12-MAVZU. TO‘LQIN OPTIKASI
Tekshirish uchun savollar
To‘lqinlar superpozitsiyasi prinsipi nimadan iborat? Qanday to‘lqinlarga kogerent to‘lqinlar deyiladi. To‘lqinlar interferensiyasi nima?
Qanday shartlar bajarilganda interferensiyaning maksimum va minimumlari kuzatiladi?
Nima uchun ikki o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan yorug‘lik manbalaridan interferensiya manzarasi kuzatilmaydi? Optikada kogerent yorug‘lik manbalari qanday hosil qilinadi? Kogerent to‘lqinlarning hosil qilishni qanday usullarini bilasiz?
Yupqa plyonkada yorug‘lik interferensiyasi qanday yuz beradi? Nyuton halqalari qanday vujudga kelishini tushuntiring. O‘tgan va qaytgan nurlardagi interferension manzaralarning farqi nimadan iborat?
Yorug‘lik difraksiyasi nima? Gyuygens prinsipi nimadan iborat? Frenel - bu prinsipiga qanday qo‘shimcha kiritdi?
Frenelning zonalar metodi nimadan iborat? Bu metod yordamida yorug‘likning to‘g‘ri chiziqli tarqalish, oddiy to‘siqlardagi difraksiya qanday tushuntiriladi?
Fraungofer difraksiyasi nima? Bir tirqishdan va difraksion panjaradan difraksion manzaralar qanday ko‘rinadi? Bu manzaralarda maksimum va minimumlar qanday holatlarda kuzatiladi?
Tabiiy nur qutblangan nurdan nima bilan farq qiladi? Ikki muxit chegarasidan qaytgan nurning qutblanish darajasi nimaga bog‘liq bo‘ladi? Bryuster qonuni tariflang.
Qanday moddalarda ikki nur sindirish hodisasi sodir bo‘ladi? Oddiy va nooddiy nurlar bir-biridan nima bilan farq qiladi? Mallyus qonunining ma`nosi qanday?
Qanday moddalarda qutblanish tekisligini burilishi yuz beradi? Qutblanish tekisligining burilish burchagi nimaga bog‘liq?
MASALALAR ISHLASH UCHUN METODIK KO‘RSATMALAR
Interferensiyaga bog‘liq bo‘lgan masalalarda kogerent to‘lqinlarni hosil qilish usullarini tahlil qilish va to‘lqinlarni kuchaytirish va susaytirish shartlarini qarab chiqish kerak. Yupqa plastinkalarda interferensiyani kuzatayotganda zichligi katta bo‘lgan muhitdan yorug‘lik qaytgandan qo‘shimcha yo‘l farqi hosil bo‘lishini esdan chiqarmaslik kerak. Bu yo‘l farqi to‘lqin uzunligini yarmiga tengdir.
Yorug‘lik difraksiyasiga taaluqli masalalarni yechishda Gyuygens-Frenel prinsipiga binoan to‘siqlardan o‘tgan ikkilamchi nurlar interferensiyasini aniqlashdan iborat. Frenelning zonalar metodini qo‘llash hisoblashni yengillashtiradi.
Qutblanish hodisasiga taaluqli bo‘lgan masalalarda, qutblangan yorug‘likni hosil qilish usulini hamtahlil qilish kerak. Yorug‘likni dielektrik sirtidan qaytgan hollarda, Bryuster qonunida muxitning nisbiy sindirish ko‘rsatkichi ishtirok etishini hisobga olish kerak. Qutblangan yorug‘lik hosil qilishda ikkilamchi nur sindirish hodisasini qo‘llansa, masalalar yechishda Malvo qonunidan foydalanish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |