Nima uchun bilimni nazorat qilishning reyting tizimini joriy etish zarurati tug'Udi? Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi asosida ishlab chiqilgan davlat ta’lim standartlarida ta’limning har bir bosqichida o'quvchilar egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarning minimal darajasi belgilab berilgan. Lekin bu bilim, ko'nikma va malakalami shakllantirish jarayoni bolaning intellektual imkoniyatlarini hisobga olib tashkil etilsa, yuqori samaradorlik ta’minlanadi.
Ma’naviy-intellektual shakllanish sifatlarini zamonaviy usul- larda aniqlash tarbiya jarayoniga samarali o'zgartirishlar kiritadi. O'quvchi yoshlaming, talabalaming ma’naviy-intellektual shakllanish sifatlardagi yutuq va kamchiliklami rag'batlantirish, tuzatish tarbiya mazmuni usullari va tashkiliy shakllarini yaxshilashga mos tuzatishlar kiritish lozim bo'ladi.
Qo'yilayotgan talablar bilan har tomonlama intellektual rivojlantirishning pedagogik sharoitlarining mufassal emasligi orasida
248
tafovut yaratadi. Ayniqsa, mutaxassis tayyorlashda maktabdan bosh- lab oily o‘quv yurtlarini bitirib chiqqunlarigacha nazorat shaklining to‘liq bo‘lmaganligi ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy muammo- larini tashkil etadi. Masalaning muhim tomoni shundaki, mutaxas- sislar ommaviy tusda tayyorlanganda tarbiya-chilaming har bir ta- Iaba bilan yetarli darajada yakkama-yakka muloqot qilishga vaqti yetmaydi. Muloqot tezkor savol-javob tarzida o'tsa, tabiatan bun- day muloqot talabani ham tarbiyachini ham qanoatlantirmaydi. O'quvchi va talabalar bilimini nazorat qilish va baholash o‘quv yili davomida har doim muntazam amalga oshirilishi uchun reyting tizimi joriy qilinib, u ba’zan o'tkaziladigan tasodifiy tekshirishlami oldini oladi va tartibli doimiy baholash uchun imkoniyatlar ochib beradi.
UO‘T Reyting tizimi to‘g‘risidagi Nizomda «0‘quvchilar bilim darajasi sifatini nazorat qilishning reyting tizimini joriy etishning asosiy maqsadi nazoratning har xil turlari va shakllaridan foyda- lanish yo‘li bilan umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartlari talablari bajarilishini ta’minlash, ta’lim samaradorligini oshirish hamda o'quvchilarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat»I, deb ko‘rsatiladi.
Reyting deganda-baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash, bironta hodisani oldindan belgilangan shkala bo'yicha baholash tushuniladi. Reyting yordamida psixologik obyektlami, ular uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlarning yorqin darajasiga qarab (ekspert baholash) dastlabki klassifikatsiyalash amalga oshiriladi.
Shkalalash - aniq jarayonlarni rahamlar tizimi yordamida mo- dellashtiradi. Ularning turli uslublari, tavsiflari qay bir miqdoriy o‘zgaruvchilarga turlicha aylantirish uslublaridan iborat.
Hozirgi kunda uzluksiz ta’limning umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb hunar ta’limini va oliy ta’lim bosqichlarida o‘quvchi - talabalar bilimi reyting tizimida baholanadi. Baholashning bunday shakli o‘quvchi talabalarni butun o‘qish davomida o‘z bilimlarini oshirish uchun muntazam ishlashni hamda o‘z ijodiy faoliyatini takomillashtirishni rag'batlantirish g‘oyasiga asoslanadi.
Bilimlarni baholashda reyting nazorat tizimiga o'tish orqali qator vazifalar hal etiladi. Jumladan:
o'quvchi talaba bilimning sifat ko'rsatkichlarini haqqoniy, aniq va adolatli ballar bilan baholash;
o'quvchi talabalaming o'zlashtirishini doimiy nazoratga olish bilan ulaming o‘z ustida butun o‘quv yili davomida faol ish- lashini jonlantirish;
о ‘quvcfri.,talabalar mustaqil isMarining samaradorligini oshi-
ko‘plab kamchiliklaiga ega bo'lgan mavjud sinov, imtihon sessiyalaridan voz kechish.
Reyting nazorat tizimining asosida o‘quv rejasiga kiritilgan har bir fan bo'yidia talaba o'zlashtirishining sifat koTsatkichlarini ballar bilan baholash yotadi.