X. E. Rustamova, M. D. Maxsumov, U. A. Tuymachev fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmati


Tibbiy mol-mulk ta ’minotini bevosita olib borisltadi



Download 9,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/157
Sana25.06.2021
Hajmi9,44 Mb.
#101133
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   157
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmati. Rustamova X.E, Maxsumov M.D

Tibbiy mol-mulk ta ’minotini bevosita olib borisltadi:
-
  respublikada  bosh  dorixona  boshqarmasining  boshlig‘i  va 
“Tibtexnika” birlashmasi boshlig‘i;
-   viloyatlarda  viloyat  dorixona  boshqarma  rahbari  va  viloyat 
“Tibtexnika” boiim i rah bar i;
-  shahar va qishloqlarda  shahar, qishloq dorixona boshliqlari;
-  FMTX tuzilma va muassasalarida  dorixona rahbarlari.
Tibbiy  mol-mulk  ta’minoti  organlarining  asosiy  vazifalari
quyidagilar:
-  
ommaviy  qirg‘in,  tabiiy  ofat  o‘choqlarida  ishlovchi  FMTX 
tuzilmalarini, muassasalarini kerakli mollar bilan ta’minlash;
242


-  zamonaviy  ommaviy  zararlanish qurollaridan  mollami  himoya 
qilishning effektiv tadbirlarini o‘tkazish;
-   tuzilma  va  muassasalarda  tibbiyot  mollarining  t o ^ r i   saq- 
lanishini, sarflanishini, toidirilishini nazorat qilish;
-  FMTX tuzilma va muassasalarini tabiiy va texnogen halokatlar 
hamda  harbiy  holatlarda  tibbiy  mol-mulk  ta’minoti  rejasini  ishiab 
chiqarish;
-   FMTXda  qoMlanilishi  mumkin  bo‘lgan  mahalliy  resurlarni 
topish va tayyorlashni olib borish;
-  tibbiy mollami o‘z vaqtida toidirish, ratsional tejab sarflash;
-  o‘rnatilgan hisob va hisobotni olib borish.
Tinchlik  davrida  tibbiy  buyumlarga  bo‘lgan  talab  zararlanish 
o‘chog‘idagi sanitar yo‘qotishni hisobga olgan holda FMTX rejasiga 
asosan aniqlanadi.
Tibbiy mol-mulk ta’minotini boshqaruv organlari umumiy tibbiyot 
ta’minotining  faqat  bir  qismini  amalga  oshiradilar.  Ular  tibbiy 
mollar  harakat  boshqarmasining  operativ  (o‘z  vaqtida)  ta’minotchi 
funksiyasini bajarishadi, ammo o‘zlari mol qabul etish va ko‘paytirish 
ishi 
bilan  shug‘ullanishmaydi.  Bu  ish  bilan  ta’minot  bazalari, 
omborxonalar,  dorixona,  texnika  va  tibbiy  ta’minot  do‘koni  va 
boshqalar shug‘ullanishadi. Shu ishning sifati ta’minot organlarining 
operativ ishlashiga bogiiq.
Tinchlik  davrdagi  sogiiqni  saqlash  tizimidagi  boshqaruvchi 
organlar  va  tibbiy  mol-mulk  ta’minoti  muassasalari  FMTXning 
tizimida to‘liqligicha saqlanadi.
FMTX  boshlig‘i  jami  tuzilmalar,  muassasalar  talabining  o‘z 
vaqtida  qondirilishini,  mollardan  to‘g‘ri  foydanishini,  sarflanishini, 
ommaviy qirg‘in qurollari ta’siridan himoya qilishni nazorat qiladi.
FMTX  tuzilmalarini  samarali  ta’minlash  maqsadida,  tinchlik 
davrida  tibbiy  xizmat  asosiy  korxonalaming  ishiab  chiqarish, 
texnologik  qobliyatini  doimo  o‘rganib  borishi  talab  qilinadi. 
Masalan,  limonad  chiqaradigan  korxonadan  biroz  o‘zgarish  kiritish 
orqali qon tomiriga quyuluvchi  suyuqliklar  ishiab chiqarish  uchun,
243


quriiish korxonalari uchun texnik kislorod chiqaruvchi  stansiyadan 
tibbiyot  uchun  kislorod  olish  uchun,  kimyoviy  sanoatning 
ba’zi  mahsulotlaridan  (kislota,  oksidlar,  ishqorlar,  erituvchilar, 
yuvish  vositalari) 
dezinfeksiya  uchun  foydalanish,  dam  olish 
pansionatlarining,  mexmonxonalarning  mol-mulklaridan  davolash 
muassasalarini joylashtirishda fbydalansa bo'iadi.
Har  bir  tibbiyot  ta’minotchisi  shu  manbalami  yaxshi  bilishi  va 
bulardan  FMTX  tuzilmalarini,  muassasalarini  o‘z  vaqtida  tibbiyot 
mollari  bilan  ta’minlashda  oqilona  foydalanishi  kerak.  FMTXning 
tuzilmalarini,  muassasalarini  tibbiyot  mollari  bilan  ta’minlash  va 
toMdirishning asosiy manbalari:
1.  Sog‘liqni  saqlash organlari  tomonidan harakatchan  tuzilmalar 
uchun  to‘liq  hajmda  va  tartibda  (tabel  bo‘yicha)  tashkil  etilgan 
tibbiyot mollari zaxirasi.
2.  Davolash  muassasalarida  ma’lum  nomenklatura  asosida 
kamaymaydigan tibbiyot mollari zaxirasi.
3.  Sog‘liqni  saqlash  muassasalaridagi  kundalik  ishlatilayotgan 
tibbiyot mollari.
4.  Dorixona, baza, “Tibtexnika”  do‘konlaridagi normali zaxiralar,
5.  Joylardagi xalq xo‘jalik resurslari asosida tayyorlanadiganjami 
mahsulotlardan foydalanish.
Tabiiy  ofat  ta’sirini  yo‘qotishda  qatnashuvchi  tuzilmalarni, 
muassasalami  tibbiyot,  sanitar-xo'jalik  va  maxsus  mollar  bilan 
ta’minlash tartibi va ta’minlash manbaiarini viloyat (respublika) FMTX 
boshlig‘i o‘matadi va o‘z vaqtida kasalxonalar bazasi boshqarmasiga, 
shahar, tuman tibbiy xizmat boshliqlariga xabar yetkazadi.
FMTX  tuzilmalari  va  muassasalarining  tibbiy  ta’minoti  yo‘lida 
asosiy o‘rinni  mahalliy resurslardan, boshqa xizmatlar resurslaridan 
foydalanish egallaydi.
Fuqaro  muhofazasi  boshlig'ining  qaroriga  asosan  FMTX  uchun 
boshqa xizmatlarning hayvonlar va o‘simliklarni himoyalash, savdo- 
sotiq, ovqatlanish, kommunal-texnik,  intematlar,  mehmonxonalar va 
boshqalarning zaxira buyumlari va vositalaridan foydalanishga ruxsat 
beriladi.
244


FMTX shtabi va tibbiy mol-mulk ta’minoti organlarining vazifasi 
FMTX  uchun  kerakli  mollar  olishni  o‘z  vaqtida  rejalashtirishi  va 
aniqlashi kerak. Tibbiy  mol-mulk ta’minoti  rejasi yuqori  lavozimli 
FMTX boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi. Tibbiy mol-mulk ta’minoti 
rejasi aslida tibbiy mol-mulk ta’minoti organlarining ish rejasi bo‘lib 
hisoblanadi.
Tibbiy mol-mulk ta’minoti rejasi asosiy hujjat hisoblanib, bunda 
har  qaysi  bajaruvchi  shaxslaming  harakat  tartibi,  bajarish  vaqti  va 
boshqalar ko‘rsatiladi.
Hamma  harakatchan 
tuzilmalar 
va  muassasalar 
uchun 
tayyorlanadigan  ashyolar  tibbiyot,  sanitar-xo‘jalik  va  maxsus 
ashyolarga bo‘iinadi.

Download 9,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish