Tsz: Tabiiy resurslar / Er] O‘zbekiston respublikasining yer kodeksi


-modda. Yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish, qayta sotib olish



Download 173,02 Kb.
bet28/62
Sana31.03.2022
Hajmi173,02 Kb.
#520868
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   62
Bog'liq
Yer kodeksi

37-modda. Yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish, qayta sotib olish
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasini yoki uning bir qismini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer egasining roziligi bilan yoki yerdan foydalanuvchi va ijarachi bilan kelishilgan holda tegishincha xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qaroriga yoxud O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan olib qo‘yiladi.
Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish faqat quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
mudofaa va davlat xavfsizligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ehtiyojlari, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun yerlar berish;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish;
foydali qazilmalar konlarini aniqlash va qazib olish;
avtomobil va temir yo‘llarni, aeroportlarni, aerodromlarni, aeronavigatsiya obyektlarini va aviatexnika markazlarini, temir yo‘l transporti obyektlarini, ko‘priklar, metropolitenlar, tunnellarni, energetika tizimi obyektlarini va elektr uzatish tarmoqlarini, aloqa tarmoqlarini, kosmik faoliyat obyektlarini, magistral quvurlarni, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish (rekonstruksiya qilish);
aholi punktlari bosh rejalarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan obyektlarni qurishga oid qismini ijro etish maqsadida, shuningdek qonunlarda va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida to‘g‘ridan to‘g‘ri nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish to‘g‘risida qarorlar qabul qilishga faqat olib qo‘yilishi rejalashtirilayotgan yer uchastkalarida joylashgan ko‘chmas mulk mulkdorlari bilan ochiq muhokama o‘tkazilganidan, foyda va xarajatlar baholanganidan, shuningdek tegishincha Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘arma bilan majburiy ravishda kelishilganidan keyin yo‘l qo‘yiladi.
Yer uchastkalarini olib qo‘yishda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarining buzilishiga turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan imoratlar, ishlab chiqarish binolari va inshootlari hamda boshqa bino va inshootlar amalda to‘liq bo‘shatib qo‘yilganidan, olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarining bozor qiymati, ko‘chirish, yuridik, jismoniy shaxslarni yangi joylashgan eri yoki yashash joyiga, shu jumladan vaqtinchalik olingan ko‘chmas mulk obyektiga ko‘chirish bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning zararlari, shu jumladan boy berilgan foyda va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa xarajatlarning o‘rni to‘liq qoplanganidan so‘ng ruxsat beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organining (mansabdor shaxsning) yer uchastkasi olib qo‘yilishi bilan bog‘liq qonunga xilof ma’muriy hujjati qabul qilinishi natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarning o‘rni qonunchilikda belgilangan tartibda davlat tomonidan qoplanadi.
(37-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yer egasi, yerdan foydalanuvchi va ijarachi yer uchastkasini olib qo‘yish haqidagi tegishincha xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qaroriga yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga rozi bo‘lmagan taqdirda, bu qaror ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Korxonalar, binolar va inshootlar qurish uchun yer uchastkalarini olib qo‘yishdan manfaatdor bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar loyihalash boshlangunga qadar hududni kompleks rivojlantirishni ta’minlashni inobatga olgan holda obyekt quriladigan joyni, uchastkaning taxminiy o‘lchami va uni ajratish shartlarini yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar, shuningdek tegishincha viloyat yoki tuman (shahar) hokimi yoxud O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan oldindan kelishib olishi shart. Bunday tarzda oldindan kelishib olinmagunga qadar loyiha ishlarini moliyalashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish hamda obyekt quriladigan joyni oldindan kelishib olish, shuningdek yer ajratib berishni rasmiylashtirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(37-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan chet el yuridik va jismoniy shaxslarining mulki bo‘lgan yer uchastkasini savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyekti yoxud turar joy hamda boshqa bino yoki binoning bir qismi bilan birga davlat va jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish ushbu Kodeksning 41-moddasida nazarda tutilgan kafolatlar ta’minlangan holda xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qaroriga yoxud O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
(37-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-dekabrdagi O‘RQ-656-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 03/20/656/1661-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Download 173,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish