[189]. Iste‟mol krediti turi banklar beradigan kreditlar ichida eng
daromadli va eng xatarlisi hisoblanadi. Iste‟mol kreditining eng xatarli
deyilishiga sabab shundaki, bu kreditni olgan shaxs yoki oilalarning
moliyaviy ahvoli kasallik yoki ishsizlik tufayli yomonlashishi mumkin,
bu o„z navbatida, kreditning qaytarilishini kechiktirishi yoki umuman
qaytmaslik xatarini yuzaga keltirishi mumkin. Shuning uchun iste‟mol
kreditini boshqarishda banklar juda ehtiyotkorlik bilan ish tutishlari
lozim.
Hozirgi paytda iste‟mol kreditining bir nechta turlari mavjud. Ularni
berish maqsadlari va turlariga qarab 2 guruhga ajratish mumkin.
308
Masalan, ayrim shaxs va oilalarga beriladigan kreditlar yangi uylar
sotib olish uchun, ya‟ni uylar bilan ta‟minlangan kreditlar yoki boshqa
maqsadlar uchun, ya‟ni avtomobil, yirik elektr xo„jalik mollari sotib
olish uchun olinadigan kreditlar hamda uy-joydan tashqari boshqa
maqsadlar uchun beriladigan kreditlar.
Boshqa maqsadlar uchun beriladigan kreditlar qaytarilishiga ko„ra
ikki xil bo„ladi: ma‟lum bir muddat ichida qaytariladigan va bir yo„la
qaytariladigan kreditlar.
[190]. Jahon bank amaliyotida «Uy-joylarni garovga qo„yish
hisobiga» beriladigan kreditlar uylar sotib olish yoki yashash sharoitini
yaxshilash uchun beriladi. Yakka yoki ko„p oilalarga mo„ljallangan
uylarni sotib olish uchun 10-15 yillik uzoq muddatli kreditlar beriladi va
bu kreditlar ushbu uy bilan ta‟minlangan bo„ladi. Bunday kreditlarga
mutlaq foiz stavkalari yoki «suzib yuruvchi», boshqacha aytganda,
o„zgaruvchan foiz stavkasi o„rnatiladi. Mutlaq foiz stavkasi o„zgarishi
orqali suzib yuruvchi foiz stavkasi ham o„zgaradi. Majburiyatni qoplash
uchun olinadigan kredit hajmining 1-2% ini tashkil qiluvchi xizmat haqi
(komissiyasi) oldindan olinadi va shu yo„l bilan qarzdorga kerakli
vaqtda, kerakli hajmda kredit berilishi kafolatlanadi. Bunday kreditlarni
nafaqat banklardan, balki bank xolding kompaniyasiga tegishli sho„ba
korxonalardan ham olish mumkin.
2008 – yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi
davrning eng dolzarb muammosi bo„ldi va uning ta‟siri butun jahon
iqtisodiyotini larzaga soldi.
Ushbu jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining kelib chiqishining
asosiy sababi sifatida AQShda yuzaga kelgan ipoteka bozoridagi tanglik
e‟tirof etilmoqda. Ipoteka bozoridagi tanglikning sababi esa ipoteka
kreditlarining o„z vaqtida qaytmaganligi, ya‟ni ipoteka kreditlarining
muammoli kreditlar toifasiga aylanishidir.
Ipoteka kreditlari bilan bog„liq muammolarning kelib chiqishiga esa
AQSh FZT tomonidan qo„llangan ekspansion pul-kredit siyosati va
ipoteka kreditlarining haddan tashqari erkinlashtiriganligi sabab bo„ldi.
AQSh FZT qayta moliyalash stavkasi 2006-yildagi 5-6 foizdan
2008-yilda 1 foizgacha tushirildi. Pul bozorida pulning bahosi
arzonlashdi. Bundan tashqari, ipoteka kreditlarining banklar tomonidan
berilishi osonlashdi. AQSh fuqarosi hech qanday muammosiz uyning
garoviga ipoteka kreditlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo„ldi.
Ipoteka inqirozi bank aktivlarining qadrsizlanishi, o„z navbatida,
309
banklarning to„lov qobiliyati va likvidlik darajasining pasayishiga sabab
bo„ldi.
Uy-joydan boshqa maqsadlar uchun olinadigan kreditlar ma‟lum bir
muddat ichida to„lanishi yoki bir yo„la to„lanishi mumkin.
Ma‟lum bir muddat ichida to„lanadigan kreditlar qisqa va o„rta
muddatli kreditlar bo„lib, bunda kredit miqdori ikki yoki uch qismga
bo„linib to„lanadi (odatda har oyda yoki har chorakda bir marta) bunday
kreditlar asosan harakat vositalari, mebel, yirik elektr-xo„jalik mollari
sotib olish uchun beriladi. Bunday kreditlarga asosan mutlaq foiz
stavkasi o„rnatilsa ham, keyingi paytlarda «suzib yuruvchi» foiz
stavkasini o„rnatish amaliyotda ko„p qo„llanilmoqda.
Bir yo„la qaytariladigan kreditlar qisqa muddatli kreditlar bo„lib,
jismoniy shaxslarning naqd pul mablag„iga bo„lgan joriy ehtiyojini
qondirish uchun beriladi va kredit muddati tugashi bilanoq uning to„la
hajmi qaytariladi. Bunday kreditlarning hajmi kichkina bo„lib, muddati
30 kun yoki undan ham kam bo„lishi mumkin. Qisqa muddatga bir yo„la
qaytarish sharti bilan beriladigan kreditlar bank uchun serdaromad
bo„lib, ba‟zida, mijozning xususiyatiga qarab yirik miqdorda ham
bo„lishi mumkin. Masalan, mehnat ta‟tili va davolanish, yirik elektr
xo„jalik mollarini sotib olish yoki ta‟mirlash, soliq to„lashga ketadigan
xarajatlarni qoplash uchun olinadi.
[191]. Kredit kartochkasiga asoslanib beriladigan kreditlar ham
ma‟lum muddat ichida yoki bir yo„la to„lanishi mumkin. Kredit
kartochkasi egalari uning yordamida sotib olgan tovarlariga foizsiz haq
to„lashlari va qarzlarni belgilangan muddat ichida qoplashlari yoki tovar
haqini bo„lib-bo„lib, oyiga 12-18% yillik foiz miqdorida to„lab borishlari
mumkin. Kredit kartochkasi asosida ma‟lum muddat ichida kredit
haqining to„lanishi bir yo„la to„lanadigan kreditlarga qaraganda banklar
uchun foydalidir, chunki banklar bunday kreditlardan foiz daromadlari
oladilar.
Kredit kartochkasi juda qulay bo„lib, mijoz undan ko„pincha
revolver kredit tizimida keng foydalanadi. Kredit kartochkalaridan
foydalanish texnologiyalarning takomillashi natijasida mijozlar kredit
kartochkalari orqali bank xizmatlarining barcha turlaridan, shu
jumladan, jamg„arma va hisob-kitob xizmatlaridan ham bemalol
foydalanishlari mumkin.
Bu kartochkalar bilan xizmat ko„rsatishning rivojlanishi tufayli
mijozlar bank xizmatiga haq to„lashdan ko„pincha ozod bo„ladilar.
310
[192]. Bank turli xil mijozlarga turli xil maqsadlar uchun kreditlar
berishi mumkin. Beriladigan kreditlarni ulardan foydalanish maqsadiga
ko„ra, yettita turkumga ajratish mumkin:
ipoteka ssudalari, ya‟ni ko„chmas mulk asosida beriladigan
kreditlar;
moliya institutlariga, ya‟ni banklararo moliya va sug„urta
kompaniyalariga, shuningdek, boshqa moliya muassasalariga beriladi-
gan kreditlar;
dehqon va fermer xo„jaliklarigayerlarni o„zlashtirish va ishlov
berish, hosilni yig„ishtirib olish, chorva mollarini em bilan ta‟minlash
ishlarini yaxshilash maqsadida beriladigan qishloq xo„jalik ssudalari;
savdo va sanoat korxonalariga tovar-moddiy zaxiralarni sotib
olish va ish haqi berish bilan bog„liq bo„lgan xarajatlarni qoplash uchun
tadbirkor firmalarga beriladigan kreditlar;
xususiy shaxslarga beriladigan iste‟mol kreditlari. Bularga
bahosini bir necha muddat ichida to„lash imkoniyati bilan avtomobil
sotib, ko„chma (sayyor) uylar, elektr xo„jalik va boshqa iste‟mol mollari,
uylarni ta‟mirlash va zamonaviy tus berish, tibbiy xizmat xarajatlarini
qoplash va boshqa shaxsiy transport uchun beriladi;
boshqa ssudalar yuqorida qayd etilmagan ssudalar bo„lib, ularga
qimmatbaho qog„ozlar bilan ta‟minlangan ssudalar ham kiradi;
moliyaviy lizingda bank mashina va uskunalarni sotib oladi va
ularni mijozlarga ijaraga beradi.
Yuqorida keltirilgan kredit turlarini jahon bank amaliyotidagi eng
yirigi ipoteka ssudalaridir va bu ssudalar beriladigan jami ssudalarning
1/3 qismini tashkil qiladi. Savdo va sanoat korxonalariga beriladigan
ssudalar ham jami kredit qo„yilmalarning 1/3 qismini tashkil qiladi. O„z
ahamiyatiga ko„ra, uchinchi o„rinda turadigan ssudalar – bular xususiy
shaxslarga beriladigan ssudalar bo„lib, ular jami kredit qo„yilmalarining
1/5 qismini tashkil qiladi.
[193]. Bank kreditlari portfeli tarkibini aniqlovchi eng muhim
omillardan biri, bu eng avvalo ushbu bank xizmat ko„rsatayotgan
bozorning xususiyatidir. Har bir bank mijozlarining kredit mablag„lariga
bo„lgan ehtiyojlarini o„rganib, ularni e‟tiborga olmog„i lozim. Masalan,
aholisi ko„p bo„lmagan shahar va tumanlardagi banklar asosan ipoteka
kreditlari (uy-joylarni garovga olish asosida) avtomobil sotib olish
uchun yoki xo„jalikni boshqarish va rivojlantirish uchun sarf qilinadigan
xarajatlarni qoplash maqsadida kredit beradilar. Yirik ishlab chiqarish
311
korxonalari, firmalar, univermaglar, ofislari ko„p bo„lgan yirik
shaharlarda esa banklar kredit mablag„larini tovar-xomashyo zaxiralari,
asbob-uskunalar sotib olish va ishchilarga ish haqi to„lash uchun
beradilar.
Albatta, hamma banklar ham o„zlari faoliyat ko„rsatayotgan hudud
sharoitlariga butunlay bog„liq bo„lmaydilar. Ularning ko„pchiligi boshqa
banklardan mablag„larning katta qismini yoki qisman qarzga olishlari
mumkin. Bunday faoliyat ko„rsatayotgan banklar uchun ular joylashgan
hudud iqtisodiyotidagi salbiy o„zgarishlar katta xavf tug„dirmaydi.
Bank kreditlari portfeliga ta‟sir qiluvchi yana bir muhim omil bu –
bankning hajmidir. Bunda bank sarmoyasining hajmi eng muhim rol
o„ynaydi, chunki u beriladigan kreditni bitta mijozga to„g„ri keladigan
qiymatini aniqlaydi. Yirik banklar asosan yirik korxonalar, korporatsiya-
lar va firmalarga xizmat ko„rsatadi. Maydaroq banklar esa, asosan naqd
pul ko„rinishida yoki bir necha muhlatga mayda firmalar, xususiy
shaxslarga chakana kreditlar beradi.
Bank boshqaruvchilarining kredit siyosati sohasidagi tajribasi va
malakasi kredit portfelining tarkibi va o„sishiga ta‟sir qiluvchi muhim
omildir.
Bank kreditining ba‟zi bir turlarini berishni taqiqlovchi kredit
siyosati bankning kredit portfeli sifatining o„sishiga to„sqinlik qiluvchi
xatardan saqlaydi.
Kredit portfelining tarkibi kredit faoliyati orqali olinadigan
daromadga ham bog„liq. Bankning kredit bilan shug„ullanuvchi xodim-
lari kredit berish orqali olinadigan daromad bilan bankning boshqa
aktivlari orqali olinadigan daromadni solishtirib, tahlil qiladilar. Nati-
jada, bank daromadlarining asosiy qismi kreditlarga to„g„ri kelayotgani
haqida bir xulosaga kelganlaridan so„ng ko„proq kreditlar berishni afzal
ko„radilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |