11.03.2022, 09:08
Tutqich
bermas graviton
https://www.orbita.uz/index.php?view=article&catid=69%3Aqiziqarli-fizika&id=792%3Atutqich-bermas-graviton&tmpl=component&print=1&layout=… 1/6
01.02.2017 13:56
Muzaffar Qosimov
Maqolalar
-
Qiziqarli fizika
Tutqich bermas graviton
Maqola Reytingi:
/ 3
Juda yomon!
A'lo!
BAHOLASH!
Tutqich bermas graviton
Maktabimizda sport zalida shiftdan osilib turadigan gimnastika halqasi bor edi. U
paytlar men hali ancha kichkina va tabiiyki yengil edim.
Qolaversa, jismoniy
mashqlarga nisbatan hozirgidan ko‘ra jur'atliroq bo‘lgan bo‘lsam kerak. Harholda,
o‘shanda sport zaldagi gimnastika halqasida tez-tez shug‘ullanib, osilib o‘ynash
bahonasida turli mashqlarni qo‘rqmay bajarardim. Ayniqsa
menga halqada muvozanat
saqlagach, havoda o‘z atrofimda aylanib sakrab yumshoq matga irg‘ib tushish mashqi
yoqardi. Biroq... shunday sakrashlarning birida men beso‘naqay harakatim tufayli
noto‘g‘ri irg‘ib, juda noqulay yiqildim. o‘shanda oqsoqlangancha zaldan chiqib kelar
ekanman, qaytib halqadan sakrashga urinmaydigan darajada yurak oldirib qo‘ygan
edim.
Lekin, ushbu achchiq saboq keyinchalik menga o‘zim
yoqtirgan tarzda, ilmiy yondoshuv bilan mulohaza yuritish uchun ham asos
bo‘lgan edi. Men katta sinflarga o‘tganimda va ayniqsa oliygohda o‘qiyotganimda, inersiya mavzusi yuzasidan ancha-muncha bilimlarni
egalladim va unda vektorlarning o‘zaro ko‘paytirilishi, hamda, differensiallash bo‘yicha hisob-kitob qonuniyatlari bilan yaqindan
tanishdim.
Xullasini aytganda, o‘sha yiqilish menga og‘irlik kuchining naqadar xatarli bo‘lishi mumkinligini va agar uni (muvozanatni) muntazam
nazoratda tutilmasa, odamni yerga chalpak qilishi mumkinligini o‘z tanamda his etish orqali yaxshilab tushunib olgan edim. Esdan
chiqmaydigan bo‘lib tushunib olgan edim desam ham to‘g‘ri bo‘lsa kerak.
Albatta, og‘irlik kuchi bilan ushbu olamda yashayotgan har bir tirik jon, har bir inson tug‘ilishidanoq to‘qnash keladi. 1 yosh atrofidagi
go‘dak bolakay ilk qadamlarini
tetapoya qilar ekan, u o‘shandayoq og‘irlik kuchining nima ekanini o‘z tanasida his eta boshlaydi. U
qadam tashlashni ongli ravishda nazorat qilishni mukammal o‘rgangunicha, bir necha marta qoqiladi, yiqiladi va yumalab ham ketadi.
Umuman olganda, fiziologlarning fikriga ko‘ra, og‘irlik kuchini his qilish, ya'ni, yiqilib tushishdan cho‘chish hissi odamga instinktiv
berilgan emish.
Agar, ushbu fikrga qo‘shiladigan bo‘lsak, demak, gravitatsiya - hamma odam hayotining ilk lahzasidanoq to‘qnash
keladigan va
kurashishga kirishadigan eng birinchi kuch bo‘lar ekan. Biz har soniya, har onda uning ta'sirini his etib turamiz. Chunki, har bir nafas
olib-chiqarishimizga, yurak ritmimizga, qadam tashlashimizga va umuman, tanamizdagi hamma-hamma
jarayonlarga gravitatsiya
muntazam ta'sir etib turadi va tanamizning har bir a'zosi unga qarshi muntazam kurashishiga to‘g‘ri keladi. Biz aynan gravitatsiyaga
qarshilik ko‘rsatish uchun ham muayyan kuch-quvvat, energiya sarflab yashaymiz.
Lekin, shuni ham unutmaslik kerakki, aynan gravitatsiya bizning eng kuchli himoyachimiz hamdir. Aynan gravitatsiya sababli biz ona
sayyoramiz bag‘rida bemalol yuramiz. Gravitatsiya bizni Yerga bog‘lab turadi va ochiq koinotga chiqib darbadar ketishimizdan saqlaydi.
Bizga hayot uchun favqulodda zarur narsalar - suv va havoni ham aynan gravitatsiya tutib turadi va ochiq koinotga tarqab ketishidan
ihota qiladi. Yerimizni Quyosh atrofidagi orbitasida barqaror turishi ham aynan gravitatsiya sabablidir.
Ushbularni mulohaza qilib ko‘rilsa, gravitatsiya - Koinotdagi eng katta kuch ekan degan xulosaga kelish tabiiy. Lekin, qizig‘i shundaki,
agar boshqa kuchlar bilan taqqoslansam gravitatsiya unchalik ham katta kuch emas. Keling, gravitatsiyaning kuchini elektromagnit
kuchi bilan solishtiramiz. Elektromagnit
kuchi - temirni magnitga,
elektron
ni protonga tortilishini ta'minlovchi kuchdir. Gravitatsiyadan
farqli o‘laroq, elektromagnit kuchi jismlarni nafaqat tortishishini, balki itarilishini ham ta'minlay oladi. Gravitatsiya esa faqat tortadi.
Xo‘sh, qanday qilib ushbu fundamental kuchlarni o‘zaro taqqoslash mumkin?
Keling shunday tasavvur qilamiz: Koinotda atiga ikkita jism mavjud va bizda ular orasidagi gravitatsiya
kuchini aniqlash imkoni bor
(boshqa jismlarni inobatga olmaymiz). Ushbu obyektlar orasidagi ta'sir qilayotgan gravitatsiya kuchini Nyutonning quyidagi
formulasidan foydalanib aniqlashimiz mumkin:
bu o‘rinda -