X. E. Rustamova, M. D. Maxsumov, U. A. Tuymachev fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmati


Ekspertiza natijasida quyidagicha qarorqabul qilinishi mumkin



Download 9,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/157
Sana25.06.2021
Hajmi9,44 Mb.
#101133
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   157
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmati. Rustamova X.E, Maxsumov M.D

Ekspertiza natijasida quyidagicha qarorqabul qilinishi mumkin:
-
  mahsulot  ovqat  mahsuloti  sifatida  hech  qanday  to‘siqsiz 
ishlatilishiga ruxsat;
-   mahsulot  sog‘  odamlar  tomonidan  ma’lum  vaqtgacha  agar 
radioaktiv  moddalar,  zaharlovchi  moddalar  konsentratsiyasi,  miqdori 
maksimal ruxsat etilgan dozadan oshmasa iste’mol qilish mumkin. Bu 
mahsulot bolalar va davolash muassasalariga yuborilishi mumkin emas.
-   mahsulotni  iste’mol  qilsa  boiadi,  ammo  jamoa  ovqatlanishi 
sistemasi  orqali,  agarda  kulinariya  va  texnologik  ishlovidan  keyin 
radioaktv  moddalar,  zaharlovchi  moddalar  konsentratsiyasi  ruxsat 
etilgan maksimal dozadan oshmasa.
Bakterial vositalar esa to‘la yo‘qotiladi.
Sanitar  ekspert  bunday  qaror  chiqarishdan  oldin  nazoratli  ovqat 
pishirishga  farmoyish  berish  va  tayyor  ovqat  mahsulotini  tayyorlash 
texnologiyasi  yozuvini  olishi  kerak.  Bundan  keyin  tayyor  ovqat 
mahsuloti  2-marotaba  laborator  tekshiruvidan  o‘tadi.  Agar  tayyor 
ovqatdaradioaktiv moddalar, zaharlovchi moddalar konsentratsiyasining 
miqdori ruxsat etilgan maksimal normadan oshmasa, bakterial vositalar 
umuman yo‘q boisa shundan keyin yakun chiqariladi.
Mahsulot  zararsizlantirilishi  lozim  (dezaktivatsiya,  degazatsiya, 
dezinfeksiya)  yoki  qoldiriladi  (tabiiy  zararsizlantirish),  shundan  so‘ng 
qaytadan  ekspertiza  o‘tkazish  zarur.  Agarda  ovqat  mahsuloti  tabiiy 
zararsizlantirishga qoldirilsa, alohida saqlanadi va har 3 oyda bir marotaba 
tekshirishdan  o‘tkaziladi.  Mahsulotni  iste’mol  qilish  mumkin  emas, 
ammo  texnik  ehtiyoj  uchun  foydalansa  bo‘ladi  (ishlatishga  beriladi). 
Mahsulot iste’mol uchun yaramaydi va yo‘qotilishi lozim.
237


Shaxsiy  ovqat mahsulotlari  zaxirasi,  uni  o'tkazish  iloji  yo‘qiigi  va 
iqtisodiy nomaqsadligi keraksizligi sababli, sanitar ekspertiza qilinmaydi.
Sanitar  ekspert  radioaktiv  moddalar,  zaharolovchi  moddalar 
va 
bakteriologik 
vositalar 
bilan 
zararlangan 
mahsulotlami 
zararsizlantirilishi to‘g‘risida qaror chiqarishda albatta zararsizlantirish 
usuli  va  metodlarini  ko‘rsatishi  kerak.  Oziq-ovqat  mahsulotlarini 
zararsizlantirish tadbirini shu obyekt, FM boshlig‘i tashkil etadi, sifatli 
o‘tishini o‘sa FMTX boshlig‘i nazorat qiladi.
Zararsizlantirish 
sun’iy 
va 
tabiiyga 
bo‘linadi. 
Tabiiy 
zararsizlantirishda  ovqat  mahsuloti  va  ichimlik  suv  uzoq  vaqt 
qoldiriladi.  Shu  davr,  mobaynida  mahsulotda  o‘zini  zararsizlantirish 
ketadi  (radioaktiv  moddalar,  zaharolovchi  moddalarning  tabiiy 
parchalanishi).  Bu  usul  odatda  mahsulotlarga  va  ichimlik  suviga 
zaruriyat bo‘lmaganda qo‘llaniladi.
Qoldirilgan  joyda  «Zararlangan»  belgisi  qo‘yiladi,  kuzatuv  va 
laborator nazorati tashkil etiladi.
Bakterial  vositalar  bilan  zararlangan  mahsulot  va  ichimlik 
suvi  tabiiy  zararsizlantirishga  qoldirilmaydi.  Sun’iy  ravishda 
zararsizlantirish mahsulot turi,  qo‘llangan qurol turi  (RM,  ZM,  BV) 
va aniq vaziyatga qarab turli usullarda olib boriiadi.
U quyidagi usullarda olib boriiadi:
-  idishni suv yoki sovunli eritma bilan yuvish, vositalar yordamida 
ishlov berish va keyin artib qo‘yish;
-  mahsulotni toza idishga o ‘tkazish;
-  mahsulotning zararlangan qatlamini olib tashlash;
-   suyuq  mahsulotlami  tinitish  (radioaktiv  moddalarlar  bilan 
zararlanganda yuqori qismidagi suyuqlikni to‘kib tashlash);
-  termik ishlov berish (zaharlovchi moddalar va bakterial vositalar 
bilan zararlanganda);
-  UB-nur yordamida ishlov berish.
Ovqat  mahsulotlarini  kimyoviy  usulda  zararsizlantirish  mumkin 
emas,  chunki.  zararsizlantirish  uchun  qo‘llanadigan  kimyoviy 
moddalar  mahsulotning  rangini,  ta’mini,  sifatini  buzadi,  bundan
238


tashqari ulaming o‘zi ko‘p hollarda inson uchun zaharli hisoblanadi.
Tomchi suyuqlik holidagi zaharlovchi moddalar bilan zararlangan 
ovqat mahsuloti degazatsiya uchun noloyiq, iste’mol uchun yaroqsiz 
hisoblanadi va yo‘qotilishi lozim.
Ichimlik snvi quyidagi usullarda zararsizlantiriladi: 
о  tindirish;
о  koagulyatsiyalashdan keyin tindirish; 
о  sorbent va ionit orqali filtrlash; 
о  qaynatish;
о  parlatishdan so‘ng kondensatsiyalash; 
о  xlorlash.
Bundan tashqari suvni tozalash uchun: 
о mexanizatsiyalashgan avtofiltrlovchi stansiya (MAFS-7500); 
о harakatchan tozalovchi moslama; 
о mato-ko‘mirli filtr (TUF-200) qo‘llaniladi.
Quduqlami  zararsizlantirish  uchun,  uning  suvi  8-10  marotaba 
tortib olinib, osti tozalanib, qaziladi.
Bakterial vositalar bilan zararlangan mahsulotlar va ichimlik suvini 
zararsizlantirishning  eng  unumli  usuli  -   qaynatish.  Qattiq  yog‘lar 
eritish va kuydirish orqali zararsizlantiriladi. Go‘sht qaynatish bilan 2 
soat va  bo‘lagi  1  kg  dan oshmasligi  kerak.  Zararlangan  shakar  sirop 
yoki  mevalar,  povidlo,  djem,  kompot tayyorlashga  ishlatilsa  boiadi. 
Zararsizlantirilgandan keyin bakteriologik,  kimyoviy yoki radometrik 
nazorat  o‘tkaziladi, javobgarlik tibbiyot xizmatiga  yuklatiladi.  Ovqat 
mahsulotlari  normadan  oshmagan  zararlangan  holda  iste’molga 
chiqarilsa  idishi  va  yo‘llanma  hujjatiga  R-RM  yoki  «R-ZM»  ruxsat 
zararlangan  RM  yoki  ZM  belgi  qo‘yiladi.  Bakterial  vositalarda 
zararlangan  mahsulot  to ia   zararsizlantiriladi.  Zararlangan  mahsulot 
kuydirish yoki ko‘mish orqali yo‘qotiladi. Kuydirish maxsus joylarda 
olib boriiadi.  Ko‘mish esa kamida  1,5 m chuqurlikda o‘tkazilib,  oldin 
lizol, xlorli ohak, kerosin bilan olib boriiadi.
Sanitar 
profilaktik  brigada  -   Respublika  Favqulodda 
vaziyatlar  shoshilinch  tibbiy  yordam  markazidagi  epidemiyaga
239


qarshi  tezkor  brigada  boiib,  epidemik  holatni  darhol  o‘rganib, 
baholash  va  shu hududda  malakali  epidemiyaga qarshi  tadbirlarni 
tashkil  etish va ta’minlash uchun mo‘jallangan.  Zaruriyat boiganda 
brigada  kuchaytirilgan  rejimga  o‘tkaziladi.  Tezkor  (harakatchan) 
brigada  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Sogiiqni  saqlash  vazirligining 
topshirigiga binoan ilmiy tadqiqot institut  bazasida yuqori malakali 
mutaxassislardan 
tuziladi. 
Brigada 
favquiodda 
vaziyatlarda 
Respublika  shoshiiinch  tibbiy  yordam  markaziga  to‘g ‘ridan  to‘g‘ri 
bo‘ysunadi.

Download 9,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish