X. E. Rustamova, M. D. Maxsumov, U. A. Tuymachev fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmati


Fuqaro muhofazasi va uning vazifalari



Download 9,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/157
Sana25.06.2021
Hajmi9,44 Mb.
#101133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   157
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmati. Rustamova X.E, Maxsumov M.D

Fuqaro muhofazasi va uning vazifalari
Fuqaro  muhofazasi  -   harbiy  harakatJar  olib  borish  paytida  yoki 
shu  harakatlar ■ oqibatida  yuzaga  keladigan  xavflardan  O ‘zbekiston 
Respublikasi aholisini,  hududiarmi,  moddiy  va madaniy boyliklarini 
muhofaza  qiiish  maqsadida  o‘tkaziladigan  tadbirlarning  davlat 
tizimidir.
3


Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Aholini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar 
oqibatida  yuzaga  keladigan  xavflardan  himoyalanish  usullariga 
o'rgatish.
2.  Obyektlami  harbiy  harakatlar  oiib  borish  paytida  yoki  shu 
harakatlar  oqibatida  yuzaga  keladigan  xavflardan  himoyalanish 
harakatlari va usullariga o‘rgatish.
3.  Boshqaruv,  xabar  berish  va  aloqa  tizimlarini  tashkil  qilish. 
rivojlantirish va doimiy shay holatda saqlab turishi.
4.  Xalq  xo‘jaligi  obyektlarining  barqaror  ishlashini  ta’minlash 
yuzasidan tadbirlar kompleksini о ‘tkazish.
5.  Aholini,  moddiy  va  madaniy  boyliklami  xavfsiz  joylarga 
evakuatsiya qilish.
6. Fuqaro muhofazasi harbiy tizimlarining shayligini ta’minlash.
7.  Aholini umumiy va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash 
tadbirlarini o ‘tkazish.
8.  Aholining  harbiy  harakatlar  olib  borish  paytidagi  yoki  shu 
harakatlar oqibatidagi hayot faoliyatini ta’minlash.
9.  Radiatsion,  kimyoviy  va  biologik  vaziyat  ustidan  kuzatish  va 
laboratoriya nazorati olib borish.
10.  Qutqaruv  va  boshqa kechiktirib  bo‘lmaydigan  ishlami  o‘tka- 
zish.
11.  Harbiy  harakatlar  olib  borish  paytida  yoki  shu  harakatlar 
oqibatida zarar ko‘rgan hududlarda jamoat tartibini yo‘lga qo‘yish va 
saqlab turish.
12.  Aholini  va  hududlarni  muhofaza  qilish  yuzasidan  boshqa 
tadbirlarni o‘tkazish.
FM  vazifalarini  bajarish  uchun  turli  xil  tadbirlar  o ‘tkaziladi. 
Aholini  muhofazalash  maqsadida  oldindan  himoya  inshootlari 
quriladi,  shaxsiy  himoya  vositalari  yig‘iladi,  aholiga  himoya 
vositalaridan to‘g‘ri foydalanish. tibbiy yordam ko‘rsatish o‘rgatiladi, 
yirik shaharlardan aholini shahardan chetga ko‘chirish rejalashtiriladi.
4


Harbiy harakatlar u lil oorish davrida xalq xo‘jaligi obyektlarming 
to‘xtovsiz  ishlashini  ta ’milashdan  maqsad  shu  korxonalaming 
talabga  muvofiq  ravishda  yetarlicha  mahsulot  ishlab  chiqarishidir. 
Buning  uchun  ishchi-xizmatchilami  yashirinish  inshootlari  bilan 
ta’mmlash,  uskunalarni  va  vositalarni  yadro  bombasi  portlashining 
ta’sir omillaridan himoyalash, obyektda yong‘indan xavfli, portlovchi 
va  zaharli  moddalar  zaxirasini  kamaytirish,  elektr,  suv  va  gaz 
tarmoqlarini mustahkam himoyalash va boshqalar.
Fuqaro  muhofazasining  asosiy  tashkiliy  tamoyili  davlatimizda 
Vaziriar Mahkamasining rahbarlik rolidir. FM ishlab chiqarish-hudud 
tamoyili  asosida  tashkil  topadi.  Buning  mazmuni  shundan  iboratki, 
hamma  tadbirlarni  rejalashtirish  va  o‘tkazish  Respublika  Vaziriar 
Mahkamasi  tomonidan  va  ishlab  chiqarish,  xo‘jalik  rahbarlari, 
boshqarma  rahbarlari  tomonidan  olib  boriladi.  O'zbekiston 
Respublikasi  fuqaro  muhofazasiga  umumiy rahbarlikni  0 ‘zbekiston 
Respublikasi Vaziriar Mahkamasi amalga oshiradi.
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Bosh  Vaziri  mamlakat 
fuqaro 
muhofazasining  boshlig‘idir.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  fiiqaro 
muhofazasini  boshqarish  0 ‘zbekiston  Respublikasining Favqulodda 
vaziyatlar vazirligi zimmasiga yuklanadi.
Qoraqalpog‘iston  avtonom  respublikasi,  viloyatlar,  tumanlar 
va  shaharlar  hududlarida  &qaro  muhofazasiga  rahbarlik  qilishni 
tegishlicha  lavozimiga  ko‘ra  fuqaro  muhofazasining  boshlig‘i 
bo‘lgan  Qoraqalpog‘iston  avtonom  respublikasi  Vaziriar  Kengashi 
Raisi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari amalga oshiradilar.
Fuqaro muhofazasi davlat himoya tadbirlarining ajralmas qismidir. 
Har bir shaxs FM o ‘tkazadigan tadbirlarga faol qatnashishi, shu bilan 
o'zining Vatan oldidagi insoniy burchini bajarishi kerak.
5


Fuqaro  muhofazasining  tashkiliy  tarkibi  (strukturasi)  quyidagi- 
lardan  iborat:  rahbariyat,  boshqarma  yoki  shtab,  ko'chirish  hay’ati, 
xizmat  turlari  va  kuchlar.  Yuqorida  aytilganidek,  muassasa  va 
boshqarmalarningrahbarlari fuqaro muhofazasi boshlig‘i hisoblanadi.
Fuqaro  muhofazasi  boshlig‘i  o ‘z  vakolatlari  doirasida  quyidagi 
huquqlarga ega:
-  fuqaro muhofazasining tegishli rejalarini amalga joriy etish;
-   aholini,  moddiy  va  madaniy  boyliklarni  xavfsiz  joylarga 
ko‘chirish to ‘g‘risida qarorlar qabul qiiish;
-   o ‘z  tasarrufidagi  hududlar  hamda tashkilotlarning  kuchlari  va 
vositalarini  fuqaro  muhofazasi  sohasidagi  tadbirlarni  o ‘tkazishga 
jalb etish;
--  qonun  hujjatlariga  muvofiq  boshqa  vakolatiarni  ham  amalga 
oshirish.
Fuqaro 
muhofazasi 
xizmatlarining 
ro‘yxati, 
shuningdek, 
ular  to ‘g ‘risidagi  nizomlar  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Odatda yorug‘likni  berkitish  (maskirovka),  yashirinish  xizmati, 
yong‘inga  qarshi,  tibbiyot,  muhandis,  radiatsion,  kimyoviy 
zaharlovchi  moddalardan  himoya,  transport,  uy-joy-texnik,  jamoa 
tartibini  himoyalash,  savdo-ta’minot,  hayvonlami  va  o‘simliklarni 
himoyalash va boshqa xizmatlar tuzilishi mumkin. Har qaysi xizmat 
turi maxsus vazifani bajarish uchun kuch va vositalarga ega. Xizmat 
turining bazasi bo‘lib  shu xizmat turini amalga oshiruvehi tashkilot 
hisoblanadi.

Download 9,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish