Ta‟minlanmagan kreditlar (aktivlar) – biror-bir ta‟minotsiz
berilgan kreditlar. Odatda, bunday kreditlar qarzdorning kuchli
tushumlari potensiali yoki uning yaxshi kredit tarixi asosida beriladi.
«Ta‟minlanmagan
kreditlar»ga
garov
belgilangan
tartibda
rasmiylashtirilmagan kreditlar ham kiradi.
[184]. Jahon amaliyotida bank o„zini-o„zi qoplovchi kreditlar asosan
tovar-moddiy zaxiralar, xomashyo va materiallar hamda sotish uchun
mo„ljallangan tayyor mahsulotlarni moliya bilan ta‟minlash maqsadida
olinadi. Bunday kreditning afzalligi shundaki, tadbirkor o„z faoliyati
uchun zarur bo„lgan naqd pulning yetarli miqdori bilan ta‟minlanadi.
Bunda:
naqd pullar xomashyo va materiallar, chala va tayyor
mahsulotlarni sotib olish uchun ishlatiladi;
mahsulotlar asosan sotish uchun tayyorlanadi;
savdo asosan kredit hisobidan amalga oshiriladi;
savdo orqali olingan mablag„ bankdan olingan kreditni qoplashga
ishlatiladi.
Aylanma kapitalni to„ldirish uchun olinadigan kreditlar ham
vazifasiga ko„ra, o„z-o„zini qoplovchi kreditga o„xshab, tovar, xom-
ashyo, materiallar sotib olish, tayyor mahsulotlar zaxirasini to„ldirish
uchun uzog„i bilan bir yil muddatga olinadi.
Bu kreditning farqi shundaki, u asosan mavsumiy talabni qondirish
uchun olinadi.
Masalan, yoz mavsumida kiyiladigan zamonaviy ko„ylaklar tikish
uchun kredit talab qilinganda, bank ushbu mijozga 6 oydan 9 oygacha
muddatga kredit tizimini ochadi va mijoz zarur bo„lganda ushbu
tizimdan shu muddat ichida foydalana oladi. Agar mijoz shu davr
mobaynida kreditning to„la hajmini yoki kattagina qismini to„lashga
erishsa, bank mijozning talabiga ko„ra, kredit muddatini yana cho„zishi
mumkin. Aylanma mablag„ni qoplash uchun olinadigan kredit firmaning
debitorlik qarzi yoki tovar-mahsulotlar hisobidan ta‟minlanadi va tizim
doirasida suzib yuruvchi foiz stavkasida foiz o„rnatiladi. Mijoz bu
kreditni qoplash uchun o„zining depozit hisobvarag„ida olingan kredit-
ning kamida 15-20 foizi miqdorida mablag„larni saqlashi lozim. Majbu-
riyat uchun komissiya haqi, asosan, kredit tizimining foydalanilmagan
qismidan olinadi.
[185]. Ko„pgina banklar tomonidan beriladigan qurilish uchun
mo„ljallangan kredit keng tarqalgan kreditlardan biri bo„lib, bu kredit
304
asosan uy, bino, inshoot va ofislar qurish uchun olinadi. Bunday kredit
ko„chmas mulk uchun ishlatilishiga qaramasdan, u qisqa muddatga
beriladi. Kreditni oluvchilar uni ishchilarni yollashga, vaqtinchalik kerak
bo„ladigan asbob-uskunalarni ijaraga olish, qurilish materiallari hamda
bino va inshootlarni qurish uchunyerlarni sotib olishga ishlatadilar.
Rivojlangan davlatlarda mijoz bankdan olgan kreditni boshqa kreditor-
dan yoki moliya tashkilotidan mijozning garov mulki hisobiga qoplashi
majburiyatini bankka taqdim qilmaguncha, bank bunday mijozlarga,
ya‟ni quruvchi va loyihachilarga kredit bermaydi.
Davlatga tegishli va xususiy qimmatli qog„ozlar savdosi bilan
shug„ullanuvchi dilerlarga ularni sotish yoki muddati tugaganda
hisobdan chiqargunga qadar yangilarini sotib olish va mavjud qimmatli
qog„ozlar portfelini qo„llab-quvvatlash uchun qisqa muddatli kreditlar
kerak bo„ladi. Bunday kreditlarni banklar ko„pincha hech qanday
to„sqinliksiz beradilar, chunki bunday kreditlar yuqori sifatli hisoblanib,
ular asosan davlatning qimmatli qog„ozlari bilan ta‟minlangan bo„ladi.
Bundan tashqari, bunday kreditlar juda qisqa muddatga beriladi (bir
kundan bir necha kungacha). Agar sharoit yomonlashsa, bank kreditni
qaytarib oladi yoki foiz stavkasini ko„taradi.
Bunday kreditlar yangi korporativ obligatsiyalar, aksiyalar va
davlatning qimmatli qog„ozlarini joylashtiruvchi investitsiya firmalariga
beriladi. Investitsiya firmalari yangi qimmatli qog„ozlarni kapital
bozorida sotishi natijasida kreditlar va ularga o„rnatilgan foizlar
to„lanadi.
Chakana savdo bilan shug„ullanuvchi shaxslarga kreditlar asosan
avtomobillar, elektr-xo„jalik mollari, mebel va boshqa uzoq muddat
ichida foydalaniladigan tovarlarni sotib olish uchun, savdo bo„yicha
shartnoma imzolangandan so„ng yuzaga kelgan dilerning debitorlik
qarzini mablag„ bilan ta‟minlash maqsadida beriladi. Bank dilerlarning
shartnomalarini tahlil qiladi. Agar shartnoma o„rnatilgan talablarga
javob bersa, bank bu shartnomalarni sotib oladi, risk darajasi va ta‟minot
sifati hamda kredit muddatini e‟tiborga olib, foiz stavkasini o„rnatadi.
Chakana savdo bilan shug„ullanuvchi shaxslar kredit olish bilan birga
sotuvdan tushgan tushumlari hisobidan ssuda hisobvarag„idagi
mablag„larni qoplaydilar.
[186]. Revolver kredit shartnomasi bo„yicha kredit oluvchi firma
kredit tizimi muddati ichida belgilangan miqdorda kredit olishi, olingan
qarzning bir qismini yoki to„liq hajmini to„lashi va zarur hollarda yana
305
qarz olishi mumkin. Bu kreditning afzalligi shundaki, uni olayotganda
firma maxsus garov bilan kreditni ta‟minlashi shart emas va bu kredit
qisqa muddatga yoki 3-5 yil muddatga beriladi. Mijoz naqd pullari
tushumi hajmini va kelajakda olinadigan kredit hajmini aniq bilmasa,
revolver kreditdan foydalanadi. Revolver kredit mijozning ishlab
chiqarishda bo„ladigan tebranishlarini tartibga solishda muhim omil
bo„ladi. Mijoz faoliyati davomida daromadi oshgan vaqtda kredit
hajmini to„lab boradi, sotuv hajmi kamayib, naqd pul oqimi qisqarsa,
kredit tizimi muddatiga ko„ra, bankdan qo„shimcha mablag„ olish
imkoniga ega bo„ladi. Kelishilgan kredit hajmida mijozning kredit
uchun berilgan har bir talabnomasining to„liq va o„z vaqtida qondirilishi
hisobiga bank mijozdan xizmat haqi oladi.
Majburiyatlar uchun olinadigan haq ikki xil bo„ladi:
shartnoma majburiyati;
tasdiqlangan kredit tizimi.
Shartnoma majburiyati bo„yicha bank mijozga eng yuqori hajmda
kelishilgan foiz stavkasi bilan kredit beradi. Bunday hollarda mijozning
moliyaviy ahvolida «sezilarli salbiy o„zgarishlar» yuz berganda yoki
mijoz shartnoma bandlarini bajarmaganda, bank to„lovlarni to„xtatishi
mumkin.
Tasdiqlangan kredit tizimi bo„yicha bank, kredit oluvchi firmaning
arizasiga ko„ra, favqulodda hollarda kredit beradi. Bunday paytlarda
asosan kredit reytingi (kreditni to„lash bo„yicha bahosi) yuqori bo„lgan
mijozlarga beriladi va ularga o„rnatiladigan foiz stavkasi anchagina past
bo„ladi.
[187]. Uzoq muddatli loyihalarni moliyalashga beriladigan kreditlar
kelajakda naqd pul tushumi bilan ta‟minlovchi asosiy kapitalni to„ldirish
maqsadida moliyalash uchun olinadigan kredit bo„lib, bank uchun ancha
xatarlidir. Misol tariqasida neftni qayta ishlash zavodlari, shaxtalar,
elektr stansiyalarini kredit bilan ta‟minlashni olish mumkin.
Bunday loyihalarga beriladigan kreditlar xatari turlichadir:
ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun juda katta hajmdagi
mablag„lar ajratish lozim;
moliya bilan ta‟minlanayotgan loyihaning amalga oshishi
muddati ob-havo sharoiti yoki qurilish materiallarining yetishmasligi
sababli kechikishi mumkin;
amaldagi qonun va qoidalarning o„zgarishi loyihaning amalga
oshishiga salbiy ta‟sir ko„rsatib, qurilishning tugashiga to„sqinlik qilishi
306
va buning natijasida qurilish tannarxi ortishi mumkin.
foiz stavkasining ko„tarilishi kreditor yoki loyihani moliya bilan
ta‟minlovchi homiy muassasa yoki tashkilot faoliyatiga salbiy ta‟sir
ko„rsatishi mumkin.
Loyihalarni moliyalash krediti asosan uni birgalikda amalga
oshirayotgan bir nechta yirik kompaniyalarga beriladi. Shuningdek, yirik
hajmdagi bunday kreditlarni bir necha kreditorlar birgalikda berishlari
ham mumkin.
Ushbu loyihalar o„z vaqtida bajarilmasa, kreditlar qarz oluvchining
homiylari tomonidan qaytariladi. Kredit oluvchiga hech kim homiylik
qilmagan taqdirda, kreditor, ya‟ni bank juda katta tavakkalchilikka yo„l
qo„ygan bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |