Ta’limiy maqsad - 0‘quv materialining mazmunini bilish, ya’ni ushbu fanga tegishli ilmiy bilimlarni o‘zlashtirish va ama- liyotga tatbiq qila olishdir.
Tarbiyaviy maqsad - fan asoslarini o‘zlashtirish orqali uning mazmunida yotgan g‘oyalar, dunyoqarashlar ta’sirida o‘zining shaxsiy sifatlarini, imon - e’tiqodlarini shakllantirishdir.
Rivojantiruvchi maqsad - ta’lim jarayoni ta’sirida shaxsning aqliy kamolatini, bilish qobiliyatini, o'qishga, mehnatga bo‘lgan munosabatini rivojlantirishdan iborat.
Bu maqsadlami amalga oshirish natijasida o‘quvchi - talabada mustaqil ishlash iste’dodi paydo bo'ladi. Uni o'ylashga o‘rgatadi, ta’lim jarayonida tafakkur qukmronlik qiladi
201
Bu bog‘liqlikni, awalo, ta’Iimni amalga oshirish bosqichlarda ko‘rishimiz mumkin. Bu bosqichlar quyidagilardan iborat?
Birinchi bosqich - o‘quv materiallarini idrok qilishdan iborat. Bunda o'quvchi talaba ta’limning mazmuni bilan tanishib, o‘zining bilish vazifalari nimalardan iborat ekanligini tushunib oladi. Bunda sezgi, idrok, tasawur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi.
Ikkinchi bosqich - ular o‘quv materiallarini tushunib oladilar, uning mohiyatini anglaydilar va umumlashtiradilar. Natijada ularda yangi bilimlar paydo bo'ladi. Buning uchun ular analiz, sintez, taqqoslash, xulosa chiqarishdan foydalanadilar.
Uchinchi bosqich - yangi bilimlar, mashqlar, mustaqil ishlar o'qituvchining qo'shimcha izoqlari orqali mustahkamlanadi.
To‘rtinchi bosqichda - ular o'zlashtirib olgan bilimlarni imko- niyatga qarab amaliyotga tatbiq qiladilar.
Bulami bilish orqali o‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonini sama- rali boshqarishi mumkin. Shuning uchun o‘quv jarayonining ham- ma bosqichlarida o‘qituvchi etakchilik va boshqaruvchilik rolini o'ynaydi. Yuqoridagi flkrlardan xulosa chiqaradigan boisak, o‘qi- tisli jarayoni bilish faoliyatining muhim tarmog‘i sifatida qator vazifalami bajaradi. Jumladan:
0‘quvchi va talabalarda bilim ko‘nikmalari va malakalarini hosil qUadi.
Ularda dunyoqarash, ishonch va e’tiqodlarini o‘stiradi.
Yoshlami muayyan darajada o‘qimishli, muayyan tarbiyali kishilar bo‘lib etishishlariga, qobiliyat va is’tedodlarini o‘stirishga erishiladi.
Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun o'qituvchida o‘z kasbiga Iayoqat bo‘lishi lozim. Layoqatlilik pedagogik mehnatni muvaffaqiyatli bajarishga qodir boiishdir. Bu, awalo, pedagogik kasbning ijtimoiy roli va zaruriyatini yaqqol tasawur qila olishda ko‘rinadi. Bundan tashqari o‘qituvchi o'quvchiga qiziqib qarashi, uning ehtiyoj va xususiyatlarini tushuna bilish lozim.
0‘qituvchi keng ko'lamdagi didaktik bilimlaiga, pedagogik ma- horatga ega bo‘Iishi lozim. Shundagina o‘qituvchi kadrlar tayyor- lash milliy dasturi talablari darajasida ta’lim jarayonini tashkil qiladi va boshqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |