boshladi. Sey qonuni klassiklar o‗rtasida to‗g‗ri, deb E‘tirof etilgan va
taklifini yuzaga keltirish g‗oyasini ilgari suradi va o‗zining samarali
va yalpi mahsulot (bandlik) o‗rtasidagi nisbatni aks ettiradi. Bu nisbat
234
o‗zgaruvchan bo‗ladi. Shuning uchun yalpi mahsulot, bandlik
dinamikasi yalpi talab omillariga bog‗liq bo‗ladi.
Yalpi talab bu iste‘mol talabi va investitsiya talabini (ishlab
chiqarish vositalariga bo‗lgan talab) o‗z ichiga oladigan talab
hisoblanadi. J.M.Keyns bo‗yicha ish bilan bandlik va milliy daromad
ishlab chiqarish, uning dinamikasi taklif omillari (ishlatilayotgan
mehnat, kapital miqdori, ularning unumdorligi) bilan emas, balki talab
omillari bilan aniqlanadi. U o‗z tadqiqoti markaziga talab muammosini
qo‗yadi. Uning bu nazariyasi samarali talab nazariyasi, deyiladi.
Yalpi talab iste‘molchilar, korxonalar, hukumat sotib olishga rozi
bo‗lgan milliy ishlab chiqarishning real hajmi bilan narxlar darajasi
o‗rtasidagi bog‗liqlikni ifodalaydi. Bu to‗lovga qobil talab bilan
ta‘minlangan tovar va xizmatlar summasi. Narxlar bilan milliy mahsulot
ishlab chiqarish o‗rtasida teskari bog‗liqlik mavjud.
Yalpi taklif va yalpi talab kesishgan nuqta narx darajasining
muvozanatlashganligini, milliy ishlab chiqarish real hajmining
muvozanatlashganini bildiradi, shuningdek, bandlik darajasini tavsiflab
beradi. J.M.Keyns uni samarali talab nuqtasi, deb atadi. Samarali talab
bu – bandlik darajasini ifodalovchi yalpi to‗lovga qodir talab.
Bu yerda yalpi talabni qanday rag‗batlantirish asosiy muammo
hisoblanadi. J.M.Keyns XX asrning 30-yillari ko‗pchilik mamlakatlarda
yalpi talabning (iste‘mol talabi ham, investitsiya talabi ham) samarali
bo‗lmaganligini asoslab berdi:
a) iste‘molga bo‗lgan talabning yetarli darajada samarali
bo‗lmasligiga asosiy sabab ish haqi oshganda kishilar iste‘molining
oshib borishi pul daromadining o‗sish sur‘atidan doimo orqada qoladi,
bu holat ―asosiy psixologik qonun‖ning amal qilishi bilan bog‗lab
tushuntiriladi, bu qonunga ko„ra inson daromadlari oshib borganda
oldingiga qaraganda daromadlarning ko„proq qismi jamg„arib boriladi;
b) investitsiyaga bo‗lgan talab ikkita sababga ko‗ra samarali
bo‗lmagan:
– o‗sha ―asosiy psixologik qonunning‖ amal qilishi tufayli
iste‘molchining sarflagan investitsiyasiga foyda ololmay qolishdan
qo‗rqishi;
– kredit uchun yuqori ssuda foizining amal qilishi.
J.Keyns yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish uchun davlat va
hukumatning quyidagi faoliyat yo‗nalishlarini taklif qiladi:
– davlat uncha yuqori bo‗lmagan iste‘mol talabini davlat
hujjatlarini va iste‘molini ko‗paytirish orqali konpensatsiyalashi kerak;
235
– hukumat ssuda foizini ilmiy asosda tartibga solish yo‗li bilan
xususiy investitsiyani rag‗batlantirish siyosatini yuritishi kerak;
– bozordagi vaziyatga qarab ayrim hollarda, aholi jamg‗armasining
haddan tashqari ko‗payib ketishiga yo‗l qo‗ymaslik maqsadida aholidan
olinadigan soliqlarni ko‗paytirish zarur, shu maqsadda vaqti-vaqti bilan
ish haqi darajasini muzlatib qo‗yish o‗rinli hisoblanadi;
–
makroiqtisodiy
darajada
qaror
qabul
qilishda
Do'stlaringiz bilan baham: