Ўзбекистон республикаси олий ва



Download 2,43 Mb.
bet106/308
Sana25.09.2021
Hajmi2,43 Mb.
#184821
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   308
Bog'liq
Ахмедова Малохат Педгогика Психология

Komil insonni tarbiyalashning maqsad va vazifalari.

Tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanishi, yo'nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi komil shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iboratdir. Chunki, kadrlar tayyorlash milliy modelimizning bosh muddaosi komil inson va yetuk malakali mutaxassis tayyorlashdan iborat bo'lib, u O'zbekistonning xalqaro andozalaridagi zamonaviy taraqqiyotini ta'minlay oladigan dadil, mustaqil fikr yuritadigan, tafakkurli, malakali, bilimli mutaxassis, ayni paytda ichki insoniy sifatlari barq urib kamolatga yetgan kadrlarni tayyorlashni ko'zlaydi. Mazkur maqsadni amalga oshiruvchi asosiy omillardan biri tarbiya jarayonidir. Tarbiya jarayonining natijasi barkamol shaxsni shakllantirishdir. Bu jarayon ikki tamonlama bo'lib, uyushtirish va rahbarlikni, shunindek, talaba shaxsining o'zi tomonidan faollik ko'rsatishini taqazo etadi. Bu jarayonda pedagog yetakchi vazifani bajaradi. Chunki u ijtimoiy tarbiyaning umumiy maqsadlari mohiyatini tushunadi, maqsad yo'lida amalga oshiriladigan vazifalar tizimidan yaxshi xabardor, tarbiya shakllari, metodlari va vositalarini asosli, ilmiy tarzda tanlab oladi va tarbiya jarayoniga tadbiq etadi. Tarbiya jarayonining mohiyatini tarbiyaga har tamonlama yondoshish bilan muvaffaqiyatli tarzda ilmiy tahlil qilish mumkin. Shaxsning ko'pdan-ko'p xislatlari bir – biridan ajiratilgan emas, balki o'zaro mustahkam bog'langan. Tarbiya jarayonida shaxsning xarakter va xususiyatlari yaxlit ravishda rivojlanadi. Shaxs o'sib va rivojlanib borgan sari tarbiya vazifalari murakkablashib, chuqurlashib, tabaqalashib boradi.

Yaxlit yondoshish ob'ektiv rivashda aqliy, g'oyaviy, mafkuraviy , axloqiy, mehnat, estetik, jismoniy, ekologik, iqtisodiy hamda huquqiy tarbiya birligini talabalarning ongi, xulq – atvori bilan qo'shib olib borilishini ta'minlaydigan pedagogik jarayonini vujudga keltirishini va bu jarayonlar talablariga amal qilishni taqazo etadi. Tarbiya jarayoni shaxsning ijtimoiy fazilatlarini shakllantirishga, uning atrof – tevarakka, jamiyatga, odamlarga, o'ziga nisbatan munosabatlar doirasini vujudga keltirishga, kengaytirishga qaratilgan, shaxs ishtirok etadigan ijtimoiy munosabatlar tizimi qanchalik keng, xilma – xil bo'lsa, uning ma'naviy dunyosi shunchalik boyib boradi.Tarbiya jarayonining natijalari, otatda, bir xil tavsifda bo'lmaydi. Bu narsa talabalarning psixologik (individual - tipologik), fiziologik va jismoniy xususiyatlariga, ularning hayoti va ma'naviy qiyofasiga, shaxsiy fazilatiga bog'liq.

Tarbiya jarayoni, odatda, o'z – o'zini tarbiyalash, o'z – o'zini qayta tarbiyalash, shaxsning atrof – muhitdagi u yoki bu hodisalar bilan salbiy aloqasi natijasida vujudga keladigan munosabatlar va shaxs xususiyatlarini shakllantirish bilan qo'shib olib boriladi. O'z – o'zini tarbiyalash shaxsning o'zida ijtimoiy qadriga ega bo'lgan fazilatlarni hosil qilish va takomillashtirishga hamda salbiy xislatlarni bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyat sifatida ta'riflanadi.

Tarbiyani tashkil etish jarayonida bir qator vazifalar ijtimoiy tarbiya maqsadidan kelib chiqib belgilanadi. Mustaqil O'zbekiston respublikasida yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishda quyidagi vazifalarni hal etish muhim ahamiyat kasb etadi.

a) yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ularda keng dunyoqarashni tarkib toptirish, o'z shaxsiy turmushiga maqsadli yondoshish, reja va amal birligi hissini uyg'otish;

b) talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlardan ogoh etish, chuqur bilimga, tafakkurga ega yoshlarni tarbiyalash malakalarini tobora boyitish;

v) umuminsoniy axloq me'yorlarini anglashni (odamiylik, kamtarlik, o'zaro yordam, mehr – muxabbat, muruvvat, adolatni yoqlash axloqsizlikka qarshi nafrat va hakozalar), muomala odobi, yuksak madaniyatni talabalarda qaror toptirishga erishish;

g) huquqiy va axloqiy me'yorlarga hurmat ruhida yondoshish, talabalarda fuqorolik tuyg'usini, ijtimoiy burchga mas'ullikni qaror toptirish;

d) tarbiyani muhofaza qilish, ekologik muvozanatni yuzaga keltirish borasidagi mas'ulyatni tarkib toptirish;

e) vatanparvarlik va baynalminallik tuyg'usini shakllantirish, o'zga millat qarashlariga hurmati, huquq va burchlarni kamsitmaslik tuyg'usini qaror toptirish;



z) mustaqil davlat – O'zbekiston respublikasining ichki va tashqi siyosatiga to'g'ri va xolisona baho bershiga o'rgatish;

i) insonni oliy qadriyat sifatida qadrlash, uning sha'ni, or – nomusi, qadr – qimmati, huquq va burchlarini himoya qilishga o'rgatish va boshqalar. O'zbeksiton respublikasida olib borilayotgan ijtimoiy tarbiyaning umumiy vazifalari shulardan iborat.

Shu bilan birga tarbiya turlari aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, ekologik, iqtisodiy, huquqiy va mafkuraviy tarbiyalar o'zining xususiy maqsadidan kelib chiqqan bir qator vazifalarni amalga oshiradi.

1. Aqliy tarbiya talabalarni ilm – fan, texnika va texnologiya borasida qo'lga kiritilayotgan yutuqlardan, yangilik va kashifiyotlardan boxabar etish, ularga ijtimoiy fanlar asoslari xususidagi bilimlarni berish tarzida ularda intelektual tafakkur qobilyatini qaror toptirish, dunyoqarashini shakllantirish.

2. Axloqiy tarbiyani tashkli etish jarayonida talabalarni ijtimoiy – axloqiy me'yorlar mazmunidan xabardor etish, ularga axloqiy me'yorlarning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini tushuntirish, ularda ijtimoiy – axloqiy me'yorlarga nisbatan hurmat hissini qaror toptirish, dunyoqarashini shakllantirnish.

3. Jismioniy tarbiyani tashkil etish jarayonida talabalarda fiziologik holatini chiniqtirish, jismoniy jihatdan to'g'ri rivojlanishni hamda uning ishlash qobiliyatini oshirish borasida g'amxo'rlik qilish tuyg'usini yuzaga keltirish, ularda yangi harakat turlari borasida ko'nikma va malakalarni hosil qilish, ularni maxsus bilimlar bilan qurollatirish, talabalarning yoshiga va jinsiga muvofiq keladigan (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, sabot – matonat, chidam, iroda va tavsifni qaror toptirish) asosiy harakat sifatlarini rivojlantirish, ularda shaxsiy gigienani saqlashga nisbatan ongli munosabatlarini tarbiyalash.

4. Estetik tarbiyani olib borish jarayonida talabalarda estetik his – tuyg'u, estetik didni tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirish, estetik madaniyatini shakllantirish.

5. Ekologik tarbiyani olib borish chog'ida talabalarda ekologik bilimlar berish asosida shaxs, jamiyat va tabiat birligi hamda aloqadorligini talabalarga tushuntirish, ularda ekologiyaning inson, insoniyat, jamiyat taraqqiyotidagi muhim o'rni va ahamiyati borasida tushunchalarni qaror toptirish, shunindek, ekologik madaniyatini shakllantirish.

6. Iqtisodiy tarbiyani tashkil etish jarayonida o'qvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish asosida mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta'minlash, bozor infrostrukturasi qoidalariga amal qilish, ichki bozorni to'ldirish, kichik va o'rta biznesni yaratish borasidagi faoliyat jarayonida ishtirok etish, ko'nikma va malakalarni hosil qilish, inson mehnati bilan bunyod etilgan moddiy boyliklarni asrash, ularni ko'paytirish borasida qayg'urish tuyg'ularini qaror toptirish, iqtisodiy madaniyatini shakllantirish.

7. Huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida talabalarda davlat Konstitutsiyasi haqidagi ta'limotni, fuqorolik, oila, mehnat xo'jalik ma'muriy, nafaqa, sud ishlarini yuritish, va boshqarish huquqlarining ma'nosini tushuntirish, ular ongiga ijtimoiy – huquqiy me'yorlarning shaxs va jamiyat hayotdagi ahamiyati haqidagi tasavvurga ega bo'lishlarini ta'minlash, ularda huquqiy ong, shuningdek, huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko'nikma va malakalarni hosil qilish, huquqiy madaniyatini shakllantirish.

8. G'oyaviy va mafkuraviy bilimlarni berish, O'zbeksiton Respublikasi Konstitutsiyasi. Fuqorolik jamiyati asoslari, milliy davlat tuzilishi, shunindek, O'zbekiston Respublikasi ichki va tashqi mafkurasi mazmunini o'rganishni ta'minlash asosida talabalarda mafkuraviy faoliyat ko'nikma va malakalarini qaror toptirish, makuraviy madaniyatni shakllantirish va boshqarish.

Tarbiya mazmunidan qo'yilgan maqsad va vazifalarga muqofiq talabalar tomonidan o'zlashtirilishi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar, shaxs xulq – atvori hamda sifatlariningmohiyatini aks ettiradi. Tarbiya mazmuni ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyot, kishilik munosabatlari mohiyati va darajasi, shunindek, jamiyat mafkurasi g'oyalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Zamonvviy tarbiya mazmunidaquyidagi g'oyalar yotadi.

1. Tarbiya maqsadining aniqligi. O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy – siyosiy mustaqqiligining dastlabki yillaridayoq respublikada amalga oshirilishi ko'zda tutilgan bo'lib, tarbiya maqsadi aniq belgilab olingan edi. O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risida” gi qonun hamda “Kadrlar tayyorlash miiliy dasturi” g'oyalariga ko'ra ijtimoiy tarbiyaning asosiy maqsadi erkin, ijodkor, mustqil fikr egasi bo'lgap komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yo'lidagi asosiy vosita bu, shaxsda umumiy madaniyatni tarkib toptirishdir, ya'ni, shaxsning aqliy, axloqiy, jismoniy, estektik, iqtisodiy, ekologik, huquqiy, mafkuraviy hamda madaniyatini tarbiyalash kabi tarbiyaning bosh maqsadini amalga oshirish imkoniyatini yaratish ko'zda tutiladi.

2. O'z- o'zini anglash. Tarbiya insonda e'tiqod, demokratik qarashlar va hayotiy pozitsiyaning shakllanishiga olib keladi. Tarbiya mazmuning eng muhim jihatlaridan biri – bu insonning hayotda o'z-o'zini angalsh inson o'z shaxsiy hayoti va baxtining sub'ekti sifatida e'tirof etilishi bilan tavsiflanadi. Inson kamolotida fuqorolik, kasbiy va axloqiy o'z-o'ziinanglash g'oyalariga tayachnib tarbiyalash muhim ahamiyatga egadir.

3. Tarbiyaning yo'naltiruvchanligi. Mazkur g'oya texnik oliy ta'lim muassasalari amaliyotining markaziy nuqtasida tarbiyaviy ishlar dasturi, tadbirlari, shakl, metod va vositalari emas, balki talaba turganlini anglashga xizmat qiladi. Tarbiya jarayonida uning shaxsiy xususiyatlari, qiziqishlari, o'ziga xos tavsifi o'z qadr – qimmatini tuyg'ulari rivojlantirilib borilishi zarur.

4. Ixtiyoriylik. Tarbiya jarayoni, agar u oqilona tashkil etilsa, bir vaqtning o'zida ham o'qituvchi va talaba ma'naviyatining boytilishiga ham xizmat qialdi. Agar o'qituvchi talabaning qiziqishi, faoliyati, o'rtoqlik va fuqarolik burchini anglashi, mustaqilikka intilish tuyg'ularini ko'ra va anglay olsagina uning shaxsiga ta'sir ko'rastishiga yo'naltirilgan faoliyatda samaraga erishadi.

6. Jamoa yo'nalishi. Tarbiyaviy ishlar mazmunida jamoaga nisbatan ijobiy munosabatni qaror toptirish yotadi. Jamoa yordamida shaxsning har tamonlama taraqqiyoti unda dunyoni anglash va uni to'laqonli talqin etish, insonparvarlik va hamkorlik tuyg'ularining yuzaga kelishi va rivojlanib borishi amalga oshiriladi.

Zamonaviy pedagogik jarayonida talabalarga aqliy, estetik, axloqiy, jismoniy, siyosiy, iqtisodiy, ekologik hamda diniy tarbiya olish lozimligini uqtirishning o'zi ham samara beradi. Yuqorida qayd etilgan g'oyalar asosida tashkil etilgan pedagogik jarayon yetuk fuqaro, malakali mutaxassis hamda barkamol oila sohibi yoki sohibasini tarbiyalab voyaga yetkazish uchun xizmat qiladi. Zamonaviy tarbiya mazmuni, g'oyalari yaxlit tarzda quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi.

Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Tarbiya maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo'nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi komil shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat.


Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish