‘quvchilami kasbtanlashgayo‘naltirishning asosiy yosh bosqich-
lari mazmuni quyidagilardan iborat:
1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi - 1 bosqich;
2. Boshlang‘ich kichikyoshdagi (1-4 sinflar) - II bosqich;
3. 0 ‘rta yoshdagi (5-7 sinflar) -III bosqich;
4. Katta yoshdagi (8-9 sinflar) - IV bosqich.
Do'stlaringiz bilan baham: