324
talabnomaning qonunga xilof ravishda baholanishi natijasida, mijoz
bank ustidan sudga ariza berishi mumkin. Bunday sharoitda bank o„zi
qo„ygan har bir ball bahoni dalillar bilan isbotlab berishiga to„g„ri
keladi. Ballik baho qo„yishda bank yumshoq baho siyosatidan
foydalanmasa, o„zi juda mushkul ahvolda qolishi mumkin.
[205].
Kredit
inspektori
ipoteka
krediti
uchun
berilgan
talabnomalarni baholashda quyidagilarga e‟tibor berishi lozim:
1. Qarzdor to„lashi kerak bo„lgan kredit miqdori bilan garov mulki
xarid bahosi miqdorining nisbati kreditor uchun ipoteka kreditining eng
muhim ishonchlilik omilidir. Olinayotgan kredit miqdori garov mulki
bahosidan ancha yuqori bo„lib, qarzdor shartnomaning barcha talablarini
bajarishda mas‟uliyatsiz bo„lsa, uning shaxsiy mulki bahosi kredit
bahosini qoplamaydi va bank katta zarar ko„radi. Agar garov xarid
bahosi kredit miqdorining 90 foizini tashkil qilsa, garov sug„urtasi
muhim o„rin tutadi va kreditor qarzdor xususiyati va mas‟uliyati hissini
baholashda ancha talabchan bo„lishi lozim.
2. Ipoteka krediti berilishi natijasida qarzdor bankda yana boshqa
operatsiyalarni ham amalga oshirishi mumkin. Masalan, depozit mab-
lag„lari hisobiga uy-joyni ta‟mirlash uchun kredit olishi mumkin. Shu
tufayli ipoteka krediti berilganda, kreditor qarzdor bilan bo„ladigan
barcha munosabatlarni ham e‟tiborga olishi lozim.
3. Mijoz depozit hisobvarag„idagi mablag„lar qoldig„ining barqaror-
ligi beriladigan ipoteka kreditlari miqdori va turlarining asosiy omilidir.
Barqaror depozit bazasiga ega banklar ipoteka kreditlash siyosatini
izchil olib borish va uzoq muddatga katta miqdordagi ipoteka kreditlari
berish imkoniyatiga ega bo„ladilar;
4. Ko„chmas mulk asosida kreditlash kredit inspektoridan kredit
talabnomasini tahlil qilishda quyidagilarga alohida e‟tibor berishni talab
qiladi:
Mijoz daromadining hajmi va barqarorligi, ayniqsa ipoteka kre-
diti miqdori va kreditni qoplash uchun yo„naltirilgan mablag„ miqdori.
Mijoz jamg„armasi miqdori va birlamchi to„lov manbayi. Agar
ushbu to„lov miqdori jamg„arma miqdorining kamayishiga olib kelsa,
buning natijasida favqulodda sharoitlarda, masalan, kasallik yoki oila
a‟zosining ishsiz qolishi tufayli mijozning zarur bo„lib qolish ehtimoli
bo„lgan likvid aktivlari qisqarib ketadi.
Garov mulkka qarzdorning munosabati. Agar mijoz garov mul-
kini o„rnatilgan talablar darajasida saqlamasa, u kreditni to„liq qaytara
325
olmay, garov mulkini qaytarib olish huquqini yo„qotganda, bank unga
garov mulk bahosining ortiqcha miqdorini kerakli qiymatda qaytara
olmaydi.
Ipoteka kreditiga o„rnatilgan foiz stavkasining turi. Agar ipoteka
kreditiga suzib yuruvchi foiz stavkasi o„rnatilgan bo„lsa, foiz stav-
kasining o„zgarishi natijasida suzib yuruvchi foiz stavkasi o„rnatilgan
garovdan ko„ra tayanch foiz stavkasi o„rnatilgan garovni sotish ancha
qulaydir.
Mahalliy ko„chmas mulk bozoridagi sotuv hajmi (agar mulk bank
ixtiyoriga o„tsa). Iqtisodiy tanazzul vaqtida ko„chmas mulkka bo„lgan
talabdan taklif oshib ketadi va bank o„zining mablag„ini qaytarib olish
uchun vaqt kerak bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: