Pedagogik mahorat - pedagogik jarayonni bilish, uni tashkil eta olish, harakatga keltira olish (A.S. Makarenko), pedagogik jarayonning yuqori samaradorligini belgilovchi shaxsning ish sifati va xususiyatlari sintezi.
Pedagogik muloqot - ta`lim oluvchilarning maqsadlari hamda ularning birgalikdagi faoliyatlari mazmunidan kelib chiqadigan o`zaro aloqalarni o`rnatish va rivojlantirishni, bir-birini anglash va qo`llab-quvvatlashni tashkil etishning ko`p qirrali jarayoni.
Pedagogik takt - shaxslar faoliyatinish turli doiralarida ular bilan muloqotda bo`lishning pedagogik tamoyili, o`lchovi, talabalar bilan ularning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda to`g`ri muloqotda bo`la olish malakasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |