Yostiqchalaming biri bintga tikilgan, ikkinchisi esa qo‘zg‘aluvchan
bo‘lib, uni kerak bo‘lgan joyga surish mumkin. Yostiqchaning bir tarafi
rangli ip bilan tikilgan, bog‘lov qo‘yadigan vaqtda shu tarafdan ushlash
kerak. Bog‘lov materiali qog‘ozga o‘rab qo‘yilgan va ustidan rezinali
materialdan tayyorlangan qobiq bilan germetik qilib berkitilgan.
Qog‘oz ichiga bint oxirini mahkamlash uchun to‘g‘nog‘ich solib
qo'yilgan. Paket steril holatda ishlab chiqiladi. Shaxsiy bogiama
paketidan foydalanish qoidalari:
- rezinali-material qobiq yirtib
ochiladi;
- qog‘oz qobiq ichidan to‘g‘nog‘ich chiqarib olinadi;
- chap qo‘l bilan bint o‘rami ushlanib katta ochiladi;
- yostiqcha rangli ip bilan tikilgan tomonidan ushlanib, kerakli
joyga qo‘yiladi;
- yostiqchalar bintlanib, bint uchi to‘g‘nog‘ich bilan mahkamlab
qo‘yiladi.
Shaxsiy universal
bog‘lov paketi
(SHUBP) shaxsiy tarkibga
shaxsiy bog‘lov paketi o‘miga berilishi mumkin. Buning farqli tomoni
- yostiqchaning bir tomoniga metallangan material qo‘yilgan bo‘lib,
bu material yaradan chiqayotgan suyuqlikni o‘ziga shimib olish
xususiyatiga ega va yaraga yopishib qolmaydi.
Tibbiy yoping‘ichi (TYO) - kishilarni sovuq vaqtlarda sovqotish-
dan, issiq vaqtlarda esa qizib ketishdan himoya qiiishga mo‘ljallangan.
Yopingichdan foydalanish qoidasi:
- sovuq vaqtlarda tibbiy yoping‘ichning metallangan qavati
ichkariga qilib solinadi va unga jarohatlangan kishi qo‘yiladi;
- yoping‘ichning chekka qismlari qaytarilib oyoqlari va tana o‘rab
chiqiladi;
- havo sovuq vaqtlarda (namgarchilik, yog‘ingarchilik) kishining
boshi ham yopib qo'yilishi mumkin;
- yoping‘ich ochilib ketmasSigi uchun bir necha joyidan bint
yordamida mahkamlanadi.
108
Issiq vaqtlarda o‘ta qizib ketmaslik uchun yoping‘ichning
metallangan qavati tashqariga qaratilib, jarohatlangan kishi uning
ostiga yotqiziiadi, bunda kishi yoping‘ichga o'ralmaydi.
Suvdondagi suvni zararsizlantirish uchun shaxsiy tarkibga
akvasept yoki pantotsid bcriladi va 0,75 litr
hajmii suvdondagi suvni
zararsizlantirish uchun unga bitta tabletka pantotsid yoki akvasept
solinadi. Suvdonni yopib, 2-3 marta silkitiladi. Yoz vaqtida 30-40
daqiqadan so‘rig, sovuq vaqtlarda esa 1 soatdan so‘ng ichsa bo'ladi.
Agar suv loyqalangan bo‘Isa, unda suvdonga ikkita pantotsid yoki
akvasept tabletkasi solinadi. Ichiladigan suvdan xlor hidi kelib
turadi. Shuni esda tutish lozimki pantotsid yoki
akvasept tabletkalari
bakterial vositalardan zararlangan suvlami zararsiz holga keltira
olmaydi.
Ishlamaydigan aholi uchun himoya vositalarini saqlash turar
joylarda tashkil etiladi. Odatda quyidagi saqlash muddatlari
belgilangan:
- bolalar gazniqobi uchun - 10 yil;
- IP-4, IP-5 va fuqaro gazniqob (GP-5)lari uchun - 5 yil;
- rezinadan tayyorlangan terini himoyalovchi vositalar va respira-
torlar uchun - 3 yil;
- shaxsiy aptechkalar uchun - 4 yil.
Kafolat vaqti bitgandan so‘ng foydalanish mumkinligi har yili
laboratoriya nazorati orqali aniqlanadi.
Tinchlik davrida gazniqoblar qismlarga ajratilgan holatda
saqlanadi: filtrlovchi quti rezina tiqin (probka) bilan talab qilinadi va
yashikning pastki qismida joylashtiriladi, ustiga gazniqob xaltasi va
uning ustiga esa rezinali yuz qismi joylashtiriladi.
Ta’minlash quyidagi tartibda amalga oshirladi:
1) gazniqoblar bilan hamma yirik shaharlardagi va alohida turuvchi
obyektlardagi katta yoshli aholi, qolgan shaharlar aholisi, qishloq
joyidagi aholi;
2) respiratorlar bilan tuzilmalar tarkibiga kirmagan kichik
109
shahardagi va qishloq joyidagi jami aholi va gazniqobga qo‘shimcha
tarzda - tuzilmalaming hamma shaxsiy tarkibi;
3)
bolalar gazniqobi bilan birinchi navbatda yirik shaharlarda
yashovchi va shu shahar atrofidagi qishloqlarda va alohida turuvchi
zaruriy obyektlardagi ishchilar bolalari.
X abar
signallari. Fuqoro muhofazasi, FM tuzilmallari va aholi
quyidagi xabar signallarini bilishlari va ularga rioya etishlari lozim:
Do'stlaringiz bilan baham: