Bog'liq НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri
Xalqimizning kelajagi uchun suvday, havoday zarur bo‘lgan bunday sohalarga birinchi va eng katta homiy - davlatning o‘zi>>, dedi. Bu moddiy jihatdan birmuncha qiyinchilik sezi- layotgan bir davrda ma’naviy hayotimizga davlat g‘amxo‘rligining yorqin ko‘rinishidir. Zotan, har yili ma’naviy va ma’rifiy ravnaq uchun davlat jamg‘armasidan katta miqdorda mablag ‘ ajratilayot- gani, mazkur tarmoq tashkiliy-ijodiy ishlarini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Birgina misol sifatida shuni aytish mumkinki, sobiq Ittifoq doirasidagi mamlakatlaming hech biri- da 0‘zbekistondagichalik ko‘p miqdorda darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, dasturlar nashr etilmagan va ommaviy tarzdagi tadbir- lar amalga oshirilmagan.
Bulaming hammasi 0‘zbekistonda milliy madaniyat va ma’naviyat ravnaqining keng miqyosli dasturi mavjudligini, unga bevosita davlatning o‘zi, hukumatning rahnamolik qilayotganini ko‘rsatadi.
Mustaqillik yillarida ma’naviy poklanish haqida gap ketganda 0‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishi va uning ahamiyatiga ham kitobxon e’tiborini tortish lozim.
1989 yil 21-oktabrda qabul qilingan «0‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida»gi Qonun xalqimiz milliy ongining rivoj- lanishida, mamlakat mustaqilligining mustahkamlanishida, madaniy merosning tiklanishi va jamiyatning ma’naviy yangilanishida muhim rol o‘ynadi.
Qonunning o‘zbek tiliga Davlat tili maqomini berish to‘g‘ri- sidagi qoidalari keyinroq, 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan 0‘zbekiston Konstitutsiyasida mustahkam lab qo‘yilgan bo‘lib, bu ko‘pchilik aholining, respublikada yashovchi barcha millat va elatlaming namoyandalari tomonidan ma’qullandi va qo‘llab- quwatlandi.
Davlat tili haqidagi Qonun qabul qilinganidan keyingi yillar mobaynida respublikada katta ish qilindi. 0‘zbek tilini davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, sudlarda, davlat notarial idoralarida qo‘llash to‘g‘risidagi moddalar ro‘yobga chiqarildi. Xalq ta’limi, fan sohalarida, ommaviy axborot vositalarida tub o'zgarishlar amalga oshirildi. Ko‘plab tarixiy nomlar tiklandi, atamalar milliy til asosla- riga muvofiq yangilana boshlandi.
Davlat tili respublika ijtimoiy hayotiga chuqurroq kirib bordi. Ayni paytda boshqa milliy tillami o‘rganish va ulardan foydalanish uchun sharoitlar yaratildi. Til muammosiga jiddiy ilmiy-amaliy tarzda yondashuv ta’minlandi. Bu esa, qonun qabul qilish arafasida ayrim kishilarda pay do bo‘lgan til muammolari atrofida, xususan, Davlat tili bilan bir qatorda rasmiy til ham e’lon qilinarmish, degan uydirmalar, soxtakorliklar va siyosiy o‘yinlami bartaraf etdi.
Respublikada yashaydigan boshqa xalqlaming tillarini o‘rganish va qo‘llash erkinligi ta’minlanishi bilan birga 0‘zbekistonda aholining mutlaq ko‘pchiligi foydalanadigan bitta davlat tili bo‘lishi kerak, degan nuqtayi nazarga amal qilindi.
Bu sobitqadam yo‘l 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan «Lo- tin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi Qonunda va 1995-yil may oyida Oliy Majlisning ikkinchi sessiyasida qabul qilingan 0‘zbekiston Respublikasining «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi Qonunda yanada mustahkamlandi va rivojlantirildi.
Mazkur qonunlar o‘zbek tilining Davlat tili sifatidagi maqomi- ning mustahkamlanishi, mamlakatning har taraflama kamol topishi va jahon kommunikatsiya tizimiga kirishi uchun ancha qulay shart- sharoit yaratib berdi.
Mazkur qonunlami ishlab chiqish jarayonida to‘plangan tajriba har taraflama umumlashtirildi va tahlil etildi, Davlat tiliga o‘tish bo‘yicha qilingan ishlar xolis baholandi. Puxta o‘ylab, real jarayon- lar va imkoniyatlami hisobga olib, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini uzil-kesil joriy etishni 2005 yilgacha bosqichma-bosqich amalga oshirib borishga qaror qilindi.
Mutlaqo ravshanki, til islohoti bilan bog‘liq barcha sanalar yangi Qonun hujjatlariga muvofiq holga keltirilishi kerak. Negaki, davlat tilini eski alifboda joriy etib, so‘ngra yangi yozuvga o‘tish maqsadga muvofiq emas.
Ana shu holatlaming hammasini hisobga olib, «0‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida»gi Qonunga zarur o‘zgarishlar kiritish ehtiyoji tug‘ildi. Bu qonun respublika hali SSSR tarkibida bo‘lgan va madaniy-ma’naviy sohada o‘ziga xoslikni mustahkam- lashga intilgan bir sharoitda qabul qilingan edi. Shundan beri vaziyat tubdan o‘zgardi.
Qonurming ko‘pgina moddalari va qoidalari jiddiy o‘zgartirishlar hamda qo‘shimchalar kiritishni taqozo eta boshladi, ayrimlari esa eskirdi.
Davlat va ijtimoiy sohaning barcha tomonlarini isloh qilishning respublikada qabul qilingan va hayot tasdig‘idan o‘tgan konsepsiya- si o‘zgartirishlaming izchilligi, bosqichma-bosqichligi tamoyilidan kelib chiqadi. Bu til muammosiga to‘la taalluqlidir.
0‘z kuchi va kelajagiga ishongan xalqning bag‘ri keng bo‘ladi. 0‘zbekistonning mustaqilligi va taraqqiyoti puxta ta’minlangan, xalqimiz o‘zining buyuk kelajagini dadil bunyod etayotgan bugungi kunda mustahkam zamin yaratmasdan turib, shoshmashosharlik qilishning zarurati yo‘q.
Ko‘rilayotgan choralarga qaramay, respublikada istiqomat qila- yotgan turli millatga mansub fuqarolaming barchasi o‘zbek tilini tez va erkin o‘zlashtirib olishni ta’minlaydigan zamonaviy uslubi- yotlar, darsliklar va o‘quv-ko‘rgazmali qo‘llanmalar sekinlik bilan yaratilayotgan edi. Rusiyzabon maktablarda va auditoriyalarda ish- lash uchun maxsus tayyorlangan malakali mutaxassislar - o‘zbek tili o‘qituvchilari ham yetarli emas edi.
Qonunning ayrim qoidalari qayta ко‘rib chiqishni, tahrir qilishni talab qilardi. Xususan, 4-modda davlat hokimiyati va boshqamvning barcha xodimlaridan o‘z xizmat vazifalarini bajarish uchun yetarli darajada davlat tilini bilishni taqozo etadi. Bu borada yoshiga yoki ish stajiga ko‘ra hech qanaqa istisno nazarda tutilmagan. Amaliyot shuni ko‘rsatdiki, bu talabni ms tilida o‘qigan va uzoq yillar shu tilda kasb-kor bilan shug‘ullangan yuzlab va minglab keksaygan malakali mutaxassislar bajarishga qodir emas edi. Ularga jamiyat ravnaqi yo‘lida xotiijam ishlash va o‘z imkoniyatlaridan loaqal pensiya yoshiga yetgunga qadar samarali foydalanishlari uchun imko- niyat berish maqsadga muvofiq bo‘lib qoldi. Davlat tilini o‘rganish bo‘yicha barcha harakatlami 5-10 yilda davr talabiga mos yangi mutaxassislar tayyorlaydigan maktablar, texnikumlar, oliy o‘quv yurcla- riga qaratish lozim bo‘lib qoldi.
Hamma joyda Davlat tili va yangi alifboga o‘tish asosli o‘quv- uslubiy negizni yaratishni taqozo etardi. Pedagogika oliy o‘quv yurt- lari va universitetlarida o‘zga tilda so‘zlashuvchilar o‘qiydigan maktablar uchun o‘zbek tili o‘qituvchilari tayyorlash bo‘yicha maxsus fakultetlar va bo‘limlar ochish, ilmiy-uslubiy tadqiqotlami kengaytirish va chuqurlashtirish, yangi darsliklar va qo‘llanmalami nashr etish lozim edi.
Ushbu bayon qilingan takliflami ro‘yobga chiqarish til isloho- ti uchun mustahkam, о‘zaro uyg‘unlikdagi qonuniy asosni vujudgakeltiradi. Taklif etilayotgan tadbirlar hamma yerda ancha uyushqoq- lik bilan, ortiqcha xarajatlarsiz davlat tiliga o‘tish imkonini beradi. 0‘zbekistonda ba’zi mamlakatlardagidan farqli o‘laroq, tilga yoki boshqa belgilariga doir biron bir cheklash yoki senzlar belgilani- shi istisno etiladi. Bu xalqimiz ko‘z qorachig‘idek ardoqlayotgan barqarorlikni, fuqarolar tinchligini va millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlashga ko‘maklashishini hisobga olib 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 22-dekabrdagi sessiyasida «0‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida»gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi.
Bu ham mamlakatimizda aholining ma’naviy barkamolligi uchun xizmat qiluvchi bir omil sifatida ahamiyatga ega bo‘ldi.
Prezident I. Karimovning 2008-yili nashr etilgan «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» nomli kitobi esa mustaqillik yillarida shakllangan milliy g‘oya asosida yuksak ma’naviyatni, barkamol ja- miyatni barpo etish borasidagi tarixiy tajribalaraing yakuni, bu soha- dagi strategik maqsadlarimizning o‘ziga xos konsepsiyasi vazifasini bajarmoqda.