[174]. Valuta bozorida turli turdagi shartnomalar amal qiladi.
Ularning ko„pchiligi spot shartlari asosida amalga oshiriladi. Uning
asosiy xususiyati shundaki, bitimni imzolash va bajarish vaqtlari qariyb
mos keladi. Bitimning bunday turida valuta sotuvchidan sotib oluvchiga
shartnoma imzolanishi bilanoq (ko„pi bilan ikki ish kunida) yetkaziladi.
Spot shartnomalariga jami valuta shartnomalarining 90 foizi to„g„ri
keladi.
Ikkinchi valuta shartnomasi turi – muddatli shartnoma. Bunday
shartnomalarning ikki xususiyati bor.
Birinchidan, shartnoma imzolanishi va bajarilishi orasida ma‟lum
vaqt intervali bor. Bir haftadan olti-o„n ikki oygacha.
Ikkinchidan, valuta kursi shartnoma imzolangan davrda belgilan-
gani bo„yicha qabul qilinadi. Valuta kurslari o„zgarishlari unga ta‟sir
etmaydi. Muddatli shartnomalar valuta risklaridan sug„urtalanish yoki
valuta spekulatsiyasi maqsadida amalga oshiriladi. Eksportyor o„zini
xorijiy valuta kursining tushishidan sug„urtalash maqsadida kelgusi
valuta daromadini muddatli kurs bo„yicha sotishi mumkin. Importyor
xorijiy valuta kursi oshishidan o„zini sug„urtalash maqsadida kelgusi
valuta tushumini ma‟lum muddatga, muddatli kurs bo„yicha sotishi
mumkin.
Rivojlangan
davlatlar
valuta bozorlarida
valuta
kursining
o„zgarishiga qarab ishlovchi valutachilar faoliyati to„g„risida qisqacha
to„xtalish mumkin. Bu valutachilarning asosiy maqsadi valuta bozorida
valuta kurslarining o„zgarishi asosida katta foyda olishdan iborat. Valuta
kursining oshishi yoki pasayishiga qarab faoliyat ko„rsatuvchilar xalqaro
amaliyotda «ayiqlar» va «buqalar» deb ataladi. Ular faoliyatining
281
mohiyati quyidagilardan iborat. Agar valuta kursi tushishi kutilsa, valuta
kursi pasayishiga o„ynovchilar (ularni xalqaro amaliyotda «ayiqlar» deb
atashadi) valutani shartnoma tuzilgan davr (muddatli kurs) kursi bilan
sotish to„g„risida muddatli shartnoma tuzadilar. Agar bu muddatda
valuta kursi tushsa, ayiqlar valutani bozordan pasaygan kursda sotib
olib, uni muddatli kurs, ya‟ni oldingi shartnomada ko„rsatilgan yuqori
kurs bo„yicha sotadilar va kurslar o„rtasidagi farq miqdorida foyda
oladilar.
Valuta kursining ko„tarilishiga o„ynovchilar («buqalar») esa valuta
kursi oshishi kutilganda, valutani keyinchalik shartnoma tuzilgan
vaqtdagi kurs bo„yicha sotib olishga kelishilgan muddatli shartnoma
tuzadilar. Kurs oshganda esa valutani muddatli shartnomada belgilangan
(oldingi) narx bo„yicha sotib oladilar va oshgan yuqori narxda sotib
foyda ko„radilar.
Banklar tomonidan amalga oshiriladigan muddatli operatsiyalar
forvard operatsiyalari deb yuritiladi.
Forvard operatsiyalaridagi valuta kursi spot shartnomasi bo„yicha
kursdan farqlanadi. U mukofot va chegirma usuli bilan o„rnatiladi.
Mukofot forvard kursi spot kursidan mukofot miqdoriga ko„pligini bil-
diradi. Forvard marjasi, ya‟ni spot va forvard orasida farq jahon kapitali
bozoridagi depozitlarning foiz stavkalariga bog„liq bo„ladi. Depozit foizi
kichik davlatlarda valuta kursi mukofot bilan, katta davlatlarda valuta
kursi chegirma bilan belgilanadi.
Kassa va forvard operatsiyalarini muvofiqlashtiruvchi valuta
shartnomalaridan biri svop shartnomasidir. Bu shartnoma ikki valuta
savdo-sotig„ini darhol amalga oshirish sharti (spot) va shu bilan birga
unga qarshi muddatli shartnoma tuzishni anglatadi. Masalan, dollarni
markaga spot shartida sotish va shu zahoti uni sotib olish bo„yicha
muddatli shartnoma tuzish yoki unga teskari operatsiya dollarni markaga
sotib olish spot shartnomasi va uni sotish bo„yicha muddatli shartnomani
tuzish kiradi.
Forvard shartnomasi turlaridan biri opsion shartnomasidir. Opsion
shartnomasini o„ziga xos xususiyati sotib oluvchining valutani emas,
balki uni sotib olish huquqini sotib olishidir. Bunda sotuvchi ma‟lum
valutani ma‟lum miqdorda sotish yoki sotib olish majburiyatini oladi.
Sotib oluvchi esa shu miqdordagi valutani sotish yoki sotib olish
huquqidan foydalanmaslik huquqiga ham ega. U bu uchun sotuvchiga
opsion mukofotini to„laydi. Agar sotib oluvchi o„z huquqidan
282
foydalanmasa, u mukofot summasida zarar ko„radi.
«Spot», forvard va opsion shartnomalari banklararo bozorlarda va
birjalarda amalga oshiriladi. Birjada amalga oshiriladigan ixtisoslashgan
shartnomalarga fyuchers shartnomalari kiradi. Fyuchers operatsiyalari
fyuchers shartnomalarini sotish va sotib olish bo„yicha tuziladi.
Fyuchers operatsiyasi valutani sotib olish yoki unga qarama-qarshi
operatsiya bilan tugaydi. Fyuchers operatsiyasining natijasi bu
yutqazgan tomonning yutgan tomonga shartnoma tuzilgan va amalga
oshirilgan vaqt orasidagi kursi farqini to„lashdir. Bu farqni birjaning
hisob-kitob (kliring) palatasi to„lab beradi. Fyuchers shartnomalari
imzolanishi bilan birjaning hisoblash markazida ro„yxatdan o„tadi.
Fyuchers va boshqa muddatli shartnomalarning maqsadi valuta
operatsiyalarini xejirlash yoki chayqovchilik asosida foyda olishdir.
Banklar o„z mijozlarining valuta risklarini o„z zimmasiga olsalar
(forvard operatsiya o„tkazganda), unga teskari fyuchers bitimi
yordamida bu risklarni kamaytiradi (yo„qotadi)lar. Fyuchers bitimi
tugaganda esa ular real tovarlar bitimidan ko„rgan zararni, valuta kursi
orasidagi farqdan olgan daromadi hisobidan qoplash imkoniyatiga ega
bo„ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |