Tarbiya mazmuni
Ijtimoiy tarbiya maqsadi hamda va vazifalarni amalga oshirish uchun tarbiya jarayonining xususiyatlarini anglab olishi muhim ahamiyatga ega. Barkamol shaxsning umumiy xislatlarini quyidagi shaklda izohlashni maqsadga muvafiq deb bildik.
Komil inson qiyofasi
O'z – o'zini tarbiyalash va qayta tarbiyalash haqida tushunchalar. Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshirilib, uning tarkibi qismlari ayni bir vaqtda, faoliyatning biror turi asosida namoyon bo'ladi. Umumiy pedagogika jarayonida tarbiya muhim o'rin tutadi. Shaxsni shakllantirish, boshqarish, nazorat xarakteriga ega bo'lib, bu borada belgilangan vazifalar tasodifiy harakatlar orqali emas, balki oldinda belgilangan va puxta o'ylangan rejalar asosida hal etib boriladi. Tarbiya jarayonida uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning o'zini-o'zi tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim o'rin tutadi. Tarbiya mazmuni ijtimoiy tuzum buyurtmasi asosida belgilanib, uning amalga oshishi uchun ma'lum shart-sharoitlarning mavjudligi talab etiladi.
Tarbiya jarayoiining natijasi. Tarbiyaning natijasi yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tarbiyalashdir. Bu jarayon ikki tomonlama bo'lib, uyushtirish va rahbarlik, shuningdek, talaba shaxsining o'zi tomonidan faollik ko'rsatilishini taqozo etadi. Bu jarayonda pedagog yetakchi rol o'ynaydi. Chunki u ijtimoiy tarbiyaning umumiy maqsadlari mohiyatini tushunadi, maqsad yo'lida amalga oshiriladigan vazifalar tizimidan yaxshi xabardor, tarbiya shakl, metod va vositalarini asosli, ilmiy tarzda tanlab oladi va tarbiya jarayoniga tatbiq etiladi.
Tarbiya jarayonining mohiyatini tarbiyaga har tomonlama yondashish bilan muvaffaqiyatli tarzda, ilmity tahlil qilish mumkin. Shaxs tarbiyaning natijasi sifatida shakllanadigan ijtimoiy mavjudotdir. Shaxsning ko'pdan-ko'p xislatlari bir-biridan ajratilgan emas, balki o'zaro mustahkam og'langan. Tarbiya jarayonida talaba shaxsiyati yaxlit ravishda rivojlanadi.
Har tomonlama yetuk shaxsni tarbiyalash unga izchil ravishda aqliy, g'oyaviy-siyosiy, axloqiy, mehnat, estetik, jismoniy, ekologik, iqtisodiy hamda huquqiy tarbiya berish, talabalarning ongi, xulq-atvori va faoliyatining birligi, shuningdek, tarbiya jarayonini tashkil etishning yakka, guruhli va ommaviy shakllarini qo'shib olib borilishini ta'minlaydigan pedagogik tizimlarni vujudga keltirish va bu tizim g'oyalariga amal qilishni talab etadi.
Ijtimoiy tarbiya jarayoni shaxsning ijtimoiy fazilatlarini shakllantirish, uning atrof-tevarak, jamityat, odamlar hamda o'ziga nisbatan munosabatlari doirasini vujudga keltirish va uni kengaytirishga qaratilgan. Shaxs ishtirok etadigan ijtimoiy munosabatlar tizimi qanchalik keng, xilma-xil va chuqur bo'lsa, uning ma'naviy dunyosi shunchalik boy bo'ladi.
O'z tabiatiga ko'ra tarbiya jarayoni ko'p omilli xarakterga ega. Ya'ni, talaba shaxsining qaror topishi oila, ta'lim muassasasi, jamoatchilik, ijtimoiy muhit, shuningdek, vaziyatlar xilma-xilligi, bevosita va bilvosita ta'sirlar ostida ro'y beradi.
Tarbiya jarayonining natijalari odatda bir xil xarakterda bo'lmaydi. Bu narsa talabaning psixologik (individual, tipologik), fiziologik va jismoniy xususiyatlari, ularning hayotiy va ma'naviy tajribasi, shaxsiy pozitsiyasiga bog'liq. O'zini o'zi tarbiyalash shaxsni o'zida ijtimoiy qadrga ega bo'lgan fazilatlarni hosil qilish va takomillashtirishga hamda salbiy xislatlarni bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyat sifatida ta'riflanadi.
O'z-o'zini qayta tarbiyalash shaxsning o'zidagi salbiy odatlar, xarakteridagi zararli sifatlarni yo'qotish, ularni bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyati jarayonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |