Yalpi taklif o’zgarishi. Endi yuqoridagiga teskari faraz qilamiz, ya’ni yalpi talabni o’zgarmas deb olgan holda, yalpi taklif o’zgarishini muvozanatli narx darajasiga ta’sirini tahlil qilamiz. Milliy ishlab chiqarish yalpi taklifi oshganda, o’z navbatida milliy mahsulot miqdori ham oshadi, narxlar darajasi esa pasayadi. Agar milliy ishlab chiqarish yalpi taklifi pasaysa, u holda narxlar darajasi oshib yalpi taklif miqdori kamayadi.
Yalpi taklif yoki muayyan narx darajasida bozorda taklif qilinishi mumkin bo’lgan tovar va xizmatlarning real hajmi narx darajasiga bog’liq bo’lmagan bir qator omillar ta’siri ostida bo’ladi. Bu omillar yalpi taklifni goh kamayishini, goh ko’payishini keltirib chiqarishi mumkin. Birinchi, holatda jami taklif egri chizig’i chapga, ikkinchisida o’ngga siljiydi (13-chizma).
P
Narxlar darajasi
P*2 P*1 P*3
Y2* Y1* Y3* Y
Milliy ishlab chiqarishning real hajmi
chizma. Yalpi taklif o’zgarishi
Shunga muvofiq e1, muvozanat nuqtasi e2 va e3 holatiga siljiydi, narxlarning muvozanatli darajasi va milliy ishlab chiqarishning muvozanatli miqdori ham o’zgaradi. Faraz qilaylik, iqtisodiyotda ma’lum bir narxlar darajasida ish haqi oshgan va xodimlarni ijtimoiy sugurtasiga ajratmalar ko’paygan bo’lsin. Iqtisodiyotdagi bunday vaziyat mahsulot birligiga sarflanadigan harajatlar o’sishiga, foydani, demakki, yalpi taklifni ham qisqarishiga olib keladi. AS1, egri chizig’i chapga AS2 gacha siljiydi. Ushbu berilgan yalpi talabda egri chiziqlar e2 nuqtasida kesishadi, narxlar P1* dan P2* gacha o’sadi, milliy ishlab chiqarish esa Y1* dan Y2* gacha qisqaradi. Ya’ni bu erda ishlab chiqarish harajatlarini o’sishi bilan yuzaga kelgan inflyatsiya mavjud bo’ladi. O’z navbatida milliy ishlab chiqarishning qisqarishi ishsizlikni o’sishiga olib keladi. Agarda, narx darajasiga bog’liq bo’lmagan omillar yalpi taklifni kengaytirish tomon ta’sir etsa, masalan, yerning bahosi pasaysa, korxonalardan olinadigan soliqlar kamaysa va buning oqibatida mahsulot birligiga ketadigan sarf-harajatlar qisqarsa, unda yalpi taklif egri chizig’i o’ngga siljiydi va yalpi talab egri chizig’ini e3 nuqtada kesib o’tadi.
Bunda narxlarning muvozanatli darajasi P1* dan P3* gacha pasayadi, milliy ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi Y1* dan Y3* oshadi, ya’ni iqtisodiy o’sish holati mavjud bo’ladi.
Ko’pincha shunday bo’ladiki, ham yalpi talab, ham yalpi taklif o’zgaradi. Ikki xil o’zgarish, ya’ni yalpi talab va yalpi taklifni qarama- qarshi o’zgarishi va bir xil yo’nalishda o’zgarishi yuz berishi mumkin. Bunda qarama - qarshi o’zgarishni o’zi ikki xil bo’lishi mumkin, ya’ni yalpi talab o’sib, yalpi taklif kamayishi va aksincha yalpi taklif o’sib, yalpi talab pasayishi mumkin. Yalpi talab o’sib, yalpi taklif kamaygan holatda narxlar darajasi o’sib, milliy mahsulot miqdorini o’zgarishi esa ularni o’zgarish nisbatlariga bog’liq bo’ladi. Yalpi taklif o’sib, yalpi talab pasaygan holatda narxlar darajasi pasayib, milliy mahsulot miqdori o’zgarishi ularning o’zgarish nisbatlariga bog’liq bo’ladi. Agar yalpi talab va yalpi taklif bir xil yo’nalishda, ya’ni biri o’ssa ikkinchisi ham o’ssa, biri pasayganda ikkinchisi ham pasaysa narx darajasi va milliy mahsulot miqdorini o’zgarishi bo’yicha aniq xulosa qilish qiyin bu ularning o’zgarish ko’lamlariga bog’liq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |