X. E. Rustamova, M. D. Maxsumov, U. A. Tuymachev fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmati



Download 9,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/157
Sana25.06.2021
Hajmi9,44 Mb.
#101133
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   157
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmati. Rustamova X.E, Maxsumov M.D

Portlashdan keyin 
o ‘tgan vaqti
Radioaktiv darajasi 
(%  hisobida)
Portlashdan 
keyin o'tgan 
vaqti
Radiatsiya
darajasi
(%
hisobida)
1  soat
100
7  soat
10
2 soat
43
10 soat
6
3  soat
27
1  sutka
2
5  soat
15
2 sutka
1
A gar  bomba  havoda  portlatilsa  o ‘sha  atmosfera  radioaktiv 
moddalarni  zararlamaydi.  Chunki  portlash  natijasida  hosil  bo‘Igan 
olovli  shar yer yuzasidan  ancha balandlikda  bo‘ladi.  Bunda asosan 
radioaktiv  moddalar  changidan  iborat  bo‘lgan  kichik  qo‘ziqorinli 
bulut  paydo  boMadi  va  yuqoriga  ko'tarilib  ketadi.  Natijada 
atmosferaning  yuqori  qatlami  -   stratosferaning  zararlanishi  ro‘y 
beradi.  Hosil  b o ig a n   radioaktiv  moddalar  asosan  Stronsiy-90  va 
Seziy-137  uzoq vashovchi  izotoplardan tashkil  topgan.  Bu  izotoplar


uzoq  yillar  mobaynida  juda  ko‘p  joylar  yuzasiga  tushadi.  Ayrim 
vaqtlarda  portlash  ro‘y  bergan  joy  yuzasida  taxminan  800-3000 
metr doirada zararJanish  kuzatilish  mumkin.  Bu  yerdagi  radioaktiv 
zararlanish yer tarkibidagi moddalarning radioaktiv holatga o'tishi 
natijasida hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan zararlanish uzoq.vaqtni tashkil 
qilmaydi, 2-5  soatdan so‘ng butunlay yo‘qolib ketadi.
Yadro  zaryadi  yer  ustida  portlatilganda  olovli  shaming  yerga 
tegishi  tufayli  yer  yuzasining  qatlami  erib  ketadi  va  portlash 
mahsulotlari bilan  qo‘shilgan tuproq zarba to ‘lqini yordamida uzoq 
joylarga  sochilib  ketadi.  Portlash  yuz  bergan  joyda  hosil  bo‘lgan 
yuqoriga  intiluvchi  havo  oqimi  quyun  singari  uyulib  yerdagi 
chang,  qum,  tuproqlarni  yuqoriga  olib  chiqib  ketadi.  U  portlash 
mahsulotlariga aralashib,  qo‘ziqorin  shaklidagi  bulutni  hosil  qiladi. 
Hosil  bo‘lgan  bulut,  shamol  esgan  tomonga  asta-sekin  harakatlanib 
uzoq masofaga tarqaladi.  Buning natijasida ko‘p joylarga radioaktiv 
moddalar  tushadi  va  zararlanish  ro ‘y  beradi.  Radioaktiv  moddalar 
bilan qo‘shilgan bulut o‘tgan joylarda cho'ziq ellipssimon radioaktiv 
«iz» qoladi. Radioaktiv bulut qoldirgan «iz» radioaktiv moddalar izi 
o ‘qidan  qancha  uzoqlashsa,  radiatsiya darajasi  shuncha  kam  bo‘ladi 
va kishiga kam ta’sir etadi.
Yadro  zaryadi  yer  ostida  portlatilganda  havoga juda  ham  ko‘p 
miqdorda  tuproq  otilib  chiqadi  va  katta  chuqurlikni  hosil  qiladi. 
Kuchli  radioaktiv  zararlanish  zonasi  shu  chuqurlikning  ichida  va 
uning  atrofida  hosil  bo‘!adi.  Yer  yuzidan  ko‘tarilgan  chang-tuproq 
shamol  bilan  birga  uchib  boshqa  joylarni  ham  zararlaydi,  lekin 
zararlanish  may don lari  yer  ustida  portiatilgan  bombalar  natijasida 
kelib chiqqan zararli maydonga qaraganda ancha kam bo‘ladi.
Yadro  zaryadi  suv  ostida  portlatilganda 
portlash 
natijasida 
hosil  bo‘lgan 
mahsulotlarning  hammasi  suvda  qoladi,  shuning 
uchun 
portiatilgan  joylardagi  suv  kuchli  darajada  zararlangan 
bo‘Iadi.  Bundan  tashqari,  yuqoriga  ko‘tarilgan  suv  shamol  bilan 
uzoq  joylarga  tarqaladi  va  yomg‘ir  ko‘rinishida  tushib  joylarni,
31


obyektlami  zararlaydi.  Yadro  zaryadi  portlatilganda  suvning 
qattiq  radioaktivlanishi  kuzatiladi.  Suv  tarkibidagi  moddalarning 
sun’iy  ravishda  radioaktivlik  xususiyatga  erishishi  suv  manbasini 
zararlanishiga olib keladi.
Portlash  markazida  hosil  boMgan  radioaktiv  bulut  shamol  esgan 
tomonga harakatqilib, o ‘tgan joylarda cho‘ziq ellipssimon radioaktiv 
«iz»  qoldiradi.  Radioaktiv  «iz»ning  kengligi  uning  uzunligidan  10 
barobar kam  bo‘ladi.  Agar  10  megatonnali termoyadro  bombasi  yer 
ustida portlatilsa  100  R/s  ga ega bo'lgan,  uzunligi  325  km,  kengligi 
50  km 
zararlanish  zonasini  tashkil  qiladi.  0,5  R/s  ga  ega  bo‘lgan 
zonaning uzunligi  1000 km ni tashkil qiladi.
Radioaktiv  moddalarning  yerga  tushish  vaqti  shamol  tezligiga 
bog‘liq bo‘ladi va quyidagi formula bilan aniqlanadi:
To  =  R/V,  bu  yerda To  -   radioaktiv  moddalarning  yerga  tushish 
vaqti, R -  portlash markazidan uzoqlashgan masofa (km hisobida), V -  
shamol tezligi (km/soatda).

Download 9,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish