Pedagogik texnika– 1) har bir ta`lim oluvchiga va jamoaga pedagogik ta`sir o`tkazishning samarali qo`llash uchun zarur bo`lgan malaka va ko`nikmalar majmuasi;
2) har bir ta`lim oluvchi va jamoaning faolligini pedagogik jihatdan ta`minlash uchun zarur bo`lgan malaka va ko`nikmalar.
Pedagogik tizim - shaxsni rivojlantirish va yaxlit pedagogik jarayonni birlashtirgan ta`limning o`zaro bog`langan tashkiliy to`zilmasi.
Pedagogik faoliyat - ta`lim maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan ijtimoiy faoliyatning alohida turi.
Pedagogik uyin - bilim olishga qaratilgan va ma`lum bir pedagogik natijani ko`zlagan hamda ta`lim jarayonida muayyan maqsadni amalga oshiruvchi faoliyat turi.