Keynschilik siyosati
Keynschilik iqtisodiyoti bahs-munozaralar siyosatiga aloqador
bo‗lib, o‗zida faollar siyosatiga bo‗lgan ehtiyojni ham mujassam etgan
modelni yaratdi. Bu modelda umumiy talab iqtisoddagi daromadlar
darajasini nazorat qilar edi, hukumat esa umumiy talabni monetar va
moliyaviy siyosat orqali nazorat qilib borishi lozim edi.
1950-1960-yillarda keynschilik siyosati monetar va moliyaviy
siyosat orqali aniq sozlama vazifasini o‗tay boshladi. Abba Lerner
(1903-1982) keynschilik tahlilini aniq sozlama darajasiga ko‗tarishda
katta hissa qo‗shgan shaxs sanaladi. Lerner o‗zining economics of
Control (Nazorat iqtisodiyoti)(1944) kitobida hukumat barqarorlikni
saqlash yoki moliyaviy (doim byudjet balansini saqlash) siyosat ortidan
bormasdan, olib borilgan siyosatning o‗zini emas, balki uning natijasini
inobatga oluvchi funksional moliya siyosatini olib borishi kerak, degan
fikrni ta‘kidlab o‗tadi.
Funksional moliya hukumatga iqtisodni ―boshqarish‖ imkonini
beradi, metaforik tarzda aytganda monetar va moliyaviy siyosatni
hukumatning boshqaruv roli, deb tasvirlash mumkin. Lerner fikricha,
hukumat moliyaviy va monetar siyosatdan o‗zining makroiqtisodiy
maqsadlariga,
ya‘ni yuqori darajadagi bandlikka, narxlardagi
barqarorlikka va yuqori iqtisodiy o‗sish ko‗rsatkichlariga erishish uchun
foydalanishi lozim. Defitsit hajmi butunlay nomutanosib edi: agar
ishsizlik paydo bo‗lsa, hukumat defitsit va pul yetkazib berishni
oshirishi lozim bo‗lar, inflyatsiya kelib chiqqanda esa hukumat bu
ishning teskarisini amalga oshirishi lozim bo‗lar edi.
Lernerning ―keynschilik‖ qarashlariga nisbatan bunday zaif iddaosi
ko‗pchilik keynschilarning izzat-nafsiga tegdi va ular o‗rtasida kuchli
bahs
va
munozaralarni
keltirib
chiqardi,
hattoki,
Keynsni
223
keynschilikizmdan voz kechishiga olib keldi.
37
O‗sha davrlardagi mash-
hur keynschilik haqida Yevsey Domar shunday degan edi: ―hattoki,
keynschilar Lernerning defitsit asosiy muammo emas, degan fikrini
eshitib, cho‗chib ketishdi va u buni ba‘zi hollarda noto‗g‗ri ta‘kidlagan,
degan fikrni ilgari surishdi.‖
38
Lekin tez orada Keyns o‗z fikridan qaytdi
va Lerner iqtisodiyot sohasida ko‗p ishlarni amalga oshirgani va
keynschilik iqtisodiy siyosati funksional moliya bilan tenglashishidan
oldin Lerner bu ishlarni amalga oshirganini inobatga olib Keyns uning
fikriga qo‗shildi. Monetar va moliyaviy siyosatlar siyosiy ommaning
e‘tiborini ko‗proq o‗ziga jalb qila olar edi. Ko‗pchilik iqtisodchilar va
boshqalar Depressiya hukumat iqtisodiyotni boshqarishida kattaroq rol
o‗ynashi kerakligini isbotlab berdi, deb ishonishar edi.
Monetar va moliyaviy siyosat esa o‗sha rolni minimal darajada
saqlab turar edi. Bozorlarga avvalgidek erkin faoliyat olib borishlariga
imkon berilar edi. Hukumat sarmoyaning darajasini bevosita belgilamas,
u shunchaki byudjet defitsiti yoki qoldig‗i siyosatini olib borish orqali
umumiy daromadga bilvosita ta‘sir o‗tkazishi mumkin edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |