X. E. Rustamova, M. D. Maxsumov, U. A. Tuymachev fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmati



Download 9,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/157
Sana25.06.2021
Hajmi9,44 Mb.
#101133
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   157
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmati. Rustamova X.E, Maxsumov M.D

Ko‘chirish hay’atmiag vazifasi:
~ piyoda va transportda ko‘chiriladigan  va tarqoq holda joylashgan 
aholini ro‘yxatga olish;
-   ko‘chirish  va  tarqoq  holda joylashtirishning  tartibini  (ketma- 
ketligi)  tuzish;
-   material-texnik,  tibbiyot,  transport  va  boshqa  ta’minotni 
tashkillashtirish, ko‘chirish yo‘nalishlarini tayyorlash;
-   qishloq 
tumanlaridagi 
qabul  hay’ati 
bilan,  qabul  etish 
joylarini,  material  va tibbiyot  ta’minoti 
bo‘yicha  o‘zaro  aloqani
168


tashkil  etish.  Tarqoq  holda  joylashtirish  va  ko‘chirish  boshlanishi 
to‘g‘risidagi  farraoyish  zudlik  bilan  shaharlar,  tumanlar  va  xalq 
xo‘jalik  obyektlarining  FM  boshliqlariga  yetkaziladi.  Tarqoq  holda 
joylashtirish  va  ko‘chirish  boshlanishi  to ‘g‘risidagi  xabarnoma 
olinishi  bilan aholi tezlikda hamma kerakli kiyim-bosh, oyoq-kiyim
ichki  kiyim,  2-3  kunlik  oziq-ovqatlami,  dorilar,  shaxsiy  himoya 
vositalarini tayyorlab, bularning  hammasini qopga yoki chamadonga 
joylashtirish kerak. Ularning umumiy og‘irligi  50 kg boiishi kerak. 
Ko‘chuvchilarga  hujjatlar  (pasport,  harbiy  guvohnoma,  maiumoti 
to‘g‘risida diplom, mehnat kitobchasi, tugilish guvohnomasi) va pul 
kerak boiadi. Agar maktab  yoshdagi  bolalar bog‘cha bolalari bilan 
birgalikda  ko4chirilsa cho‘ntagiga  varaqcha qo'yib yoki kiyimining 
yoqasiga  oq  mato  tikib,  unda  bolaning  ismi,  otasining  ismi  sharifi, 
turar joyi,  adresi  va  oxirgi  ko‘chirish  punkti  yozilishi  kerak.  Agar 
oilada bemor boiib,  mustaqil  ravishda yig‘ilish-ko‘chirish punktiga 
kela  olrrsasa,  u  to‘g ‘risida  zudlik  bilan  yigilish-ko‘chirish  punkti 
boshligiga xabar  yetkazish lozim.
Ko‘chiriIadigan  aholining  yigilish  joylari.  Ko'chiriladigan 
aholining  yigilish  joylari  ko‘chiriladigan  aholining  yigilishi  va 
ro'yxatga  olinishi,  ko‘chrish  guruhlarini  tuzish,  ko‘chiriladigan 
aholini  transportga  chiqarish  va  xavfsiz joylarga  jo ‘natish  uchun 
moijallanadi.
Ko‘chiriladigan  aholining  yigilish  joylari  tem iryoi  bekatlari, 
avtomobillar to‘xtatish uchun qulay joylar, piyoda ko‘chiriladiganlar 
yoilari  yaqinidagi  odamlar  yigilishi  uchun  sharoit  bor  joylarda 
tashkil  etiladi.
Ko‘chadigan 
aholini  tibbiy  ta’minotini  rejalashtirish  va 
tashkillashtirishda tuman, shahar FMTX boshligi oldindan tuziladigan 
ko‘chiruvchilar  yigilish joylari  eshelonlar  soni,  qayerda  yaratilishi 
to‘g‘risida  ma’lumotga  ega  boiishi  kerak,  o‘sha joyda  tuman  yoki 
shahar  sogiiqni  saqlash  muassasasi  hisobidan  tibbiy  punktlarni 
tashkil  etadi.  Qishloq  tumanining  FMTX  boshligi  ko‘chirishning
169


oraliq  joylari,  ko‘chirilganlarning  yig'ilish  joylari,  transportdan 
tushirish joylari  nechta  va  qayerda  bo‘lishini  bilishi  lozim,  maqsad 
yirik  shahardan  evakuatsion tadbirlar  sababli  kelgan  aholini  tibbiy 
ta’minotini tashkillashtirib berishi lozim.
Ko‘chiriladigan 
aholining  yig‘ilish  joylarining  soni  va  xizmat 
ko‘rsatish  imkoniyati  ko‘chirilayotgan  aholi  soni,  ko‘chirilganlar 
o'tadigan yo'llar, transportga chiqish joylari nechtaligini hamda ulardan 
avtokolonnalar, temixyo‘1, kemalar yordamida qanchalik tez jo‘natilishini 
hisobga olib  belgilanadi.  Ko‘chiriladigan  aholining  yigilish joylarini 
joylashtirish uchun har xil jamoat binolari va inshootlaridan foydalaniladi. 
Ko‘chiriladigan  aholining yig‘ilish joylarida  yoki  ularga bevosita yaqin 
joylarda aholini muhofaza qilish  uchun  mavjud muhofaza  inshootlari 
(pana joylar,  yerto‘lalar  va  boshqa  xandaqlar)  tayyorlab  qo‘yilib,  eng 
oddiy yashirinish joylari jihozlanadi.
Ko‘ chiriladiganlaming  yig‘ilish  joylari  transportga  chiqadigan 
bekatning va piyoda tartibdagi ko‘chiriluvchilar yo‘llarining har biri 
yaqinida  sutkasiga  5-6  ta  poyezd jo ‘natishni  yoki  soatiga  ikkita 
(har  biri  500  kishidan)  piyodalar  tarkibini  butlash  va  tayyorlashni 
ta’minlaydigan qilib  tashkil etiladi.
Ko‘chiriladigan  aholining yig‘ilish joylari bir vaqtda  baravariga 
kamida bitta poyezdga (kemaga) odamlar chiqishini yoki  baravariga 
bir guruh  odam yig‘ilishini ta’minlaydigan bo‘lishi kerak.
Har  qaysi  ko‘chiriladigan 
aholining  yig‘ilish  joylariga  tartib 
raqami beriladi. Unga iqtisodiyot obyektlari, turarjoydan  foydalanish 
tashkilotlari,  shuningdek,  aholini  transportda  olib  chiqish  va piyoda 
ko‘chiriladiganlaming yo‘llari, tashkil  etiladigan transportga chiqish 
joylari biriktirilib qo‘yiladi.
К о‘chiriladigeuilarning  yig‘ilish  joylarining  shahar,  tuman, 
obyekt  ko‘chirish  hay’atlari  bilan  transportga  chiqish joylari  va 
transport  tashkilotlarining  to‘g‘ridan  to‘g‘ri  aloqasi  ta’minlangan 
bo‘lishi  kerak.  Ko‘chiriladigan  aholining  yig‘ilish  joylari  ishini 
ta’minlash uchun ko‘chiriladigan aholining  yig‘ilish joylari yo‘lga
170


qo‘yiladigan hududiy  ijroiya idoralari, tashkilotlari va muassasalari 
hodimlari hisobidan ishchi apparati tayinlanadi.

Download 9,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish