Fuqaro muhofazasi tibbiy xizmati kasalxonalarini yaratishda
uning ixtisosi davoiash muassasasining ixtisos bazasiga yoki uning
mutaxassisiashgan boiimlariga mos kelishi kerak. Sog‘liqni saqlash
muassasalarining davolash profilaktik bazasi fuqaro muhofazasi
tibbiy xizmati uchun kerakligicha ixtisos bo‘yicha tayyor
shifokor va
o‘rinlarga ega bo‘lishlari kerak.
Shunday qiiib, zararlanganlarga mutaxassis tibbiy yordami bir
nechta davolash-profilaktik muassasalar qo‘shilishidagi kasalxona
bazasida ko‘rsatiladi, ular asosiy ko‘chirish yo‘lida, xavfsiz hududda
(suv toshqini va boshqalar) joylashadi.
Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyat sog‘liqni saqlash
boshqarmasining asosiy vazifasi:
- shahardan chetdagi kasalxona bazasida o‘rinlar sonini
rejalashtirishda bor bo‘lgan davolash muassasalaridan unumli
foydalanish, qo‘yilgan vazifalami bajarish va bemorlarni qabul qilish;
- tibbiy saralash o'tkazish;
- malakali mutaxassis yordamini ko‘rsatish va bemorlarni
sog‘ayguncha davolash (zararlangan - bu dushmanning zamonaviy
quroli qo‘Ilanilishi tufayli patologik holat paydo boiib tibbiy
yordamga muhtoj shaxs, bemor - tibbiy yordamga muhtoj odam,
ammo kasalligi qurol qo‘llanilishi bilan bog‘liq emas).
Kasalxonalar bazasi
dushman hujumi xavfi bo‘lganda
respublika, viloyat fuqaro muhofazasi tibbiy xizmati tomonidan
shahardan tashqarida tashkil etiladigan kasalxonalar to‘plami bo‘lib,
zararlanganlarga malakali va mutaxassis tibbiy yordami ko‘rsatib
oxirgi natijasigacha davolash uchun mo‘ljaIlangan. Kasalxona bazasi
zararlanganlami davolash-ko‘chirish ta’minot sistemasining ikkinchi
va oxirigi bosqichi hisoblanadi. Kasalxona bazasi tarkibiga bosh, ko‘p
ixtisosli va ixtisoslashgan kasalxonalar kiradi. Malakali va mutaxassis
tibbiy yordamini kuchaytirish va tashkil etish uchun viloyat fuqaro
muhofazasi tibbiy xizmati tomonidan MTYoB va MTYoO ajratiiadi.
201
Zararlangan aholining tibbiyot ta’minoti davolash-ko‘chirish
yo‘nalishida amalga oshiriladi. Davolash-ko‘chirish yo‘nalishi
(DKY) kasalxona bazasining bir qismi bo‘lib bir yoki bir nechta
tumanlarda joylashadi va zararlanganlarga malakali va mutaxassis
tibbiy yordam ko‘rsatish va davolash uchun mo‘ljallangan. DKYda
davolash muassasalari ustidan rahbarlikni bevosita shu tuman
markaziy kasalxona bosh shifokori olib boradi.
DKY 4-6 ming o‘ringa moslashgan. Bosh markaziy tuman
kasalxonasini viloyat fuqaro muhofazasi tibbiy xizmati boshligi
belgilaydi. DKY da bitta bosh kasalxona, 1-2 tadan ko‘p ixtisosli
kasalxona va bittadan ixtisoslashgan kasalxonalar boiadi.
Kasalxona bazasidagi davolash-profilaktik muassasalar ustidan
rahbarlikni Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi va viloyat sog‘liqni
saqlash boshqarmasi olib boradi. Kasalxona bazasi ustidagi maxsus
rahbarlikni kasalxona bazasining boshqarmasi bajaradi ( KBB).
Kasalxona bazasi boshqarmasining rahbari boiib Sogiiqni
saqlash vazirligining va viloyat sogiiqni saqlash boshqarmasining
birinchi muovini hisoblanadi. KBB asosini davolash-profilaktika
sektorlaridagi mutaxassislar tashkil etishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: