X. Matkarimov U. Xo`jamurotov kurs ishi yozish asoslari


Kurs ishini yozish quyi va yuqori bosqich talabalari uchun bir-biridan farq qiladimi?



Download 67,53 Kb.
bet6/10
Sana06.07.2022
Hajmi67,53 Kb.
#746633
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi yozish bo\'yicha uslubiy ko\'rsatma

Kurs ishini yozish quyi va yuqori bosqich talabalari uchun bir-biridan farq qiladimi? Albatta, 1-bosqichni bitirayotgan talaba bilan 2- 3- bosqichni tugatayotgan talaba nazariy, amaliy bilimlar, tarixiy mushohadalar nuqtai nazaridan o`zaro farq qiladi. Shuning uchun ham quyi bosqichdagi talabalardan kurs ishi yozish jara­yoni­ga jalb etishdagi talablar, ma`lum darajada, yuqori bosqichdagi talabalar­nikidan farqlanadi.
Quyi bosqich talabalaridan kurs ishiga oid asosiy talablar quyidagicha:

  • kurs ishi mavzusidan kelib chiqib, maqsad va vazifalarni aniq va to`g`ri belgilash;

  • mavzuga oid adabiyotlarni mustaqil o`rganish;

  • adabiyotlarni turlarga ajratish;

  • mavzu maqsad va vazifasidan kelib chiqib, adabiyotlarga tavsif berish;

  • aniq yo`nalishli reja tuzish va mavjud materiallarni taqsimlash;

  • mavjud adabiyotlarni tanqidiy o`rganish va tahlil qilish;

  • ilgari surilayotgan fikr-mulohazalarni asoslash;

  • kurs ishini ilmiy jihatdan to`g`ri rasmiylashtirish.

Quyi bosqich talabalaridan qilinayotgan asosiy talablarga nisbatan yuqori bosqichdagi talabalar uchun qo`shimcha vazifalar quyidagilardan iborat:

  • mavzuning dolzarbligi va nazariy ahamiyatini asoslash;

  • tarixiy va manbaviy obzor (tahlil) berish;

  • mustaqil ravishda manba, adabiyotlarni o`rganish va qayta tiklash.

Yuqori bosqich talabalari kurs ishini yozishda tarixiy–nazariy bilimlari, dunyoqarash kengligini, ilmiy mushohadasi shakllanayotgani va eng asosiysi, mustaqil tarzda ilmiy tadqiqot ishini olib borishga tayyorgarlik ko`rganliklarini ko`rsata olishlari kerak. Kurs ishi muvaffaqiyatida talabaning aqliy, ilmiy salohiyati ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Kurs ishi matnida asosiy qism, ya`ni kirish va xulosadan tashqari, umumiy hajmining 2/3 qismiga to`g`ri kelishi kerak.
Kurs ishi yozib bo`linganidan keyin ilmiy rahbar ko`rigiga beriladi va so`ngra tegishli kafedraga topshiriladi. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, kurs ishi belgilangan muddatda ilmiy rahbarga va keyin kafedraga topshirilishi kerak, aks holda talaba o`quv rejasini bajarmagan hisoblanadi.
Shunday qilib, kurs ishi yozish jarayonida talaba avvalo mustaqil ilmiy tadqiqot olib borishga jalb qilinadi. Tarixiy mavzulardagi kurs ishlari oxir-oqibatda talabadan mustaqil adabiyotlar tahlili bilan shug`ullanish, tarixiy manbalarni tahlil qilish, maxsus kurs va tegishli predmetlarda o`tilgan mavzularni chuqur, ilmiy asosda o`rganish va yozma ravishda ifoda qilishga ma`lum bir ko`nikma hosil qiladi.
Kurs ishini yozishda asosiy masala dalillarni yig`ishdangina iborat bo`lib qolmasligi kerak. eng muhimi va qiyini kurs ishi mavzusi bo`yicha yig`ilgan materiallarni muvaffaqiyatli umumlashtirish, bir tizimga solishdan iborat. Kurs ishi yozish jarayonida kerakli adabiyotlarni yig`ish va dalillar to`plashga e`tibor birinchi o`ringa chiqsa ham, kurs ishini bevosita yozishga kirishilganda asosiy vazifa mavjud materiallarni ahamiyatga molik yoki unchalik shart bo`lmagan guruhchalarga ajratib olish hisoblanadi. Shundan keyingina kurs ishini materiallar asosida yozishga kirishish mumkin.
Kurs ishi titul varag`i (1- ilovaga qarang), hajmi, ko`chirma (sitata, iqtibos)lar keltirish tartib-qoidalari alohida qayd etiladi ( ilovaga qarang).


Download 67,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish