Ўзбекистон республикаси олий ва


Komil inson tarbiyasi tamoyillari



Download 2,43 Mb.
bet108/308
Sana25.09.2021
Hajmi2,43 Mb.
#184821
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   308
Bog'liq
Ахмедова Малохат Педгогика Психология

Komil inson tarbiyasi tamoyillari.

Tarbiya tamoyillari. Tarbiya mazmunida oldinga qo'yilgan maqsad va vazifalarga muvofiq talabalar tomonidan o'zlashtirilishi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar, shaxs xulq-atvori hamda sifatlari mohiyati aks etadi. Tarbiya mazmuni shaxsning shakllanishiga qo'yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat bo'lib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, kishilik munosabatlari mohiyati va darajasi, shuningdek, jamiyat mafkurasi g'oyalari asosda belgilanadi. Tarbiya qonuniyatlari. Ijtimoiy tarbiya maqsadi hamda vazifalarini amalga oshirish uchun tarbiya jarayonining o'ziga xos qonuniyatlarini anglab olish muhim ahamiyatga ega. Tarbiya jarayoni o'ziga xos xususiyatlarga ega. Uning eng muhim xususiyati aniq maqsadga yo'naltirilganligidir.

Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni o`qituvchi va talabalar o'rtasidagi muayyan maqsadga erishishga qaratilgan samarali hamkorlik demakdir. Zero, tarbiya jarayonida o'qituvchi va talabalarning birgalikdagi faoliyatlari tashkil etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi. Yagona maqsadga erishish yo'li zamonaviy tarbiya jarayonining maqsadini tavsiflaydi.

Tarbiya jarayoni ko'p qirrali jarayon bo'lib, unda tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashkil (sub'ektiv va ob'ektiv) omillar ko'zga tashlanadi. Sub'ektiv omillar shaxsning ichiki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlari mazmunini anglashga yordam bersa, ob'ektiv omillar shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarni ijobiy hal etish uchun sharoit yaratadi. Tarbiya faoliyatining mazmuni, yo'nalishi va shakli obektiv sharoitlar bilan qanchalik mutanosib kelsa, shaxsni shakllantirish borasida shunday muvaffaqiyatga erishiladi. Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va boshqarilishida nafaqat o'qituvchi faoliyati, balki talabaning yosh va psixologik shaxsiy xususiyatlari, o'y-fikrlari, hayotiy qarashlari ham muhim o'rin tutadi.

Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning uzluksizligi sanaladi. Ta'lim muassasasida olib borilayotgan tarbiya jarayoni bu — o'qituvchi va talabalarning birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir. Talabalarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo'naltirilgan, bir-birini to'ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi faoliyat alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois oila, ta'lim muassasalari, jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarning uzluksiz o'tkazilishiga erishish maqsadga muvofiqdir. Talabalarga nisbatan ta'lim muassasasining ta'sirini susaytirmaslik maqsadida guruhdan, tashqarida va ta'til davrida ham tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga alohida e'tibor beriladi. Ana shu maqsadda bir qator tarbiyaviy ishlar olib boriladi.

Ayni vaqtida respublikada talabalarning ta'lim muassasalaridan uzoqlashtirmaslik maqsadida qo'shimcha ta'lim muassasalari faoliyat olib bormoqda. qo'shimcha ta'lim muassasalarida talabalar xususiy fanlar hamda xorijiy tillarni mukammal o'zlashtirishlari, texnik va badiiy yo'nalishlar bo'yicha bilim olishlari, amaliy faoliyat ko'nikma va malakalariga ega bo'lishlari mumkin. qo'shimcha ta'lim muassasalarida tashkil etilayotgan turli yo'nalish va mavzulardagi uchravshuvlar, ko'rgazmalar, ko'riklar, suhbatlar talabalarning tafakkurini boyitishda, ularda mustahkam xarakter va irodani tarkib toptirishda muhim o'rin tutmoqda.

Tarbiya jarayonining yaxlitlik, tizimlilik xususiyati bir qator muhim pedagogik talablarga amal qilish, o'qituvchi va talabalar o'rtasidagi hamkorlikni qaror toptirishni talab etadi. Tarbiyaning yana bir xususiyati shundan iboratki, bu jarayon ikki tomonlama aloqa xususiyatiga ega bo'lib, unda talabaning o'zi ham faol ishtirok etadi. Ikki tomonlama aloqa ikki yo'nalishda, ya'ni, o'qituvchining talabaga ko'rsatadigan ta'siri (to'g'ri aloqa) hamda talabaning o'qituvchiga nisbatan munosabati (teskari aloqa) tarzida tashkil etiladi.

Tarbiyaning pedagogik texnologiya nazariyasi g'oyasiga muvofiq, endilikda talaba tarbiya jarayonining ob'ektigina bo'lib qolmasdan, sub'ekti sifatida ham faoliyat ko'rsatadi. Shuning uchun o'qituvchi talabaning ichki imkoniyatlari, unga nisbatan bo'layotgan tashqi ta'sirlar va axborot manbalarini inobatga olishi zarur. Agarda mazkur talab unutilsa, shaxsni tarbiyalash qiyinlashadi yoki barcha urinishlr samarasiz yakun topadi. Mana shundan tarbiya jarayonining yana bir xususiyati - tarbiyada qarama-qarshilikning mavjudligi kelib chiqadi. Ushbu qaram-qarshiliklar talabalarga o'z tushunchalariga muvofiq paydo bo'lgan dastlabki sifatlar o'rtasida yoki talabalarga qo'yiladigan talablar bilan ularni bajarish imkoniyatlari o'rtasidagi ziddiyatlarning kelib chiqishi uchun zaminyaratadi.

Yuqorida bayon etilgan fikr-mulohazalarga tayangan holda mavzuga quyidgicha xulosa qilish mumkin:

1. Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o'stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni bo'lib, har qanday tuzum va zamonda ijtimoiy munosabatlar mazmunini aniqlash, ularni tashkil etish asosi bo'lib kelgan.

2. Yosh avlod tarbiyasi turli makon va zamonda muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Ijtimoiy tarbiyani yo'lga qo'yish jarayonida bir qator vazifalar hal etiladi. Tarbiyaning maqsad va vazifalari ijtimoiy tuzum mohiyati, taraqqiyot darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek, jamiyat fuqarolarining dunyoqarashi, intilishlari, orzu-niyatlari asosida belgilanadi.

3. Tarbiya jarayonining xususiyatlarini chuqur anglash va ularni inobatga olgan holda tarbiyani tashkil etish oldinga qo'yilgan maqsadga erishish, shuningdek, bu boradagi vazifalarni ijobiy hal etish imkonini beradi.




Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish