X. E. Rustamova, M. D. Maxsumov, U. A. Tuymachev fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmati



Download 9,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/157
Sana25.06.2021
Hajmi9,44 Mb.
#101133
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   157
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmati. Rustamova X.E, Maxsumov M.D

16-mavzu. BAKTERIOLOGIK (BIOLOGIK) 
ZARARLANISH 0 ‘CH 0G ‘IDA EPIDEMIYAGA QARSHI
TADBIRLAR
Bakterlologik (biologik) zararlanish o‘chog‘i
Bakteriologik  (biologik)  qurol  deganda  insonlarni,  qishloq 
xo‘jalik hayvonlarini  va  ekinzoriarni zararlash uchun moijallangan 
patogen mikroorganizmlar, ular ishlab chiqaradigan toksinlar va ularni 
tashuvchi vositalar tushuniladi.
Bu qurolning xususiyatlari quyidagilar:
-   yuqori  potensial  samaradorlik,  ya’ni  juda  kichik  dozalarda 
odamlami va hayvonlarni zararlash qobiliyati;
-  har bir yuqumli kasallik uchun o‘ziga xos yashirin (inkubatsion) 
davrning borligi;
-   kasallikning  bemordan  sog‘lom  kishiga  o‘tish  xususiyati 
(kontagiozligi);
-  davomli ta’sir, ba’zi (sporahosil qiluvchi) mikroorganizm laming 
uzoq muddatda atrof-muhitda saqlanib qolishi (sibir yarasi, qoqshol. 
gazii  gangrena  sporaiari  va  boshqalar).  Ayrim  sporalar  bir  necha 
yil  davomida  yerda,  ba’zi  patogen  mikroorganizmlar  uzoq  vaqt 
davomida  kasallik  tarqaluvchilar  organizmida  saqlanadi.  Masalan, 
o‘latni  chaqiruvchi  mikroorganizm  burga  organizmida  butun  umri 
davomida  (bir  yilgacha)  saqlanadi.  Ku-lixoradkani  qo‘zg‘atuvchi 
mikroorganizm kanada kasallik paydo qilish xususiyatini (virulentlik) 
taxminan  1300 kun davomida pasaytirmay yashashi mumkin. Kanali 
ensefalit  virusi,  nafaqat  kana  organizmida  yashaydi,  balki  uning 
nasliga ham o‘tadi (tuxumi orqali-transovarial);
-   topish  qiyinligi  -   maxsus  asboblar  yo‘qligi  bilan  ifodalanadi. 
Agar  radioaktiv  va  zaharlovchi  moddalarni  miqdoriy  va  sifatli 
aniqlash  uchun  radiatsion  va  kimyoviy  razvedka  asboblari  bo‘lsa,
236


bakterial  vositalarini  topish  va  kasallik  qo‘zg‘atuvchilar  turini 
aniqlovchi  shunga  o‘xshash  asboblar  yo‘q.  Buning  uchun  sinama 
olish,  uni  laboratoriyaga  yetkazish  va  tekshirish  zarur.  Sinamani 
klassik metodda tekshirish ko‘p  vaqtni oladi,  buning uchun maxsus 
anjom-uskunalar  va  tayyorlangan  mutaxassislar  bo'lishi  talab 
qilinadi. Hozirgi vaqtda ishiab chiqarilgan ekspress usullar (masalan, 
lyuminessent mikroskopiya usuli) tekshirish boshlanishidan 2-6 soat 
o‘tgandan so‘ng nisbiy javob beradi;
-   tanlovli  (maqsadli)  ta’sir  ko‘rsatish  -   inson,  hayvonlar  va 
o‘simiiklar uchun xavfli boigan yuqumii kasalliklar qo‘zgatuvchilar 
turlarining  ko'pligi  va  ularni  tanlash  imkoniyati  mavjudligi  bilan 
bog‘Iiq.  Masalan,  dushman  tomonidan  faqat  o‘simlik  kasalligini 
(fitoftoroz),  hayvonlar  kasalligini  (yirik  shoxli  hayvonlar  o‘lati), 
odamlar va hayvonlar kasalligi chaqiruvchi mikroorganizmlami (chin 
chechak,  vabo  va  boshqalar)  qo‘llashni  tanlash.  Dushman  o‘Hmga 
olib keluvchi kasallik qo‘zg‘atuvchilarini (o‘lat, chin chechak) yoki 
odamlarni  vaqtinchalik  safdan  chaqiruvchi  kasallik  chiqaruvchi 
mikroorganizmlarni (tularemiya va boshqalarni) qo‘llashi mumkin.
-  kuehli psixologik (ruhiy) ta’sir -  amerika avtorlarining fikricha, 
hattoki  xavfli  boMmagan  kasallik  qo‘zg‘atuvchilari  qo‘llaniIganligi 
haqidagi ma! lumot ham odamlarni vahimaga soladi.
-   bakteriologik  (biologik)  qurolni  ishiab  chiqarish,  kimiyoviy, 
ayniqsa yadroviy qurolga nisbatan arzonligi.
Bundan  tashqari  bu  qurolning  xarakterli  xususiyatlariga 
quyidagilarni kiritish kerak:
-   bioiogik  agentlarning  xilma-xilligi,  bir  necha  xil  infeksiya 
qo‘zg‘atuvchilami bir vaqtda qo'llash imkoniyati;
-  nospetsifik (xos emas) kasallik tashuvchilarni qo‘llash;
-  zamonaviy profilaktik va davolash vositalariga chidamli yuqumii 
kasallik  qo‘zgatuvchi  shtamlarini  va  dezinfeksiya  vositalariga 
chidamli kasallik tashuvchilar turlarim yaratish.
Epidemik  xavfliligiga  asosan  bakterial  va  virus  agentlari  uch 
guruhga bo‘linadi:
217


-  yuqori kontagiozli,
-  kam kontagiozli,
-  kontagiozsiz kasallik qo‘zg‘atuvchilari.
Zararlanish  o‘chog‘ining  epidemiologik  xossalari,  demakki, 
epidemiyaga 
qarshi 
tadbirlar 
xarakteri, 
kasallik 
yuqqan 
aholini  joylashtirish  tartibi  kasallik  qo‘zg‘atuvchisining  qaysi 
guruhga  kirishiga  bog‘liqdir.  Va  nihoyat,  qo'llaniJgan  kasallik 
qo‘zg‘atuvchisining  turi  karantin  yoki  observatsiya  (kuzatish) 
tadbiriarining umumiy sistemasini va ularni bekor qilish muddatlarini 
belgilaydi.
Harbiy  davrda  epidemiya  chaqirish  maqsadida  kontagiozli  yoki 
yuqori kontagiozli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarini qo‘llanish ehtimoli 
ko'proq bo‘ladi.
Tabiiy 
sharoitlarda 
epidemik  jarayon  faqat  bir 
vaqtning 
o'zida quyidagi uch omil mavjud bo‘lgandagina rivojlanishi mumkin:
1)  infeksiya  manbayi;  2)  kasallik  o‘tish  mexanizmi;  3)  kasallik 
yuqishiga moyil aholi.
Bu  bog'liqlikni  bilish  epidemiya  bilan  kurashish  usullarim 
belgilashga  imkon  beradi.  Bu  kurashish  usullarida  muhim  o ‘rinni 
quyidagilar egallaydi:
-  kasallik qo‘zg‘atuvchilari vatashuvchilarini yo‘qotish maqsadida 
dezinfeksiya, 
dezinseksiya, 
deratizatsiya, 
sanitariya  ishlovini 
o‘tkazish;
-   oziq-ovqatlarni  va  suvni  bakterial  vositalaidan  himoyalash 
tadbirlari;
-  kasallik yuqishi  ehtimolini  (o‘tish mexanizmini)  bartaraf etish 
maqsadida shaxsiy va jamoa gigiyenasi qoidalariga rioya etish hamda 
shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish;
—qo‘llaniIganqo‘zg‘atuvehiganisbatanorganizmningqarshiligini 
oshirish  maqsadida  aholi  o‘rtasida  zudlik  bilan  nospetsifik  (xos 
emas) va spetsilik (xos) profilaktikani o‘tkazish.
Shuni  hisobga  olish  kerakki,  dushman  tomonidan  bakteriologik
218


(biologik)  qurollarning  turli  usullarda  qoilanilishi  epidemiyaga 
qarshi  tadbirlarni  qiyinlashtiradi.  Bakterial  qurol  quyidagi  usullarda 
qo‘llanilishi mumkin:
1)  bakterial aerozollar yaratish;
2)  kasallik  yuqtirilgan  tashuvchilarni  qo‘llash  (hasharotlar  va 
boshqalar);
3)  buzg‘unchilik (diversiya).
Bakteriologik  (biologik)  qurolni  aerozol  usulida  qo‘llash  o‘ta 
xavfli hisoblanadi (bu usulda odatdagi sharoitda tarqalmaydigan ko‘p 
turli qo‘zg‘atuvchilarni qo‘llash munkin, odamlar orasida bir vaqtning 
o‘zida ommaviy og‘ir kechuvchi kasallikni chaqirishi mumkin).
O'tirib  qolgan  mikroorganizmlar  tuproqni,  suv  manbalarini, 
texnikani,  inshootlarai,  oziq-ovqat  mahsulotlarini  va  boshqa 
predmetlami  zararlaydi,  bu  aholini  qo‘shimcha  zararlanishiga 
manba  boiishi  mumkin.  Chidamli  qo‘zg‘atuvchiIar  qo‘llanishi 
ikkilamchi  aerozol  zararlanish o‘chog‘i  hosil boMishiga va yuqumii 
kasalliklarning ikkilamchi ko‘tarilishiga olib keladi.
Patogen  mikroorganizmlarning  aerozol  sharoitda  tarqalishida 
epidemik jarayotming  rivojlarvish  xususiyati  nafaqat  bir  vaqtnig 
o ‘zida ko‘p  sonli aholining zararlanishi  bilan, balki qisqa muddatli 
yashirin (inkubatsion) davr (1,5- 0,2 sutka) o‘tishidan so‘ng ham ko‘p 
sonli aholining  kasal  boiishi  bilan xarakterlanadi.  Bu esa epidemik 
jarayonning yuqori temperaturada rivojlanishini ta’minlaydi.
Ko‘pgina  infeksiyalarning  tarqalishiga  aerozol  yo‘li  bilan 
zararlanish tabiiy hisoblanmaydi, bu klinik-epidemiologik ko‘rinishni 
o‘zgartiradi va o‘z vaqtida tashxis qo‘y ishni, o‘z navbatida profilaktika 
va davolash vositalarni qo‘llashni qiyinlashtiradi. Bulaming hammasi 
epidemiyaga  qarshi  himoya  va  bakteriologik (biologik)  zararlanish 
o ‘choqlarini  lokalizatsiya  qilish  (yakkalash)  va tugatish tadbirlarini 
tashkillashtirish xususiyatlarini belgilaydi.
219



Download 9,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish