Siklodolni qondan ajratib olish. Tekshiriluvchi qon suyultirilgan sulfat kislota bilan aralashtirilib, 2 soatga qoldiriladi. So‘ng sentrifugalanadi, sentrifugat ajratib olingach, uning muhiti pH=7,5 bo‘lguncha NaOH eritmasi qo‘shiladi va xloroform bilan ekstraksiyalanadi. Qondan ushbu usulda 41-43% siklodolni ajratib olish mumkin.
Siklodolni peshobdan ajratib olish. 250 ml hajmli idishga 50 ml peshob olib, muhiti pH=2 bo‘lguncha 20% H2SO4 eritmasi bilan nordonlashtiriladi, so‘ng xuddi yuqoridagi qondan ajratilgani kabi xloroform bilan ekstraksiyalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |