26-modda. Yer uchastkalaridan imorat qurish uchun foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalarini (haydaladigan yerlar bundan mustasno) doimiy egalik qilishga va foydalanishga, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga, uzoq muddatli vaqtincha foydalanishga, ijaraga va mulk qilib olgan yuridik va jismoniy shaxslar qonunchilikka muvofiq yer uchastkasini saqlash vazifasiga oid majburiyatlar bajarilgan taqdirda o‘zlari olgan korxonalar, binolar, imoratlar, inshootlarni belgilangan tartibda qurish, buzish yoki rekonstruksiya qilishga haqlidir.
(26-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 29-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 53 — 55-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-dekabrdagi 272-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi to‘g‘risida”gi nizom, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.05.2018-yildagi 370-sonli “Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 14-sonli “Yakka tartibda qurilgan uyga bo‘lgan mulk huquqi bilan bog‘liq nizolar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 3 — 5, 8, 24, 25-bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 19-noyabrdagi 220-sonli “Mulk huquqini tan olishga oid ishlarni ko‘rishda iqtisodiy sudlar tomonidan qonun hujjatlari qo‘llanilishining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 12 — 14-bandlari.
Oldingi tahrirga qarang.
27-modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun yer uchastkalarini realizatsiya qilish
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun 0,04 gektargacha yer uchastkalari elektron onlayn-auksion orqali mulk huquqi asosida realizatsiya qilinadi.
Yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilishda yer uchastkalarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash shartlari nazarda tutilishi kerak.
(27-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 Mahalliy soliqlar va yig‘imlar / 07.11.02.00 Er solig‘i / 07.11.02.01 Er solig‘i to‘lovchilar va soliqqa tortish obyekti;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.16.00 Erdan foydalanganlik uchun to‘lovlar (shuningdek, 07.11.02.00ga qarang)]
Do'stlaringiz bilan baham: |