93
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
o‘tkaziladi. Dastlab 1997-yilda ishlab chiqilgan va 2000-yilda birinchi marta
qo‘llanilgan. Bu dastur bo‘yicha har uch yilda o‘quvchilarning bilimini baholash
maqsadida sinovlar o‘tkaziladi. Hozirgi kungacha jami 7 marta (2000, 2003, 2006, 2009,
2012, 2015 va 2018-yillar) PISA dasturi bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilgan bo‘lib,
keyingi sinovlar 2021-yilda bo‘lishi rejalashtirilgan. Mamlakatimiz hamda 2021-yidan
bu dasturga qo‘shilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Lekin bu dasturdan qatnashishdan
maqsad testlarni o‘tkazish yoki o‘quvchilarni testga tayyorlash emas , o‘quvchilarimizda
XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish raqobatbardosh kadrlarni yaratish uchun
mustahkam zamin yaratish hisoblanadi.
O‘zbekiston ta’lim sohasida islohotlarning yangi bosqichi hisoblangan PISA
dasturida ishtirokiga tayyorgarlik bosqichi ustozlardan o‘z ishlariga yangicha
yondashishni talab etadi. Bu tizim mamlakatimizda yangi, bu borada ishlar endi
boshlanganini nazarda tutsak, birinchi navbatda o‘qituvchilarni bu tizim bilan
tanishtirish, tizim talabi va imkoniyatlarini ularga tushuntirish kerak bo‘ladi . PISA bir
xil standart va talab bilan butun dunyo bo‘yicha o‘quvchilar bilimini baholaydi. Uning
baholash talablarini hech bir davlat milliy standartiga yoki o‘quv dasturiga solishtirib
bo‘lmaydi. Bunda o‘quvchilar bilimi o‘qish, matematik savodxonlik va tabiiy fanlar
savodxonligi yo‘nalishlarida o‘zlashtirgan bilimlarini hayotiy vaziyatlarda qay darajada
ishlata olishi tekshiriladi.
TIMSS (Trends in Mathematics and Science Study) - maktabda 4 va 8-sinf
o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini
baholash dasturi, ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan
tashkil etiladi. Qo‘shimcha ravishda maktablarda matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha
berilayotgan ta’lim mazmuni, o‘quv jarayoni, o‘quv muassasasi imkoniyati, o‘quvchilar
salohiyati, ularning oilalari bilan bog‘liq omillar o‘rganiladi. Ushbu ma’lumotlar
belgilangan fanlarni o‘zlashtirish holatini ko‘rsatishda asos bo‘ladi.
PIRLS (Progress in International Reading and Literacy Study) - boshlang‘ich 4-
sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash dasturi 2001-yilda
ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan tashkil
etilgan. Xalqaro tadqiqotni tashkil etish uchun barcha mas’ulyat Chestnut Hill
(Massachusets, AQSH) Boston kollejiga yuklatilgan. Shuningdek, tadqiqot uchun
topshiriqlarni tayyorlash Germaniya (Gamburg) ma’lumotlar markazida amalga
oshiriladi.
Xalqaro baholash dasturi PIRLS dunyoning turli mamlakatlari milliy ta’lim
tizimida o‘qish savodxonligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va natijalarni
qiyoslashga yo‘naltirilgan. 2016-yildan boshlab qo‘shimcha tanlov asosida PIRLS tizimi
joriy qilingan bo‘lib, u o‘quvchilarning onlayn o‘qish savodxonligini baholashga
mo‘ljallangan. Internet o‘quvchilar uchun ma’lumotlar olishning boshlang‘ich yo‘li
hamda maktab fanlari doirasida izlanishlar olib borish uchun markaziy manba
Do'stlaringiz bilan baham: |