216
X BOB. KEYNS VA KEYNSCHILIK TA‟LIMOTI
10.1. Keyns makroiqtisodiyoti
Keynschilik iqtisodiyoti atamasi o‗z davrida
muhim
iqtisodchi
olimlardan
biri
bo‗lmish
J.N.Keynsning otasi Jon Meynard Keyns nomi bilan
bog‗liq. O‗g‗ilning tezlik bilan erishgan yutuqlari
otasining erishgan yutuqlaridan kam bo‗lmadi,
albatta. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixini o‗rganish
J.M.Keynsning hayoti ko‗p tomonlama J.S.Mill
hayotiga o‗xshab ketganligidan dalolat beradi. Bu
har ikkala iqtisodchining otalari ham o‗z davrining bilimli iqtisodchi
olimlari bilan zamondosh bo‗lishgan: Jeyms Mill David Rikardoning,
J.N.Keyns esa Alfred Marshallning do‗stlari sanalgan. Ikkala iqtisodchi
Mill va Keyns o‗z otalari iqtisodiyotining siyosiy tub ma‘nosini rad
etishgan va yangi yo‗nalishlarni keltirib o‗tganlar. Ammo shu yerga
kelganda o‗xshashliklar tugallanadi, J.S.Mill o‗z otasi va Rikardo
qarashlarining nazariy asoslari bilan to‗liq munosabatda bo‗la
olmaganligi sababli oxir-oqibat klassik va neoklassik nazariyalar
o‗rtasida o‗zaro murosa yo‗lini tanladi. Keyns o‗tmishdagi qarashlariga,
ya‘ni Rikardo, J.S.Mill va Marshall tomonidan murakkab izohlar bilan
qoldirilgan davlatning aralashmaslik siyosati an‘analari bilan boyitilgan
g‗oyalariga qarshi chiqdi. Keyns Marshallning asosiy qisqacha tenglik
tahlili bilan tanishib chiqqan bo‗lishiga qaramasdan, u iqtisodiy hamda
siyosiy nazariyalarga anchagina ta‘sir eta olgan umumiy iqtisodiyotni
shakllantirishda zamonaviy sanaluvchi siyosiy tuzilmalarni ishlab
chiqdi. Keyns iqtisodiy bilimlari 20-asr iqtisodchisining sayoz
bilimlariga hech mos kelmas edi. Ba‘zi joylarda u iqtisodiy nazariyani
o‗rganish uchun kam vaqt sarflagani va o‗z manfaatlarini ancha keng
yoyganligi uchun tanqidga uchragan. Kembrij universiteti talabasi
sifatida u o‗z keng qamrovli ishtiyoqini namoyon etdi; shundan kelib
chiqib, u havaskor sifatida tan olindi. Ta‘limi nihoyasiga yetgach,
Kembrijga qaytguncha yana ikki yil mobaynida Britaniya hukumatining
Hindiston ofisiga fuqarolarga xizmat ko‗rsatuvchi xodim sifatida ishga
qabul qilindi. U akademik darajasiga erisha olmadi. Uning iqtisodiy
siyosatga bo‗lgan cheksiz qiziqishlari umri mobaynida ko‗plab hukumat
J.M.Keyns
217
tashkilotlarida ish olib borishiga imkon yaratib berdi. U Qirollik
kollejida xazinabon sifatida hamda o‗z shaxsiy hayotida biznes
masalalari bo‗yicha faol ishtirokchi bo‗ldi va uning biznesga bo‗lgan
qobiliyati 1920-yillarda bankrotlik holatiga yaqin kelgan paytidagi sof
boylik darajasi 1946-yil umrining oxirlarida 2 million dollarga ortganligi
bilan izohlanadi. Keynsning teatr sohasi, adabiyot va baletga qiziqishi
yuqori bo‗lgan u balerinaga uylangan. Keyns Kliv Bel, Ye.M.Forster,
Lyutton Strachey va Virginiya Volf singari taniqli shaxslarni o‗z ichiga
olgan Blumberri guruhi, deb nom qozongan London intellektuallari
guruhiga a‘zo bo‗lgan. Uning ajoyib qobiliyati unga bitiruvchi sifatida
matematika sohasining bilimdoni bo‗lishida, ehtimollar narariyasi
to‗g‗risida kitob yaratishida, e
ssays in Persuasion and essays in
Biography (
Biografiya va e‟tiqodga oid ocherklarlar) nomli ikki
kitobiga jamlangan e
conomic Consequyences of the Peace (
Tinchlikning
iqtisodiy natijalari) hamda ocherklari kabi adabiy durdonalaridan o‗rin
olgan qudratli hamda ta‘sirchan nasr ijodkori bo‗lib yetishishida
ko‗makdosh bo‗ldi.
Keynsning muhim iqtisodchi bo‗lib yetishishida uning siyosat
tomon yo‗nalgan ishlari asosiy o‗rinni egalladi. U Britaniya g‗azna
bo‗limining vakili sifatida Versal tinchlik shartnomasida ishtirok etdi,
ammo 1919-yilga kelib, u o‗z vakolatidan ozod etildi. U 1919-yilda
nashrdan chiqqan o‗zining e
conomic Consequyences of the Peace
(
Tinchlikninig iqtisodiy natijalari) nomli asarida shartnoma shartlariga
tanqid ko‗zi bilan qaraganligi tufayli xalqaro miqyosda olqishlarga
sabab bo‗lgan. 1940-yil u
How to Pay for the War (
Urushga qancha
mablag„ to„lanadi) nomli asarini yozdi va 1943-yil 2-jahon urushidan
keyingi ta‘sir doirasiga ega bo‗lgan xalqaro monetar hukumat uchun
Keyns Rejasi nomli takliflarini keltirib o‗tdi. Bretton Vuds
shartnomasini imzolashda Britaniya delegatsiyasining boshlig‗i sifatida
Xalqaro valyuta fondi hamda Jahon banki kabi tashkilotlarning
shakllanishida jonbozlik ko‗rsatdi. Ammo uning siyosat hamda
nazariyaga qo‗shgan eng muhim hissalari zamonaviy makroiqtisodiyotni
yaratishga
va
endilikda
shakllanib
kelayotgan
bir
necha
makroiqtisodiyot asoslarini o‗rganishga xizmat qiluvchi
The General
Theory (
Umumiylik nazariyasi) (1936) nomli kitobida o‗z aksini topgan.
Pol Samuyelson keynschilik davri iqtisodiyotiga o‗z e‘tiborini qaratib,
uning muhimligini anglaydi va quyidagilarni keltirib o‗tadi:
―Umumiylik nazariyasi Janubiy dengiz orolida yashaydigan bir-biridan
ajralgan qabila a‘zolariga hujum qiluvchi va xarob etuvchi kasallikning
218
kutilmagan xavfli belgilari ko‗pchilik iqtisodchilarning 35 yoshdan
pastkilarida uchrashini nazarda tutadi.
34