14
tildagi ba‘zi so`zlar eskirib, iste‘moldan-ishlatilishdan chiqib ketadi yoki yangi
tushunchalarni nomlovchi so`zlar paydo bo`ladi. Bu hodisalar tilning leksik
tarkibini 2 qatlamga ajratishni taqazo etadi:
1. Zamonaviy qatlam (neytral qatlam).
2. Eskirgan qatlam.
3.Yangi qatlam.
Zamonaviy qatlam. Bu qatlam o`zbek tili leksikasining asosiy qatlami bo`lib, uni
umumxalq leksikasiga – ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksikaga oid
so`zlar, shuningdek, atamalar, kasb-hunarga doir so`zlar tashkil etadi. Bu
qatlamdagi so`zlar yangilik bo`yog`iga ham, eskilik bo`yog`iga
ham ega
bo`lmaydi.
Zamonaviy qatlamda so`zlarning nutqda ko`p yoki kam ishlatilishi, barcha
kishilarning ishlatishi yoki ma‘lum guruh kishilari nutqidagina ishlatilishi asosga
olinmaydi.
Demak, yangilik va eskilik bo`yog`iga ega bo`lmagan so`zlar eskirgan
qatlam. So`z ifodalaydigan predmet yoki tushuncha hayotda yo`qolishi, yoki
ularning ma‘nosini ifodalaydigan boshqa so`zlarning paydo bo`lishi munosabati
bilan ayrim so`zlar asta-sekin qo`llanilmay unutila boradi. Ular nutqda kam
qo`llanadi. Ularning ba‘zilarini tushunish mumkin, ayrimlarini ko`pchilik
tushunmaydi, ular badiiy va ilmiy adabiyotlarda qo`llansa, izoh talab etadi. Eskilik
bo`yog`iga ega bo`lgan so`zlar eskirgan leksika deyiladi. Eskirgan leksika 2 turga
ajratiladi:
1. Tarixiy so`zlar yoki istorizmlar.
2. Arxaik so`zlar yoki arxaizmlar.
Tarixiy so`zlar o`tmishdagi narsa va hodisalarning nomi bo`lgan, ammo hozir
eskirib qolgan so`zlar tarixiy so`zlar deyiladi. Tarixiy so`zlar jamiyatda yo`q bo`lib
ketgan
narsalar, shaxslar haqida gap borganda qo`llaniladi. Hozirgi tilda ularning
sinonimii yo`q. Masalan: foytun, yasovul, taxt, kanizak, dinor (tilla pul), chaqirim
(1 km), tosh (8 chaqirim – 8 km), gaz (71 sm), botmon (176, 128 kg), misqol (4,25
g.), miri (5 tiyin).
Ba‘zi so`zlar til taraqqiyoti davomida turli xil narsalarni ifodalaydigan bo`lib
qoladi. Bunday so`zlarning bir ma‘nosi eskirsa, ikkinchi xil ma‘nosi zamonaviy
qatlamda ishlatiladi.
Masalan:
boy
so`zining ma‘nosini qiyoslang:
Boy Yo`lchini zimdan kuzatdi
(Oybek). Sen boy bo`laman deb nima ishlarni qilmading, oqibati nima bo`ldi?
Arxaik so`zlar. Hozir mavjud bo`lgan narsa-hodisalarning eskirib qolgan nomlari
arxaik so`zlar deyiladi. Arxaik so`zlar yig`indisi arxaizmlar deyiladi. Arxaizm –
grekcha so`z bo`lib, archaios – «qadimgi» degan ma‘noni bildiradi.
Eskirgan so`z ifoda etayotgan narsa-hodisalar hozirgi hayotda bor bo`lgani
uchun uning eskirgan nomini almashmay oladigan zamonaviy qatlamga oid so`z
mavjud bo`ladi. Aslida bir narsaning birdan ortiq nomi bo`lsa,
ulardan til
taraqqiyoti qonuniyatlariga javob bera oladigan tilda saqlanib qoladi, javob bera
olmaydigani eskilik bo`yog`iga ega bo`lib, ishlatilmay qolib ketadi. Masalan,
sekretar – kotib, mirzo, kotiba. Ular ichidan kotib so`zi hozirgi kunda kishilar
15
tomonidan keng ko`lamda qo`llanilyapti. Sekretar so`zi eskirib, arxaiklashib
qolgan. Arxaik so`zlar so`zlovchining ko`z oldida iste‘moldan chiqib ketayotgan
so`zlardir revolyutsiya (inqilob), tuman (rayon), viloyat (oblast),
baynalmilal
(internotsional).
Masalan: bitik (kitob), ulus, budun (xalq), o`miz (ko`krak) kabi.
So`zlar butun holda arxaiklashishi yoki uning biror ma‘nosi arxaiklashishi
mumkin. SHunga ko`ra ular: a) leksik arxaizmlar; b) semantik arxaizmlar tarzida
ikki xil bo`ladi.
Leksik arxaizmda so`z eskiradi: gulgun, siymo (obraz).
Semantik arxaizmda ma‘no eskiradi: chechak – «gul» ma‘nosida eskirgan, bekat –
karvonlar to`xtaydigan joy ma‘nosida eskirgan, bag`ir – «jigar» ma‘nosida
eskirgan, davlat – «boylik» ma‘nosida eskirgan.
Arxaiklashish iboralarda ham, grammatik
hodisalar doirasida ham yuz
beradi. Iboralarning arxaiklashishi holati ko`p, lekin grammatik hodisalarning
arxaiklashishi ham uchraydi: dasti alif –lom qilib, gardonini ham qilib, yoqasini
chop etmoq (iboralar); sifatdoshning –din, -mish shakllari, ravishdoshning –bon, -
ibon shakllari, -dur – kesimlikni ko`rsatuvchi bog`lama eskirgan grammatik
shakllardir.
Fonetik arxaizmlar ham mavjud bo`lib, unda tovush eskiradi: sobun,
qaboq kabi
(sovun,
qovoq).
Neologizmlar. Kundalik hayotimizdagi angi narsalarni, ularning belgilarini,
yangicha munosabatlarni, umuman yangi tushunchalarni ifoda etish ehtiyoji bilan
yuzaga kelgan so`zlar yoki yangi ma‘noda qo`llangan eski so`zlar neologizmlar
deyiladi. Neologizm grekcha so`z bo`lib, neos – «yangi» degan ma‘noni bildiradi.
Neologizm yangilik bo`yog`iga ega bo`lgan so`zlardir. Masalan:
bakalavr,
magistratura, kompьyuter, kompьyuter texnologiyasi, marketing, supermarket
kabi. Neologizmlar yangi paydo bo`lgan paytda, ishlatilish doirasiga ko`ra
chegaralangan leksikaga kiradi. Neologizmni ma‘nosi tushunarlilik kasb etsa, xalq
orasida ommalashib ketishi mumkin. Bunda u yangilik bo`yog`ini yo`qotadi va
umumxalq so`ziga aylanadi. Masalan: brigada, televizor, traktor, kosmos,
kosmonavt va hokazo.
Ba‘zi neologizmlar
yangiligicha qolib ketishi, ishlatilish doirasi chegaralangan
leksikadan o`rin olib qolishi mumkin. Demak, neologizm – nisbiy tushuncha.
CHunki har bir davr o`z neologizmiga ega bo`ladi.
So`z yoki so`zning ma‘nosi neologizm bo`lishi mumkin.
So`z neologizm bo`lsa, leksik neologizm deb yuritiladi: broker, ...
Leksik neologizmlar tamomila yangi, hali o`zlashib ketmagan so`zlardir. Bunday
so`zlar: 1) o`zbek tilida avvaldan mavjud bo`lgan so`z va yasovchi qo`shimchalar
bilan yasalgan yangi so`zlardir: etti yillik; 2) boshqa tildan kirgan hali umumxalq
tiliga singib o`zlashib ketmagan yangi so`zlardir: magistr, bakalavr.
Leksik ma‘nolardan biri yangi bo`lsa, semantik neologizm deb yuritiladi. Masalan:
Yo`ldosh (er yo`ldoshi), payvandchi (metallni ulovchi).