Yalpi taklif – bu muayyan narxlar darajasida ishlab chiqarilishi va taklif qilinishi mumkin bo’lgan iste’mol hamda investitsiya tovarlari va xizmatlarning umumiy miqdoridir.
Yalpi taklif deganda ishlab chiqarilishi va muayyan narx darajasida bozordan sotib olinishi mumkin bo’lgan barcha tovar va xizmatlarning real hajmi tushuniladi. Yalpi taklif ishlab chiqarish hajmi va narxlar darajasi o’rtasidagi bog’liqlikni aks ettiruvchi egri chiziq ko’rinishiga ega. Bu bog’liqlik to’g’ri bo’lib, narxlarni o’sishi bilan tovar ishlab chiqarish o’sib boradi, pasayishi bilan tushib boradi (9-chizma).
P
Narxlar darajasi
Ishlab chiqarishning Y
real hajmi
chizma. Jami taklif egri chizig’i.
Bu kesmalar qanday iqtisodiy vaziyatlarni ifodalaydi?
Keynsian kesmasi katta miqdordagi mehnat va moddiy resurslar foydalanilmayotgan bo’lsa, iqtisodiyot pasayish holatida ekanligidan dalolat beradi. Ingliz iqtisodchi J.Keynsning ta’kidlashicha, agarda shu kesmada ishlab chiqarish hajmi o’sa boshlasa yoki tusha boshlasa, bunday holat o’zidan keyin narx va ish haqi darajalarini o’zgarishiga olib kelmaydi.
Vertikal yoki klassik kesma – ishlab chiqarish quvvatlaridan to’liq foydalanilayotgan va narxning har qanday darajasida ham ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish imkoni bo’lmasa, iqtisodiyotni "to’liq bandlik" sharoitidagi yoki
ishsizlikning tabiiy darajasi nuqtasidagi holatini ifodalaydi.
Oraliq kesma – ishlab chiqarishning real hajmini o’sishi bilan narxlar ham o’sayotgan vaziyatni ko’rsatadi. Buni shunday tushuntirish mumkin. Iqtisodiyotning barcha sohalarida iqtisodiy pasayish holatidan to’liq bandlikka o’tish notekis va turli vaqtda yuz beradi. Ayrim tarmoqlarda resurslarni etishmasligiga duch kelishi mumkin, ularga ishlab chiqarishni kengaytirish uchun eski asbob-uskunalardan, ham malakasiz xodimlardan foydalanishga to’g’ri keladi. Bu esa mahsulot birligiga ketadigan harajatlarni o’sishiga va natijada narx oshishiga sabab bo’ladi.
Yalpi taklif egri chizig’i narx darajasi va milliy mahsulotning real hajmi o’rtasidagi bog’liqlikni o’rnatadi. Biroq, ishlab chiqarishning ko’payig’shi yoki pasayishi narxga bog’liq bo’lmagan omillar hisobiga ham ro’y berishi mumkin. Bu omillar yalpi taklif egri chizig’ini goh chap, goh o’ng tomonga siljishiga olib keladi.
Yalpi taklifning narx darajasiga bog’liq bo’lmagan omillarini ko’rib chiqishdan oldin quyidagi holatni eslatish lozim bo’ladi. Ma’lumki, ishlab chiqarish, tovar va xizmatlarni va ularning taklif hajmlari korxonalar mo’ljallangan foyda miqdoriga bog’liq.
Olinadigan foyda mahsulot narxi va mahsulot birligiga ketgan sarf-harajat o’rtasidagi farqdan iborat. Agarda narx darjasini o’zgarmas deb hisoblasak, foyda miqdori va shunga muvofiq mahsulot taklifi mahsulot birligiga sarflangan xarajatlarning o’zgarishiga qarab tebranishi mumkin. Xarajatlar o’sishi bilan foyda kamayib boradi hamda mahsulot ishlab chiqarishga qiziqish susayadi va aksincha, harajatlar qisqarishi bilan foyda miqdori oshadi va ishlab chiqarish kengayadi, taklif o’sib boradi. Shunday qilib, mahsulot birligiga sarflangan harajatlarni kamayishi yalpi taklif egri chizig’ini o’ng tomonga, ko’payig’shi esa uni chap tomonga siljishiga olib keladi. Narx darajasiga bog’liq bo’lmagan omillarning xususiyati shundan iboratki, ular mahsulot birligiga ketgan harajatlarga bevosita ta’sir etib va shu orqali yalpi taklif egri chizig’i siljishiga sabab bo’ladi. Bu
omillardan quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:
resurslar narxlarining o’zgarishi;
unumdorlikdagi o’zgarishlar;
huquqiy me’yorlarning o’zgarishi.
Masalan, ichki bozorda yer, mehnat resurslari, kapital va tadbirkorlik qobiliyatlarining taklifi oshib borayotgan bo’lsa, ularning narxi pasayib, mahsulot birligiga ketgan harajatlar kamayadi. Bu harajatlar yana iqtisodiy resurslardan unumli va samarali foydalanish hisobiga ham o’zgarishi mumkin. Ya’ni ishlab chiqarishga yangi texnologiyani joriy etish, xodimlar malakasini oshirish qo’shimcha harajatlarsiz ko’proq mahsulot olish imkonini beradi. Huquqiy me’yorlar, soliq va subsidiya miqdorlarining o’zgarishi ham ishlab chiqarish harajatlariga ta’sir qilishi mumkin. Agarda, hukumat ishlab chiqaruvchilar tomonidan to’lanadigan soliq stavkalarini oshirsa va ularga beriladigan subsidiyalarni qisqartirsa, bunday holatda mahsulot birligiga ketgan harajat o’sadi va narxlarning berilgan muayyan darajasida foyda kamayadi. Shu tufayli ishlab chiqarishga bo’lgan rag’bat tushib ketib, yalpi taklif qisqaradi, uning egri chizig’i chapga siljiydi (10-chizma).
Narxlar darajasi
Milliy ishlab chiqarishning real hajmi
Do'stlaringiz bilan baham: |