1,4-benzodiazepin hosilalari: xlordiazepoksid, diazepam, nitrazepam, oksazepam, fenazepam; ajratib olish va tahlili
NITRAZEPAM
Sinonimlari: eunoktin, radedorm, magadon, neozepam va b.
1963 yilda sintez qilingan.
Trankvilizatorlik xususiyati barcha benzodiazepin guruxi preparatlaridan kuchsiz, lekin uxlatuvchilik xususiyati sezilarli darajada yuqori. Fiziologik uyqu darajasida uxlatish qobilyatiga ega.
Nitrozepamning bir marta ichishga qabul qilinganda qondagi maksimal miqdori 0,005 g bo‘lib, qabul qilingach 24 soatdan so‘ng bu konsentratsiyaga erishiladi. Preparatning 90% dan ko‘prog‘i qon plazmasi bilan bog‘lanadi.
Nitrozepam organizmdan tez chiqariladi,qabul qilingach so‘ng 48 soat oralig‘ida preparatning 23% chiqarib yuboriladi.
Asosiy metobolitlari 7-aminonitrozepam va 7-atsetaaminonitrozepam erkin xolda va oqsillar bilan birikkan xolda bo‘ladi.
Peshob bilan faqat 5% miqdori o‘zgarmagan xolda, 95% esa metobolitlar xolida chiqariladi.
Nitrozepam ishqoriy suvli eritmalardan organik ajratuvchilar yordamida ajratiladi. Biologik materialdan ajratish uchun 3 marta to‘yintirilgan oksalat kislotasi (shavel kislota) eritmasi bilan (pH-1 da) 1 soatdan qoldirilib qo‘yiladi. Ajratmani biomaterialdan sentrifugalab ajratib olinadi.
Birlashtirilgan sentrofugat 3 marta 1:1 nisbatli xloroform-etilatsetat aralashmasi bilan ekstraksiyalanadi (20,15 va 15 ml dan).
So‘ng sentrofugatga ishqor qo‘shib pH=10 ga etkazilib, 3 marta xloroform va etilatsetat (1:1) aralashmasi bilan (20,15 va 15ml) chayqatilib ajratma olinadi.
YUqorida keltirilgan benzdiazepinlarni aniqlashning umumiy reaksiyalaridan tashqari, quyidagi xususiy mikrokristalloskopik reaksiyalar foydalanish mumkin:
1. Yodning 0,1n. eritmasi bilan 10-15 daqiqa ichida ninasimon to‘q qo‘ng‘ir rangli kristallar hosil bo‘ladi.
2. Kaliy yodiddagi simob yodid eritmasida amorf cho‘kma hosil qiladi.
3. 5% kaliy ferritsianid eritmasi bilan prizma shaklidagi kristallar hosil bo‘ladi. 1-4 benzodiazepinning boshqa hosilalari bu reaksiyani bermaydi.
4. Qo‘rg‘oshinning yodli kompleksi (PbJ2/KJ) bilan nam kamerada 30 daqiqa saqlansa, to‘q qizil rangli kristallar to‘plami hosil bo‘ladi.
5. YUQX usulida aniqlash (yuqorida keltirilgan toza moddalar uchun YUQX ga qarang).
6. UB, spektr bo‘yicha aniqlash. etil spirtidagi e-si lmax =218, 260 nm ga 0,1n sulfat kislotadagi eritmasi 277 va 340 nm ga teng.
7. IK- spektrida 696, 1339, 1534, 1611, 1695 sm -1 namoyon bo‘ladi.
8. Mass spektri 280, 253, 281, 206, 234, 252, 254, 264 m/z cho‘qqilar h/ b-di.
Miqdori.
SF, FEK usulida aniqlanadi
FEK usulida Brattan-Marshall reaksiyasi natijasida hosil bo‘ladigan olcha rang qizil maxsulotni FEK da tekshirish yo‘li bilan olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |