O„stirilmaydigan kreditlar (aktivlar) – belgilangan tartibga
muvofiq foizlar hisoblanishi to„xtatiladigan kreditlar (aktivlar).
Yaxshi ta‟minlangan kreditlar – qimmatli qog„ozlar bozorida
baholanadigan mulk yoki kreditning asosiy summasi va unga doir
foizlarni to„liq qoplash imkonini beradigan miqdorda bank depozitlari
ko„rinishidagi garov bilan ta‟minlangan kreditlar.
Qisman ta‟minlangan kreditlar (aktivlar) – «yaxshi ta‟minlangan
kreditlar (aktivlar)» mezoniga muvofiq kelmaydigan ta‟minotga ega
kreditlar. Xususan, ularga doir taqdim etilgan garov qiymati kredit
summasi va unga doir foizlarning 100 foizidan, shuningdek, garovni
sotishda ko„zda tutilayotgan xarajatlardan kam (e‟lon qilingan garov
qiymatidan qat‟iy nazar) yoki e‟lon qilingan qiymat bo„yicha garovning
sotilishi shubha tug„diradigan kreditlar.
303
Do'stlaringiz bilan baham: |