Qat‟iy belgilangan foiz stavkasi – zayom mablag„idan
foydalaniladigan barcha davr uchun o„zgarmaydigan bir xil darajada
o„rnatilgan stavkadir. Bu stavkalar kredit shartnomasi bajarilgunga qadar
o„zgarmasdan qoladi.
1
Bu tijorat banki uchun noqulay stavkadir. Bunda
bank o„z aktivlarining ma‟lum qismini yo„qotishi mumkin. Masalan,
bank 30% stavkada bir yillik kredit berdi, deylik. Uch oydan keyin ssuda
kapitali bozorida bir yillik kreditlarning foiz stavkasi 35%ga ko„tarilsa,
bu zarardir.
Suzib yuruvchi foiz stavkasi – bu o„rta va uzoq muddatli
kreditlarga o„rnatiladigan stavka bo„lib, uning darajasi pul-kredit
bozoridagi konyunkturaga bog„liq ravishda tebranib turadi.
Suzib yuruvchi foiz stavkasi ikki asosiy ajralmas qismdan tashkil
topadi. Birinchi qismi pul-kredit bozoridagi konyunkturaga bog„liq
ravishda o„zgarib turadi. Uning vazifasini odatda taklifdagi kredit
resurslarining banklararo stavkalari, ya‟ni Londonda – LIBOR, Parijda –
PIBOR, Singapurda – SIBOR, Quvaytda – KIBOR, Lyuksemburgda –
LYuKSIBOR va hokazolar qo„llaniladi.
[289]. LIBOR – Londondagi jahon ssuda kapitali bozorida etakchi
erkin almashadigan valutalar, ya‟ni AQSh dollari, Germaniya markasi,
Yaponiya iyenasi, Angliya funt sterlingi kabi valutalardagi depozitlarga
to„lanadigan o„rtacha foiz stavkasidir. U har kuni London vaqti bilan
soat 12
00
da butun dunyoga «Faynenshil tayms» London gazetasi orqali
e‟lon qilinadi.
LIBOR eng yirik London banklari bo„yicha o„rtacha foiz stavkasi
bo„lib, unga asoslanib London banklari yevrovaluta bozorida birinchi
toifali banklarga ssuda taqdim etadi. Amaliyotda LIBOR valuta turlari
va muddatlari bo„yicha (1, 3, 6 va 12 oyga) tabaqalanadi. LIBORning
rasmiy holda qayd etilishi mavjud emas. Yevro-valuta bozorida
operatsiyalar olib boradigan har bir yirik London banklari pul bozorida
vujudga kelgan konyunkturaga ko„ra uni belgilaydi va o„zgartiradi.
LIBOR odatda o„zgarib turuvchi foiz stavkalari shartlari bilan o„rta
muddatli bank kreditlari berilishida bazis sifatida qo„llaniladi. Bunda
LIBOR har bir kelishilgan foiz davri davomida kreditning o„zgarib
turuvchi quyi chegarasi narxini belgilaydi, odatda u 3-6 oyni tashkil
1
Stavka o„zgarmas darajada turadigan vaqt (odatda 3-6 oy) foiz davri deb yuritiladi.
455
etadi.
O„zgaruvchi stavkada bank aktivlari foizlaring o„zgarishi natija-sida
zararga uchramaydi. Bu stavkalarni yevrodollarli kreditlar misolida
ko„rib chiqish mumkin. Aytaylik, LIBORning darajasi 6 %, bank
belgilangan spred
1
- 1 %. Demak, yevrodollarli kreditning foiz stavkasi
- 7 %. Agar LIBOR 5 %ga tushdi deylik. Bunda kreditning foiz stavkasi
6 % bo„ladi. Bank bundan zarar ko„rmaydi. Chunki spred o„zgarmasdan
qoladi. Bu yerda faqat LIBOR o„zgaryapti.
[290]. Nominal foiz stavkasi deganda kredit shartnomasida ko„zda
tutilgan foiz stavkalariga aytiladi. U bozor joriy stavkasi deb yuritiladi.
Real foiz stavkasi esa – bu inflatsiya darajasini hisobga olgan holdagi
stavkadir. Har ikkala stavka o„rtasidagi bog„lanishni J.Fisher
quyidagicha ifodalagan:
Do'stlaringiz bilan baham: |