Qog‘oz xromatografik tahlil natijalari.
Nashaning asosiy komponentlari
|
Rf
|
Prochniy goluboy
bilan rangi
|
Pauli reaktivi
bilan rangi
|
Kannabidiol
|
0,21 ± 0,05
|
Sarg‘ish-pushti
|
Och sariq
|
Kannabinol
|
0,56 ± 0,05
|
Qizil-pushti
|
Sariq
|
Tetragidrokannabinol
|
0,83 ± 0,05
|
binafsha
|
To‘q-sariq
|
Nashani yupqa qatlamli xromatografik tahlil qilish.
Silikagel KSK va kremniy kislotasi bilan mustaxkam tayyorlangan va 1100С haroratda 30 dаqiqa davomida aktivlangan plastinkalarda bajariladi.
Guvoh eritma sifatida qog‘oz xromatografik uchun tayyorlangan eritma qo‘llaniladi. Qo‘zg‘almas faza sifatida to‘yintirilgan dimetilformamidli xromatografik plastinkadan foydalaniladi. Buning uchun plastinkani ostida dimetilformamid va benzolning 1:1 nisbatdagi aralashmasi solingan germetik berkiluvchi idishga tushiriladi. Benzol o‘rniga to‘rtxlorli uglerod, efir yoki sirka-etil efirini qo‘llash mumkin. Erituvchi aralashmasi plastinkani oxirigacha ko‘tarilgach, plastinkani idishdan chiqarib olib uy haroratida 20 daqiqa quritiladi, so‘ng tekshiriluvchi namuna va guvoh eritmalari start chizig‘idagi nuqtalarga kapillyar yordamida o‘tkaziladi. 5 daqiqa davomida uy haroratida quritigach, siklogeksan saqlagan kameraga tushiriladi, erituvchi sistemasi 15 sm ga ko‘tarilgach plastikani kameradan chiqarib olinadi va uy haroratida 20 daqiqa saqlanadi.
Kannabinoidlar sorbent qatlamida erituvchiga nisbatan sekin harakatlanganligi uchun plastinkani yana ikkinchi qayta siklogeksanli sistemaga tushiriladi va 15 sm gacha ko‘tarilguncha kutiladi. So‘ng plastinka kameradan chiqarib olib quritiladi. Quruq plastinkaga Pauli reaktivi yoki prochnыy goluboy B reaktivini eritmasi purkaladi. Plastinka ikki qayta xromatogramma qilingani uchun Rf qiymatini Rf1 deb belgilanadi, agar ko‘p marta xromatogrammalansa Rfp belgisi qo‘yiladi.
Kannabinoidlarnig YUQX tahlil natijalari
Kannabinoidlar nomi
|
Rf1
|
Prochniy goluboy
B bilan rangi
|
Pauli reaktivi
bilan rangi
|
Kremniy k-tasi
|
KSK
|
Kannabidiol k-tasi
|
0,14±0,05
|
0,13 ±0,05
|
Pushti-qizil
|
Sariq
|
Kannabidiol
|
0,32±0,05
|
0,41±0,05
|
Sariq-qizil
|
Och sariq
|
Kannabinol
|
0,75±0,05
|
0,75±0,05
|
Pushti-qizil
|
Sariq
|
Tetragidrokannabinol
|
0,98±0,01
|
0,91±0,05
|
Pushti-qizil
|
To‘q sariq
|
Nasha komponentlarining gaz-suyuqlik xromatografik tahlili.
Gaz-suyuqlik xromatografik tahlil usuli yordamida nasha kannabinoidlari ni tarkibini va ularning miqdorini aniqlash mumkin.
Kannabinoidlarni xromatografik taqsimlanish jarayoni.
Xromatograf- mavjud markasi
Kolonka –2000x 4 mm
Qo‘zg‘almas faza –metilsilikon elastomeri (SE-30) 3 %
Qattiq faza- xromosorb W,P yoki sferoxrom-1 (30-60daqiqa)
Kolonka harorati – 212oC
Porlanish harorati –250oC
Do'stlaringiz bilan baham: |