11.03.2022, 09:08
Tutqich bermas graviton
https://www.orbita.uz/index.php?view=article&catid=69%3Aqiziqarli-fizika&id=792%3Atutqich-bermas-graviton&tmpl=component&print=1&layout=… 5/6
Teskari misol keltirsak. Agar Quyosh va Yer o‘rtasidagi hozir amalda bo‘lgan gravitatsiya kuchiga teng elektromagnit tortishish kuchini
hosil qiladigan obyektlarning o‘lchami qanday bo‘lishi mumkin edi? Unda, Quyoshning massasi atiga 1 million tonna bo‘lib (ya'ni, million
tonna elektron), Yer esa atiga 3,33 tonna pozitronlardan iborat bo‘lishi zarur bo‘lardi. Taqqoslash uchun shuni eslab o‘tish joizki,
Koinotda sang‘ib yurgan kichik o‘lchamli, "mayda"
asteroid
ham 1 million tonna atrofida bo‘ladi. Quyosh esa hozirda 1,99·10
27
tonna
massaga ega! 3,33 tonnani esa tasavvur qilishga qiynalmasangiz kerak. Axir bu oddiy traktor ham ko‘tara oladigan uncha katta
bo‘lmagan massa xolos...
Bundan yanada g‘alati xulosalar kelib chiqadi. Masalan, hozir Quyoshga 1 million tonna elektron va Yerga 3,33
tonna pozitron
joylashtirilsa, ular tufayli
Yer
va
Quyosh
o‘rtasidagi tortishish kuchi keskin o‘zgaradi va orbita parametrlari butunlay boshqacha ko‘rinish
oladi. Agar, har ikkala osmon jismiga, ko‘rsatilgan miqdorda faqat elektron joylashtirilsa, unda ular orasida yuzaga keladigan
elektromagnit
itarish kuchi tufayli, Quyosh Yerni juda uzoq masofaga itarib yuboradi. Shunday uzoq masofaga itaradiki, Yer hozirgi
Quyosh tizimi
chegaralaridan ham juda uzoqqa ravona bo‘ladi.
Albatta, bu hammasi qog‘ozdagi hisob-kitoblar xolos. Elektromagnit kuchlarning shu darajada kuchli ekanligi faktining o‘zi ushbu kuchni
tashuvchi, ya'ni, bir xil zaryadlangan zarralarni bir joyda to‘planishi mumkin emasligini taqozo qiladi. Chunki, ular yoki bir-birini
neytrallab
yuboradi, yoki, bir-birini favqulodda uzoq masofalarga itarib yuboradi.
Siz, Quyoshni futbol to‘pi kattaligidagi mayda-mayda bo‘laklarga bo‘lib, butun Quyosh tizimi bo‘ylab sochib yuborishni va keyin ushbu
bo‘laklarni bir-biridan muayyan masofada turib, o‘zaro tortishib, birlashib ketmasligini ta'minlaydigan asbob yasash mumkinligini
tasavvur qila olasizmi? Albatta, bu Yaratgan boshqasi uchun mutlaqo imkonsiz narsa. Lekin, million tonna elektronlarni yig‘ib, ularni
futbol to‘pi kattaligida birlashtirish undan ham mushkulroq vazifadir.
Agar Koinot elektron va pozitronlardan tashkil topgan bo‘lganida edi, ular elektromagnit tortishish kuchi evaziga bir joyga to‘planib olib,
bir-birlarini neytrallab yuborishardi va gamma-nurlar tarzida butun Koinotga sochilib ketgan bo‘lishardi.
Xayriyatki, Koinot elektron va protonlardan tashkil topgan va aynan ular bizning olamda asosiy zaryadlangan zarralardir.
Garchi
ularning zaryadlari o‘zaro qarama-qarshi bo‘lsa ham, (elektron −1, proton esa +1) ularning boshqa xossalari, xususan, massalari
tamomila tubdan farq qiladi. Shu sababli ham, proton-elektron sistemasi antizarralar hisoblanmaydi va ular bir-birini neytarallashi (bir-
birini yo‘q qilishi) mumkin emas.
Lekin ular aynan zaryad ishoralarining turlicha ekanligi sababidan bir-biri bilan o‘zaro tortishadi va bu faktni inkor etishning iloji yo‘q.
Elektron va proton bir-biriga yaqinlashar ekan, oraliqda muayyan masofa qoladi va natijada
vodorod
atomi vujudga keladi.
Protonlar elektromagnit kuchni ham yengib o‘tib, bir-biri bilan zich tarzda jipslashib olishi mumkin. Chunki, ular orasida elektromagnit
itarilish kuchidan ko‘ra kuchliroq bo‘lgan, qisqa muddatli yadroviy o‘zaro ta'sir mavjud bo‘ladi. Protonlarning shunday o‘zaro birikishidan
vodoroddan boshqa elementlarning ham atomlari vujudga keladi.
Demak, keling endi umumiy xulosalarni yasaymiz:
Yadroviy
kuchlar -
atom
yadrosida hukmron bo‘ladi; elektromagnit kuchlar esa atom miqyosida hukmron bo‘ladi; gravitatsiya esa
massasi ulkan astronomik obyektlarning fazodagi joylashuvini belgilaydi.
Gravitatsiya kuchining naqadar ulkan miqyosda - butun boshli Koinotda hukmron ekanini inobatga olsak, shunga qaramay uning kuchi
naqadar zaifligini eslasak, nega fiziklarning gravitatsiyadan hafsalasi pir bo‘lib, ishtiyoqi xunob bo‘lishi oydinlashadi.
Tabiatda turli xil kuchlar zarrachalar tomonidan tashiladi. Masalan, biz ta'kidlagan eng qudratli kuch - yadroviy kuchlar pi-mezonlar deb
nomlanadigan zarrachalar vositasida tashiladi. Elektromagnit kuchni esa fotonlar tashiydi. Kuchsiz o‘zaro ta'sirlar vositachisi bo‘lgan
zarrachani olimlar "
Do'stlaringiz bilan baham: