320
chiqib belgilanadi. Berilgan kreditlar muddati majburiyatlar bilan
rasmiylashtiriladi. Ular balansdan tashqari 9921 - hisobvaraq bo„yicha
kirim qilinadi.
[200]. Kreditga doir yig„majildda kreditni berish uchun talab
qilinadigan umumiy hujjatlar quyidagilarga muvofiq kelishi lozim.
qarzdor tomonidan imzolangan va kredit berilishidan oldingi sana
qo„yilgan, kreditdan foydalanish maqsadlari bayon etilgan va kredit
ta‟minlangan holda garov mavzui ko„rsatilgan ariza;
qarz oluvchining ta‟sis hujjatlari; bunda hujjatning nusxalari
mas‟ul kredit xodimi tomonidan qarz oluvchining yuridik ishidan
olingan bo„lishi shart;
biznes-reja (iste‟mol krediti va biznes-rejani taqdim etish shart
bo„lmagan kreditning boshqa turlari bundan mustasno);
agar shaxs qarzdorning vakili bo„lsa, qarzdor nomidan kredit
shartnomasini imzolash huquqini tasdiqlovchi hujjat, imzolar nusxasi;
tuzilgan kredit shartnomasining asl nusxasi;
qabul qilingan buxgalterlik andozalariga muvofiq tayyorlangan,
oxirgi hisobot sanasida qarzdor tomonidan imzolangan moliyaviy
hisobotlar, jumladan, balans hisoboti hamda daromadlar va pul oqimiga
doir hisobotlar; zarurat tug„ilganda qarz oluvchining hisobotlari bank va
bankning konsultatsion bo„limining mas‟ul kredit xodimi hamkorligida
talab qilinayotgan formatga muvofiq keltirilishi shart;
mas‟ul bank xodimi tomonidan tayyorlangan, kreditni to„lash
uchun qarzdorning naqd pul massasi oqimining yetarliligini tasdiqlov-
chi pul oqimi to„g„risidagi hisobot tahlili;
bank kredit qo„mitasining kredit tasdiqlangan muddat va shart-
larini o„z ichiga oluvchi kredit shartnomasini tasdiqlashga doir qarori.
Agar kredit ko„chmas mulk garovi bilan ta‟minlangan bo„lsa, kredit
yig„majildiga quyidagi qo„shimcha hujjatlar kiritiladi:
ipoteka to„g„risida tuzilgan shartnomaning asl nusxasi;
hisobot bahosiga muvofiq garov mavzui bozor qiymatini
taqqoslash va uni saqlab turish uchun yetarli bo„lgan axborot va tahlilni
o„z ichiga oluvchi baholash to„g„risidagi hisobot;
agar kredit garovni sotib olish moliyalashtirilishi uchun berilgan
bo„lsa, sotish narxini tasdiqlovchi hujjatlar.
Agar kredit boshqa shaxs tomonidan kafolatlansa, kredit yig„ma-jildiga
quyidagi qo„shimcha hujjatlar kiritiladi:
kafillik to„g„risidagi shartnoma yoki yozma kafolat;
321
auditorlik tashkiloti yoki auditorning kafolatchining (kafil)
qoniqarli moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi xulosasi.
Shaxsning kafil nomidan (kafolatchi) kafolat to„g„risidagi shart-
nomani (majburiyatni) imzolash huquqini tasdiqlovchi hujjat.
Agar kredit ko„chmas mulkni qurish, ta‟mirlash va tiklashni moliya-
lash maqsadida berilgan bo„lsa, bank kredit yig„ma jildiga smeta hujjat-
larini, shuningdek, bank tomonidan tayyorlangan tekshirish to„g„risidagi
hisobotni yoki kredit berilgan ishlar bajarilganligini tasdiqlovchi qabul
qilib olish to„g„risidagi dalolatnomani kiritish lozim.
[201]. Kreditlash jarayoni quyidagi bosqichlarni o„z ichiga oladi:
1. Mijoz kredit olish uchun bankka ariza beradi.
2. Bankning kredit bo„limi mutaxassisi mijoz bilan suhbat o„tkazib,
kreditni olishdan maqsad va muddatini aniqlaydi.
3. Mijozning moliyaviy ahvoli tahlil qilinadi.
4. Kredit mutaxassisi o„z xulosasi va tavsiyasini bankning kredit
qo„mitasiga taqdim qiladi.
5. Kredit qo„mitasi kredit berish yoki bermaslik to„g„risida xulosa
chiqaradi.
6. Mijozning garov sifatida taklif qilayotgan mulki har tomonlama
o„rganilib, tahlil qilinadi.
7. Kredit shartnomasi tuziladi va kredit beriladi.
8. Kreditning qaytarilishi muntazam ravishda tekshiriladi.
9. Kredit to„liq qaytarilgandan so„ng, mazkur «Kredit ishi»
yopiladi.
Kredit olish uchun bankka ariza bergan mijozning moliyaviy ahvo-
lini tahlil qilish, xulosa chiqarish va kredit berish bilan shug„ullanuvchi
bo„lim kredit boshqarmasi yoki bo„limi deyiladi. Bu boshqarma mijoz
arizasini baholashda uchta eng muhim savolga javob olishi lozim:
1. Mijoz kredit olish qobiliyatiga egami (layoqatlimi)? Nima uchun
siz shunday xulosaga keldingiz?
2. Bank va omonatchilar xuquqini himoya qiluvchi va qarz oluv-
chiga yuqori sifatli kredit xizmati ko„rsatishni ta‟minlovchi kredit shart-
nomasi to„g„ri tuzilgan va kerakli hujjatlar bilan tasdiqlanganmi?
3. Kreditni to„liq qaytara olmaslik ehtimoli paydo bo„lganda, bank
mijozning garov mulkini tez, xarajatsiz va xatarsiz sota oladimi?
[202]. Kredit mutaxassisi kredit talabnomasini baholashda quyi-
dagilarga e‟tibor berishi lozim:
Do'stlaringiz bilan baham: