chizma. Xorijiy valyuta bozori
Dollarga bo’lgan talabning kamayishi D to’g’ri chizig’ida berilgan. Bu shuni ko’rsatadiki, agarda dollar o’zbekistonliklar uchun arzon bo’lsa, amerika tovarlari ham ular uchun arzon bo’ladi va bu o’z navbatida ularning amerika tovarlariga bo’lgan talabini oshiradi.
Dollarning taklifi (S) kamaysa, so’mda belgilangan dollarning qiymati oshadi (ya’ni, dollarda belgilangan so’mning qiymati pasayadi). Bunday vaziyatlarda amerikaliklar ko’proq o’zbek tovarlarini sotib olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Chunki, so’mning dollarga nisbatan qiymati pasaysa, u o’z navbatida o’zbek tovarlarining narxi ham pasayganini bildiradi va oqibatda ko’proq o’zbek tovarlarini sotib olish imkoni paydo bo’ladi.
O’zbek tovarlarini sotib olish jarayonida ular AQSh dollarini valyuta bozoriga olib chiqadi, chunki, o’zbek tovarlarini sotib olish uchun dollarni so’mga almashtirishadi. Dollarga bo’lgan talab va taklifning kesishgan nuqtasi dollarning so’mdagi qiymatini bildiradi.
Agarda, dollarning so’mdagi qiymati oshsa, so’m qiymatining pasayganligini yoki qadrsizlanganligini ko’rsatadi. Aksincha, agarda dollarning so’mdagi qiymati
pasaysa, so’m qiymatining oshganligini yoki so’mning qimmatlashganligini ko’rsatadi. Bir birlik xorijiy valyutani sotib olish uchun kam miqdorda milliy valyuta sarf qilish milliy valyutaning qimmatlashuvini bildiradi. Agarda, dollarga nisbatan so’m qadrsizlansa, dollar so’mga nisbatan qimmatlashadi.
Qayd etilgan valyuta kursi - bu, xorijiy valyutada ifodalangan, davlat tomonidan rasmiy o’rnatilgan milliy pul birligining bahosi bo’lib, unga valyuta bozorida talab va taklifning o’zgarishi ta’sir qilmaydi.
Qayd etilgan valyuta kursi tizimi tarafdorlari ta’kidlaydilarki, undan foydalanish xalqaro savdo va moliya bilan borliq bo’lgan taxlika va noaniqlikni kamaytiradi. Qayd qilingan valyuta kurslarini qo’llash o’zaro foydali savdo va moliyaviy operatsiyalar hajmini kengaytirishga olib keladi. Ammo, qayd qilingan valyuta kurslari tizimining hayotga layoqatliligi o’zaro aloqalar jarayondagi ikki sharoitga bog’liq:
-zaxiralarning mavjudligi;
-o’z hajmi bo’yicha sezilarsiz kamyoblik yoki to’lov balansi aktivlarining tasodifiy vujudga kelishi.
Kross-kurs (cross-rates) – bu ikki valyuta o’rtasidagi ayirboshlash kursidir, AQSh dollari bundan mustasno. Kross-kurs bo’yicha eng faol konversion operastiyalar bozoriga yapon yenasiga nisbatan evro EURJPY, evroga nisbatan funt sterling EURGBP, Shveystariya frankiga nisbatan evro EURCHF va boshqa valyutalar kurslari kiradi. Kross-kurslarga shuningdek, rublning (dollardan tashqari) boshqa valyutalarga nisbatan kurslarini EURRUB, GBPRUB ham kiritish mumkin. Savdo hajmi uncha katta bo’lmagan valyutalar bo’yicha kross- kurslarni yaxlit tarzda olish ba’zida mushkul bo’ladi, bunday vaziyatda bitimlarni AQSh dollari orqali amalga oshirish qo’l keladi. Umuman olganda, kross-kurslar bilan bo’ladigan savdo hajmi salmoqli miqyosga ega emas va ularning ulushi 10 foizni tashkil qiladi, dollardagi kotirovkalar bo’yicha aylanmalarning ulushi esa mos ravishda 90 foizdan iborat.
Xulosa qilib aytganda, valyuta kurslarining talab va taklif ta’siri ostida
shakllanish darajasi, o’z-o’zicha kurslar o’rtasidagi nisbatlarga ta’sir etuvchi real jarayonlarni aniqlab bera olmaydi. Chet el valyutalariga talab va taklifga, demak, valyuta kurslariga mamlakatdagi ham ichki va ham tashqi iqtisodiy munosabatlar majmui bevosita yoki bilvosita ta’sir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |