2. Mijozning daromadi darajasi va barqarorligini aniqlash kredit
mutaxassisi uchun muhimdir. Bunda u mijozdan barcha to„lovlardan
keyin qoladigan sof oylik ish haqi to„g„risida ma‟lumot talab qiladi,
mijozni ish bilan ta‟minlovchilarga murojaat qilib, firmaning ishlash
muddati, manzilgohi va sug„urta kafolati haqida so„rab-surishtiradi.
3. Mijozning depozit hisobvarag„idagi o„rtacha kunlik qoldiq
miqdori ham uning talabnomasini baholash uchun muhimdir. Ba‟zi
banklar kreditning qaytmaslik ehtimolini sezishlari bilan, mijozni o„n
kun oldin ogohlantirgan holda, uning depozit hisobvarag„i bo„yicha
xizmat ko„rsatuvchi bankka murojaat qilib, depozit hisobvarag„idagi
mablag„ni ssuda hisobvarag„iga o„tkazish to„g„risida talab qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |