Tsz: Tabiiy resurslar / Er] O‘zbekiston respublikasining yer kodeksi


-modda. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar



Download 173,02 Kb.
bet25/62
Sana31.03.2022
Hajmi173,02 Kb.
#520868
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   62
Bog'liq
Yer kodeksi

33-modda. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi guvohnoma yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatdir.
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi guvohnoma mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkasi berish (ajratish) to‘g‘risidagi qaroriga yoki ijara, oldi-sotdi shartnomasiga hamda yer uchastkasini o‘zga shaxsga o‘tkazishning boshqa turlariga, yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini beruvchi davlat orderiga, mulkdorlarning yoki ular vakolat bergan shaxslarning qaroriga asosan beriladi.
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquq ushbu huquq belgilangan tartibda davlat ro‘yxatiga olinganidan keyin kuchga kiradi.
(33-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-iyuldagi O‘RQ-487-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 35-moddasi to‘rtinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 84-moddasi ikkinchi qismi, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
(34-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
35-modda. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish
Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlari davlat ro‘yxatiga olinishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 84-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasi.
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish yer uchastkalari joylashgan erda amalga oshiriladi. Davlat reyestriga quyidagilar kiritiladi:
1) yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni olgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
2) yer uchastkasining tavsifi (erlarning toifasi, foydalanish maqsadi, maydonining turi, sathi, birgalikda egalik qilish yoki foydalanish ulushi, chegaralari, kadastr tartib raqami va boshqa tavsifnomalari);
3) yer uchastkasi berish to‘g‘risidagi shartnoma talablariga, yer uchastkasini saqlash vazifalari va servitutlarga oid ma’lumotlar;
4) vakolatli organlarning yer uchastkasini davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun ajratib olish zonasiga kiritish to‘g‘risidagi qarorlari;
Oldingi tahrirga qarang.
5) qonunchilikda belgilangan boshqa ma’lumotlar.
(35-modda ikkinchi qismining 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatiga olish yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi zarur hujjatlar ham ilova etilgan ariza kelib tushgan paytdan e’tiboran o‘n kunlik muddatda tegishli vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(35-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatiga olingani to‘g‘risida ro‘yxatga olingan sana va tartib raqami ko‘rsatilgan holda guvohnoma beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 84-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonuni 13-moddasining oltinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatiga olishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
davlat ro‘yxatiga olish organida mazkur yer uchastkasi kimga tegishli ekanligi to‘g‘risida nizo borligidan dalolat beruvchi hujjatlar mavjudligi;
davlat ro‘yxatiga olish organida mazkur yer uchastkasi qonunda belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjudligi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 31-bandi.
(35-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(35-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-dekabrdagi 543-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat yer kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 13 — 15-bandlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning I, II, III, VII, VIII, X bo‘limlari.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.11.00 Erga bo‘lgan huquqlarning bekor bo‘lishi]

Download 173,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish