92
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
XALQARO BAHOLASH DASTURLARINING AHAMIYATI
Xujamqulova Gulchehra Yuldashovna,
Toshkent viloyati Toshkent tumani 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf
o‘qituvchisi
Xudoyqulov T. O‘.,
Respublika ta’lim markazi o‘quv adabiyoti talabi, dizayni va istiqboli bo‘limi
metodisti
So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan
iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va
yetuk mutaxasislarga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda.
Yuqoridagi talablarning ta’lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy
davlatlardagi kabi ta’lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish
orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg‘or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini
anglatadi. Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘lida xorijiy ilg‘or tajribalarni
o‘rganish, xalqaro standartlar talablarining joriy etilishi muhim ahamiyatga ega. Bu
borada O‘zbekiston Respublikasida qo‘yilayotgan amaliy qadamlarga xalq ta’limi
tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarning tashkil etilishi
to‘g‘risida hukumat qarorining qabul qilinishi ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash
xalqaro assotsiatsiyasidek (IEA) nufuzli tashkilot bilan hamkorlik aloqalarining yo‘lga
qo‘yilishini misol sifatida keltirish mumkin.
1958-yildan buyon ushbu tashkilot ta’lim sohasiga oid ko‘plab mavzular bo‘yicha
o‘ttizdan ortiq qiyosiy tadqiqotlarni o‘tkazdi. Jumladan, matematika va tabiiy fanlar
(TIMSS), o‘qish (PIRLS), fuqarolik va fuqarolik ta’limi (ICCS), kompyuter va axborot
texnologiyalari bo‘yucha savodxonlik (ICILS) kabi yo‘nalishlarda o‘quvchilarning bilim
va ko‘nikmalari, umuman olganda ta’lim olish jarayonida erishgan yutuqlarini baholab
kelmoqda.
O‘quvchilarning erishgan yutuqlarini o‘rganishda barcha o‘quvchilardan emas,
balki ushbu qatlamning vakillari sifatida tanlab olingan o‘quvchilardan obyektiv testlarni
o‘tkazish orqali baholanadi. Shuningdek, maktab direktorlari, o‘qituvchilari,
o‘quvchilari, hattoki ota-onalardan so‘rovnomalar o‘tkazilib, maktabdagi ta’lim sifatiga
ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, jumladan, maktab resurslari, o‘quvchilarning ta’lim olishga
oid qarashlari, o‘qitish usullari hamda uy sharoitida o‘quvchilarning bilim olishi
qanchalik darajada qo‘llab–quvvatlanayotganligiga doir qimmatli ma’lumotlar
to‘planadi.
PISA (Programme for International Student Assessment) – turli davlatlarda 15
yoshli o‘quvchilarning savodxonligi (o‘qish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini
amaliyotda qo‘llash qobilyatini baholash dasturi. Bu dastur 3 yilda bir marotaba