X. E. Rustamova, M. D. Maxsumov, U. A. Tuymachev fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmati



Download 9,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/157
Sana25.06.2021
Hajmi9,44 Mb.
#101133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   157
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmati. Rustamova X.E, Maxsumov M.D

Yadroviy zararlanish o‘chog‘i
Yadro  quroli  deganda,  qo‘poruvchi  va  shikastlantimvchi  ta’siri 
portlash natijasida atomyadrosining ajratganenergiyasiga asoslangan 
qurol  tushuniladi  (bo‘linish,  sintez  yoki  ikkalasining  ro‘y  berishi 
natijasida  yadro  ichidan  ajralib  chiqqan  energiyadan  foydalanishga 
asoslangan).  Yadro  quroli  zararlovchi  qurollar  orasida  eng  kuchlisi 
hisoblanadi.  Uni  nishonga  olib  borish  uchun  raketa,  aviatsiya  va 
boshqa  vositalar  qo‘llaniladi.  Yadro  quroli  o ‘ta  xavfli  portlaydi. 
Bomba  ma’lum  bir  balandlikdagi  masofaga  yetkazilgandan  so‘ng 
boshqaruv vositasi ishga tushadi, portlovchi modda  porox zaryadlari 
portfashni  chaqiradi.  Portlash  natijasida  hosil  bo‘lgan  kuchlar  uran 
yoki plutoniy yarim sharlarini yaqinlashtiradi va kritik massa vujudga 
keladi, bu zanjir reaksiyasi rivojlanishiga  imkon yaratadi. Portlovchi 
modda o‘z-o‘zidan portlab ketmasligi uchun  ular bir necha qismlarga 
ajratilgan  bo‘lib  bunda  parchalanuvchi  moddaning  kritik  massasi 
qiymatidan  kichik  bo‘lgan  massaga  erishilgan  bo'ladi.  Portlatish 
kerak  bo" Iganda  ajratilgan  kichik  qismlarni  tezlikda  yaqinlashtirish 
kerak,  shuning  uchun  ulaming  atrofida portlatuvchi  modda -   porox 
zaryadi joylashtiriladi. Uran yoki plutoniy yadrolariningparchalanishi 
natijasida  ichki  energiya portlash energiyasi  sifatida ajralib  chiqadi. 
Yadro  quroli  portlagan  vaqtda  ajralib  chiqqan  energiya miqdori  shu
9


qurolning  quw ati  (kuchi)  deb  ataiadi.  Yadro  portlashining  quw ati 
trotil  ekvivalenti  bilan  o ‘Ichanadi.  Trotil  ekvivalenti  deganda 
portlash energiyasi yadroviy zaryad portlashining energiyasiga teng 
bo‘lgai! trotil massasi  (vazni) tushuniladi.
Trotil ekvivalenti tonnada,  kilotonnada (kt) va megatonnada (mt) 
o ‘lchanadi  (bir  tonna  trotil  ekvivalentli  yadro  zaryadining  quw ati 
bir  tonna  trotil  zaryadining  portlash  kuchiga  teng;  bir  kt  -   ming 
tonna trotil zaryadining,  bir mt -  bir million tonna trotil zaryadining 
portlash kuchiga teng).
Yadro qurollari kuch jihatidan shartli ravishda 5-sinfga bo‘linadi: 
eng  kichik -   Ikt  gacha;  kichik -   i —15  kt  gacha,  o ‘rta -   15-100  kt 
gacha, yirik -   100-500 kt gacha va o‘ta yirik -  500 kt dan ziyod.
Bo‘linuvchi  moddalar  massasining  qiymati  kritik  massa  deb 
ataiadi.  Uran-235  izotopining kritik massasi 9 kg ga teng.
Yadro  aslahalarini  nishonga  eltuvchi  moslamalariga  havoda,  suv 
tagida  va  suv  ustida  harakatlanuvchan  raketalar,  maxsus  moslamali 
samolyotlar,  artilleriya  va  boshqalar  kiradi,  Masalan,  AQSHning 
qurolli  kuchlari  tarkibida  qit’alararo  ballistik  raketalar:  «Titan», 
«Minitmen-2»,  «Minitmen-З»,  «Pershing-2»  va  boshqalarni  misol 
qilib ko‘rsatish mumkin.
Hozirgi  davrda  Pentagonda  yangi  turdagi,  yadro  zaryadiga  ega 
boTgan  raketalarni  bunyod  etish,  nishonga  adashmay  uradigan 
turlarini yaratish ishlari keng miqyosda olib borilmoqda. Raketalarni 
olib  yuruvchi  suv  osti  atom  kemalar  «Polaris  А-3»,  «Poseydon
S-3», «Traydent»  kabi  strategik ballistik raketalar bilan qurollangan. 
«Polaris А-3», «Lafeyeb» tizimidagi suv osti kemalarining suv sig'imi 
8250 t, uzunligi  129,5  m bo‘lib, u «Poseydon С-3»  raketalari o ‘rniga 
16 ta ishga tushirish quriltnasiga ega bo‘lgan «Traydent-1»  raketalari 
bilan qayta qurollantirilgan. Yangi suv osti atom kemalari «Traydent»- 
«Ogayor»ning uzunligi  170,7 m, suv sig‘imi  18700 t bo‘lib, o'zining 
jangovar  imkoniyatlariga ko‘ra  «Polaris»  va  «Poseydon»  raketalari 
bilan jihozlangan suv osti kemalaridan sezilarli darajada ustun bo‘ lgan
10


24 ta «Traydent-I» (C-4) raketalari bilan qurollangan. Keyingi paytda 
AQSH armiyasida yana ham quw atli, nishonga urush aniqligi yuqori 
bo‘lgan suv usti kemaiari yaratilib,  ular «Tomaxok»  rusumli qanotii 
raketalar  bilan  qurollantirilgan.  Bu  xildagi  raketalarning  nishonga 
urish masofasi 600 km gacha bo‘lib, kelajakda bu ko‘rsatkichni 3700 
km ga yetkazish rejalashtirilgan.
Qurolni  nishonga  eltuvchi  vositalardan  yana  biri  o ‘rtacha  va 
og‘ir  bombardimonchi  strategik  aviatsiyadir.  Ular  og‘ir  va  o'rtacha 
ogirlikdagi  portlovchi  raketalar  bilan  qurollantirilgan.  Bu  turdagi 
samolyotlarga:  «Stratofortress  V-52»  hamda  «V-Ь»,  «FV-SH» 
(AQSH),  «Vulkan-V2»  (Buyuk  Britaniya),  «Miraj  IV»  (Fransiya) 
kiradi.Ushbu portlatuvchan samolyotlar yordamida nishonni aviatsiya 
bombasi,  raketa snaryadlari  va yadro  zaryadi,  kimyoviy  va biologik 
qurollar  bilan  qurollangan  raketalar  orqali  yo‘q  qiiish  mumkin. 
Masalan,  «Xaund-Dog»  snaryadi  bilan  1100 km gacha, «SREM»  va 
«Blyu-Stil»  bilan 320 km, qanotii raketa «ALSM-V» orqali esa 2600 
km dagi nishonga zarar yetkazish va jarohatlash mumkin1.
Term oyadro 
quroli 
(vodorod 
bombasi), 
tuzilishi 
atom 
bombasining  tuzilishidan  farq  qilmaydi,  faqat  uning  tarkibiga 
termoyadro zaryadi va tabiiy uran - 238 kiritilgan.
Termoyadro bombasi uch bosqichda portlaydi:
Parchalanish - sintez - parchalanish. Vodorod bombasi tarkibiga 
yana deyteriy va tritiy (og‘ ir va juda og£ ir vodorod) kiritilgan. Deyteriy 
va  tritiy  qattiq  qisilgan  va  suyuq  holatda  bo‘ladi.  Bu  qurolda  atom 
bombasi portlanuvchi yoki «detonator» bo‘lib xizmat qiladi. Vodorod 
bombasi  portlatilganda juda ko‘p  energiya ajralib  chiqadi.  Vodorod 
bombasining  kritik  massasi  yo‘q.  Demak,  bomba  cheklanmagan 
miqdorda  katta  bo‘la  oladi  yoki  vodorod  bombaga  cheklanmagan 
miqdorda vodorod yonilg‘isini kiritish mumkin.
Neytroa  bomba.  N euron  bomba  yadro  qurolining  uchinchi 
avlodiga  mansub  portlash  kuchi  ancha  kuchsiz  b o iib   hisoblanadi.

Download 9,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish