Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti



Download 9,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet377/1014
Sana08.12.2021
Hajmi9,28 Mb.
#190035
1   ...   373   374   375   376   377   378   379   380   ...   1014
Bog'liq
август кенгаши конфиренсия

251

 

 

"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"  



xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari 

 

nutqi  shunday  yuksak  mahorat  bilan  bayon  etilishi  lozimki,  natijada  u  o‘quvchilar 

fikrining  faollashishiga,  qiziqishining  ortishi  va  diqqatining  kuchayishiga,  berilgan 

savollarga  to‘g‘ri  va  aniq  javoblar  berishiga  undasin.  O‘qituvchi  o‘z  nutqidagi  barcha 

imkoniyatlarni  ishga  solib,  o‘quvchilarning  ham  nutqini  rivojlantirishi, hattoki  nutqida 

ayrim  nuqsoni  bor  bolalar  haqida  ham  shoshilinch  xulosaga  kelmasdan,  bunday 

o‘quvchilar bilan individual tarzda ishlash natijasida undagi kamchiliklarni bartaraf etishi 

lozim. Nutqni mashq qildirish orqali undagi kamchiliklarning bartaraf etilganligi haqida 

hayotiy  tajribalardan  misollar  keltirish  mumkin.  Masalan,  buyuk  notiq  Demosfen  o‘zi 

duduqligini  mashq  qilish  orqali  yengib,  qadimgi  Yunonistonning  buyuk  notig‘iga 

aylangan. 

Nutq texnikasi o‘qituvchi nutqining muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Bugungi 

kunda  nutq  texnikasiga  doir  ko‘pgina  mashqlar  tizimi  ishlab  chiqilgan  bo‘lib,  ushbu 

tizimni  o‘zlashtirgan  har  bir  mahoratli  o‘qituvchi  o‘z  nutqi  orqali  o‘quvchilarga  bilim 

berib, o‘zi istagan natijaga erisha oladi. Buning uchun esa o‘qituvchidan yuksak e’tibor 

va  o‘z  ustida  tinimsiz  ishlash  talab  qilinadi.  O‘qituvchi  o‘quv  materialini  tushuntirish 

jarayonida ba’zan uzoq gapirishiga to‘g‘ri keladi. Bunday vaqtda yuzning qizarib ketishi, 

nafas  qisilishi  va  qon  tomirlarida  bir  qancha  o‘zgarishlar  bo‘lishi  kuzatiladi.  Demak, 

nafas olish texnikasi o‘qituvchi nutqining muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. 

Nutq so‘zlash va o‘qish jarayonida havoni ko‘proq olish, uni tejab sarflash va tez-

tez yangilab turish lozim. Nutqli nafasda havoni chiqarish, havoni olishdan ko‘ra uzoqroq 

bo‘ladi. 

O‘qituvchi  nutqining  muhim  jihatlaridan  yana  biri-ovozning  o‘ziga  xos 

bo‘lishidadir.  Bizga  ma’lumki,  insonning  ovozi  yillar  o‘tishi  bilan  o‘zgarib  borishi, 

ba’zan esa ovoz buzilish holatlari ham yuzaga kelishi mumkin. Buning ham o‘ziga xos 

sabablari mavjud. Masalan, ovoz zo‘riqishi ovozning buzilishiga olib keladi. Tajribada 

bunday  holat  ko‘pgina  sohalarda,  ayniqsa  o‘qituvchilarda  50  foizni  tashkil  etishi 

kuzatilgan.  Tadqiqotlarda  kuzatilishicha,  past  ovozda  tushuntirish,  baland  ovozda 

tushuntirishdan ko‘ra samaraliroq o‘zlashtirilar ekan. Har doim baland ovozda so‘zlash 

salbiy natijalarga olib kelishini allomalarimizning qarashlarida ham ko‘rishimiz mumkin. 

Masalan, Abu Ali ibn Sino o‘zining “Tib qonunlari” asarida: “Ovozni ehtiyot qilmaslik – 

ovozni yo‘qotishga, ovozni yo‘qotish esa – nafas olish organlarining ishdan chiqishiga 

olib keladi. Buning uchun avvalo o‘qishni past ovoz bilan boshlab, bir ozdan so‘ng asta-

sekin kuchaytirish, ammo kuchli ovoz bilan o‘qishni ham uzoq muddat davom ettirmaslik 

lozim”,- deb yozadi. 

Bundan  tashqari,  o‘qituvchi  nutq  so‘zlayotganda  o‘z  diksiyasiga  ham  e’tibor 

qaratishi  lozim  (Diksiya  –  so‘zlovchi  talaffuzining  aniq  va  tushunarli  bo‘lishidir). 

Shundagina o‘qituvchi nutqining har bir so‘zi va jumlasi aniq talaffuz etiladi.  

O‘qituvchi  nutqining  asosiy  xususiyatlaridan  yana  biri  –  nutqning  mimik  va 

pantomimik  harakatlari bilan  mos kelishidir.  Mimika  – o‘z  fikrining hissiyoti va  ruhiy 




 


Download 9,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   373   374   375   376   377   378   379   380   ...   1014




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish