«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email:
kbni@tfi.uz
Kreditga bo‗lgan talab qaysi usulda va muddatda, kim tomondan
qondirilishiga va qarz oluvchilarga
taklif qilinishiga qarab, kredit bir necha tur va
shakllarga bo‗linadi.
Uzoq davrlardan buyon kreditning quyidagi turlari qo‗llanilib kelinmoqda.
3.
Qisqa muddatli kreditlash;
4.
Uzoq muddatli kreditlash.
Qisqa muddatli kreditlashda kreditlar bir necha oylardan bir yilgacha
bo‗lgan muddatga beriladi. Bu turdagi kreditlar ishlab chiqarish aylanma fondlari
va muomala fondlarining doiraviy aylanishining uzluksizligini ta‘minlaydi.
Bizga
malumki, aylanma fondlarning doiraviy aylanishi deyarli barcha ishlab chiqarish
sohalarida bir yil va undan kamroq vaqt davom qiladi. Bir yil fondlar
aylanishining tabiiy o‗lchovi sifatida xizmat tiladi.
SHuning uchun ham bir yil
qisqa va uzoq muddatli kreditlashning chegarasi bo‗lib xizmat qiladi. Qisqa
muddatli kreditlar o‗z tabiatiga qarab quyidagi turlarga bo‗linadi:
2.
kreditlash ob’ektlarining iqtisodiy mohiyatiga qarab:
*tovar moddiy boyliklari uchun beriladigan kreditlar;
*ishlab chiqarish xarajatlari (mahsulotning yangi turini o‗zlashtirish,
mavsumiy xarajatlarni amalga oshirish bilan bog‗liq xarajatlarni)
uchun
beriladigan kreditlar;
*hisob kitoblarni amalga oshirish uchun beriladigan kreditlar (akkreditiv
ochilganda, tayyor mahsulotni jo‗natganda va boshqa hollarda).
2.
To‘lash muddatiga qarab:
*muddatli, muddati kechiktirilgan va muddati o‗tib ketgan kreditlar.
3.
Kreditni to‘lash manbalariga qarab:
*qarz oluvchining o‗z mablag‗lari hisobidan;
*garant mablag‗lar hisobidan;
*yangi kreditlar jalb qilish hisobidan.
4.
Ta’minlanganlik tamoyilining amal qilishiga qarab:
*to‗g‗ridan-to‗g‗ri ta‘minlanganlikka ega bo‗lgan kreditlar;
«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email:
kbni@tfi.uz
*egri (biror korxona va tashkilot vositasida) ta‘minlanganlikka ega bo‗lgan
kreditlar;
*ta‘minlanmagan kreditlar.
5.
To‘lanadigan foiz darajasiga qarab:
*o‗rtacha (normal) foiz stavkali;
*yuqori foizli;
*past foiz stavkali;
*foizsiz kreditlarga bo‗linadi.
Uzoq muddatli kreditlashda, kreditlar
bir yildan ortiq muddatga
beriladi. Uzoq muddatli kreditlar asosan asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish va
ular bilan bog‗liq sohalarni ta‘minlashga ishlatiladi. Hozirgi davrda uzoq muddatli
kreditlar banklar tomonidan juda kam miqdorda berilsada, ular kapital
qo‗yilmalarini, loyihalarni moliyalashtirishning asosiy
manbai sifatida davlatimiz
iqtisodini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etmoqda. Uzoq muddatli kreditlar
xo‗jalik tashkilotlari tomonidan quyidagi ob‘ektlar uchun jalb qilinishi mumkin:
qayta tiklashga kapital xarajatlarni amalga oshirish uchun;
harakatdagi asosiy fondlarni kengaytirish va moderinizatsiya qilish bilan
bog‗liq xarajatlar uchun;
yangi qurilish va qo‗shimcha yuqori samarali tadbirlar bo‗yicha
xarajatlarni amalga
oshirish uchun;
yangi fan, ilmiy texnika sohasida tadqiqodlar olib borish va yutuqlarini
ishlab chiqarishga joriy qilish uchun va boshqalar.
Kredit munosabatlarining sub‘ektlari va ob‘ektiga, foiz stavkasiga va
kreditning
harakat doirasiga qarab, kreditning quyidagi mustaqil shakllari
amaliyotda qo‗llanilishi mumkin. Bular bank krediti,
tijorat krediti, ist‘emol
krediti, davlat krediti, xalqaro kredit. Amaliyotda kreditning har bir shakli ham bir
necha bo‗laklarga bo‗linishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: