Tsz: Tabiiy resurslar / Er] O‘zbekiston respublikasining yer kodeksi


-modda. Yer to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganda yer uchastkasini olib qo‘yish



Download 173,02 Kb.
bet29/62
Sana31.03.2022
Hajmi173,02 Kb.
#520868
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   62
Bog'liq
Yer kodeksi

38-modda. Yer to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganda yer uchastkasini olib qo‘yish
Ushbu Kodeks 36-moddasi birinchi qismining 6 — 11-bandlarida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek yer to‘g‘risidagi qonunchilik buzilgan boshqa hollarda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organ yer egasini yoki yerdan foydalanuvchini oldindan ogohlantirganidan keyin yer uchastkasini bergan organga yer uchastkasini olib qo‘yish haqida taqdimnoma kiritadi. Yer uchastkasini bergan organ taqdimnoma asosida bir oylik muddatda uni olib qo‘yish haqida sudga da’vo arizasi kiritadi. Yer uchastkasini bergan organ, zarur hollarda, yer uchastkasining holatini hamda yer egasi yoki yerdan foydalanuvchi tomonidan yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning sifatini qo‘shimcha ravishda tekshirishni tayinlashga haqli.
(38-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.14.00 Er uchastkalari mulkdorlari, yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari]
5-BOB. YER EGASI, YERDAN FOYDALANUVChI, IJARAChI VA YER UChASTKASI MULKDORINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
39-modda. Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdorining huquqlari
Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori quyidagi huquqlarga ega:
1) yer uchastkasida undan foydalanish maqsadiga muvofiq mustaqil xo‘jalik yuritish;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida”gi Qonuni 20-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni 22-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni 12-moddasi birinchi qismining birinchi, ikkinchi xatboshilari.
2) qishloq xo‘jalik ekinzorlari va ko‘chatzorlari hamda dov-daraxtlarga, yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsuloti va uni realizatsiya qilishdan olingan daromadga bo‘lgan mulk huquqi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni 19-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunining 15-moddasi.
3) yer uchastkasidagi mavjud keng tarqalgan foydali qazilmalar, o‘rmonzorlar, suv obyektlaridan xo‘jalik ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda foydalanish, shuningdek erning boshqa foydali xossalarini ishga solish;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonunining 31-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunining 18, 181, 26, 27-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “O‘rmon to‘g‘risida”gi Qonunining (Yangi tahriri) 31 — 32-moddalari.
4) yerlarni sug‘orish va ularning zaxini qochirish, agrotexnika va boshqa melioratsiya ishlari o‘tkazish;
5) qishloq xo‘jalik ekinlarini, dov-daraxtlarni sug‘orish hamda boshqa maqsadlar uchun sug‘orish manbalaridan limitlarga muvofiq suv olish;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunining 18, 181, 26, 27, 30-moddalari.
6) belgilangan tartibda uy-joy binolari, ishlab chiqarish, madaniy-maishiy hamda boshqa imoratlar va inshootlarni barpo etish, yer uchastkalaridan foydalanish maqsadi va loyiha hujjatlariga muvofiq ularni qayta qurish va buzib tashlash. Yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar bu ishlarni yer egalari bilan kelishib amalga oshirishga haqli;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 26-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 53 — 55-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-dekabrdagi 272-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi to‘g‘risida”gi nizom.
7) yer uchastkasi olib qo‘yilgan taqdirda unga yetkazilgan zararning (shu jumladan boy berilgan foydaning) qoplanishini yoki yer uchastkasidan ixtiyoriy ravishda voz kechilganida sarflangan xarajatlarning to‘lanishini talab qilish;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 86-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga, shuningdek, yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan hollarda yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi”gi nizom, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi 911-son qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
8) yer uchastkasini yoki uning bir qismini qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha foydalanishga va ichki xo‘jalik ijarasiga berish;
(39-modda birinchi qismining 8-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 20-moddasining yettinchi, sakkizinchi qismlari, 24-moddasining uchinchi, to‘rtinchi qismlari.
Oldingi tahrirga qarang.
9) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini yoki uning bir qismini qonunchilikda belgilangan tartibda ikkilamchi ijaraga berish.
(39-modda birinchi qismining 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yer egasi bo‘lgan fuqaro yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini, shu jumladan kim oshdi savdosi asosida olingan shunday huquqni dehqon xo‘jaligi yuritish, yakka tartibda uy-joy qurish maqsadida kreditlar olish uchun garovga qo‘yishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Garov to‘g‘risida”gi Qonunining 1 — 26, 30, 32, 43-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumlarining 2006-yil 22-dekabrdagi 13/150-sonli “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qo‘shma qarorining 18-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(39-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Ipoteka to‘g‘risida”gi Qonunining 6, 9-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi 16-sonli “Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 17-bandi.

Download 173,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish