Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq
1. Petri kosachasiga go’shtli peptonli plastinkali agar tayyorlash.
2. Tayyorlangan go’shtli peptonli plastinkali agarga havodan (sedimintasion) cho’ktirish
usuli bilan ekish
3. Bakteriya sof kulturasini ajratib olish maqsadida bemor yiringini sut qo’shilgan tuzli agar
(SQTA) ga ekish.
4. Bemor najasidan Endo muhitiga ekish.
Oziqli muhitlar
Mikrobiologik amaliyotda bakteriya yoki boshqa mikroorganizmlarni laboratoriya va ishlab
chiqarish sharoitida ko’paytirish uchun qo’llaniladigan, turli tarkibli murakkab yoki oddiy
birikmalardan tashkil topgan muhitga
oziqli muhit
deb ataladi.
Oziqli muhitlarga qo’yiladigan talablar:
1.Tarkibi (asosiy xususiyalaridan biri) – ma’lum mikroorganizmlar-ning ko’payishi uchun
barcha kerakli moddalar tutishi (azot va uglerodni universal manbasi oqsil gidrolizati, peptid va
peptonlar, vitamin va mikroelementlarning manbasi o’simlik, xayvon oqsillari) kerak;
2. Oziq moddalarni bakteriyalar oson o’zlashtirishlari zarur;
3. Qulay namlik, yopishqoqlik va har bir bakteriyalarga hos rN ga ega bo’lishi;
4. Izotonik holatda tiniq bo’lishi kerak;
5. Har bir muhit albatta sterillangan bo’lishi kerak.
Tarkibi bo’yicha oqsilli, oqsilsiz va mineral oziqli muhitlar ishlatiladi.
Oziqli muhitlar kelib chiqishiga qarab bo’linadi- t a b i i y va
s u n ‘ i y. Tabiiy muhitlar xayvonlar mahsuloti (qon, zardob, o’t sapro, mol gushti, tuxum va
bosh.) va o’simliklardan ( meva va sabzavotlar) olinadi. Sun’iy muhitlar esa yuqoridagi
moddalardan olingan mahsulotlardan (pepton, aminopeptid, achitqi uglevodlar va jo’xori
ekstraktlari) tayyorlanadi.
Oziqli muhitda o’stiruvchi omillarning borligi katta ahamiyatga ega. Ular metabolik
jarayonlarda katalizator vazifasini bajaradi, asosan V gruppa vitaminlari, nikotin kislota va
boshqalar shular qatoriga kiradi.
Yu m sh o q
–
q a t t i q l i g i g a (konsistensiyasiga) ko’ra oziqli muhitlar qattiq, suyuq va
yarim suyuq bo’ladi. Qattiq muhitlar suyuq muhitga 1,5—2% arap, yarim suyuq muhitga 0,3—
0,7% agar qo’shish natijasida tayyorlanadi. Agar — maxsus dengiz o’simligini qayta ishlash
natijasida hosil bo’lgan mahsulot bo’lib u qotirilsa, muhitni qattiq holatga keltiradi. Agar 80—
86°S da eriydi, 40°S da qotadi. Ayrim hollarda qattiq oziqli muhitlarni olish uchun (10—15%)
jelatin ishlatiladi. Tabiiy muhitlar, ivitilgan qon zardobi, tuxum oksili o’z-o’zidan qattiq holatda
bo’ladi.
Bakteriologiya amaliyotida ko’pincha quruq oziqli muhitlardan foydalaniladi. Ular sanoat
ko’lamida oziq-ovqat
uchun ishlatilmaydigan mahsulotlarning arzon gidrolizatlaridan (baliq
chiqindilari, go’sht-suyak uni, -texnik kazein) va oziqli agardan tayyorlanadi. Quruq muhitlarni
uzoq vaqt saqlash mumkin, ularni transportda yuborish ham qulay, negaki tarkibi standart,
o’zgarmagan holda saqlanadi.
Oziqli muhitlar qo’llanilishi va nima maqsadda ishlatilishiga ko’ra saqlab turuvchi,
(konserviruyuщie) ko’paytiruvchi (obogasheniya) asosiy, elektiv, maxsus va differensial-
diagnostik turlarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |