X. S. Xadjaev, I. A. Bakiyeva, sh sh. Fayziyev makroiqtisodiyot



Download 438 Kb.
bet59/152
Sana21.06.2022
Hajmi438 Kb.
#687031
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   152
Bog'liq
makro oquv qollanma 2 0bc92-конвертирован

Qisqacha xulosalar


Byudjet-soliq siyosati deganda noinflyatsion YaIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda to’liq bandlilikni, to’lov balansining muvozanatini va iqtisodiy o’sishni ta’minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o’zgartirishni o’z ichiga olgan chora-tadbirlar tushuniladi.
Iqtisodiyot turg’unlik yoki pasayish davrida bo’lgan vaziyatlarda davlat tomonidan rag’batlantuvchi, iqtisodiyotda to’liq bandlik va ortiqcha talab
natijasida inflyatsiya kelib chiqishi mumkin bo’lgan vaziyatlarda esa cheklovchi fiskal siyosat olib boriladi.
Rag’batlantuvchi fiskal siyosat davlat xarajatlarnni (G) oshirish yoki soliqlarni (T) kamaytirish yoki bo’lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali, cheklovchi fiskal siyosat davlat xarajatlarnni (G) kamaytirish yoki soliqlarni (T) oshirish yoki bo’lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali amalga oshiriladi.
Hukumat davlat sektorini kengaytirmoqchi bo’lsa, davriy pasayishni tugatish uchun o’z xarajatlarini oshirishi, inflyatsiyani cheklash uchun esa soliqlarni oshirishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
Fiskal siyosat davlat sektorini cheklashga qaratilgan bo’lsa, davriy pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy ko’tarilish paytida esa davlat xarajatlarini oshirish maqbul yo’l hisoblanadi.
Davlat diskretsion yoki nodiskretsion fiskal siyosat olib borishi mumkin. Diskretsion fiskal siyosat davlat xarajatlari, soliqlar va davlat byudjeti qoldig’ini o’zgarishi davlat aralashuvini ko’zda tutsa, nodiskretsion fiskal siyosat ularni avtomatik o’zgartirishni ko’zda tutadi.
Iqtisodiyotning o’rnatilgan barqarorligi darajasi davriy byudjet taqchilligi va ortiqchaligi miqdorlariga bog’liq. Davriy taqchillik iqtisodiy faollik pasayishi sharoitida soliq tushumlarining avtomatik kamayishi va davlat xarajatlarining avtomatik oshishi natijasida yuzaga keladigan davlat byudjeti taqchilligidir.
Tayanch so’z va iboralar: byudjet-soliq siyosati, diskretsion fiskal siyosat, nodiskretsion fiskal siyosat, byudjet defitsiti, tarkibiy taqchillik, davriy taqchillik, byudjetdan moliyalashtirish, davlat ichki qarzlari, davlat tashqi qarzlari.



Download 438 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish